Din psixologiyasi-psixologik va ijtimoiy psixologik omillarning diniy ong bilan hartlanganligini, dinning insonga ta'sirini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Din psixologiyasi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida vujudga kelgan bo’lib, insonni ibodat qilishdagi, diniy an'analarni, rasm-rusumlarni bajarishdagi hissiyot holatlarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Diniy psixologiyani o’rganish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda: a) umumiy nazariya: diniy ong, uning tuzilishi, diniy hissiyot, dinning shaxs shakllanishidagi ahamiyati; b) din psixologiyasi differentsiatsiyasi: ijtimoiy muhit va tarixiy davrdan shakllangan ong va hissiyot tadqiqoti; v) diniy guruh psixologiyasi; g)diniy rasm-rusumlar psixologiyasi; d) xurfikrlilik ta'limi psixologiyasi kabidir.
Siyosiy psixologiya-jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta'sirchanlik va ta'sir o’tkazish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi.
Oila psixologiyasi-oilaning psixologiyasini o’rganuvchi fanlararo tadqiqot qilishga yo’nalgan psixologiya sohasi. Oila psixologiyasi oilaning psixologik muammolarini o’rganadi, u oilaga ta'sir qiluvchi omillarni, oiladagi rollar taqsimlanishi, er-xotin munosabati, shaxslararo munosabat, yosh xususiyatlari, jinsiy tafovutlarga asoslanib muloqotga kiriHish kabilarni o’rganadi. Oila psixologiyasi tomonidan to’plangan materiallar oila mustahkamligini saqlash uchun maslahatlar berishda, har bir sosiologik va psixologik dasturlar tuzishda qo’llaniladi. Shuningdek, oila tiplari, tuzilishi, iyerarxiyasi, ularga ta'sir qiluvchi ob'ektiv va sub'ektiv omillar ham mazkur sohaning tadqiqot predmetiga kiradi.
Boshqaruv psixologiyasi-jamiyatda faoliyat ko’rsatayotgan shaxslar, guruhlar va jamoalar o’rtasidagi ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan nazorat, basholash, munosabat qonuniyatlarini, rashbar faoliyati va xarakteri, qobiliyati xususiyatlarini tadqiq qiladigan ijtimoiy psixologiyaning sohasi.
Fan psixologiyasi- ilmiy tadqiqot o’tkazishning samaradorligini oshirish uchun psixologik ta'sir omillarini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Fan psixologiyasi fanga oid boshqa sohalar bilan uzviy bog’liq bo’lib, ishlab chiqarishda, ilmiy markazlarda ijtimoiy va individual xususiyatlarga ega bo’lgan psixologik qonuniyatlarni tadqiq qiladi, insonning ijtimoiy qobiliyatlari, aqliy imkoniyatlari hamda ulardan unum foydalanish omilarini tekshiradi. Kashfiyotlar amalga oshirilishi negizlari, mexanizmlari, hart-haroitlari va unda inson omilining roli kabi holatlarni o’rganadi.