Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish


Zoopsixologiyada atomistik nazariya



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə75/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Zoopsixologiyada atomistik nazariya. Atomistik guruhga inson va hayvonlarning bir xilligini ta’kidlovchi guruhlarni kiritishimiz mumkin. Insonning psixikasi hayvonlarning psixikasidan bir muncha murakkab deb aytib o’tiladi. Inson hayvonlarning xatti-harakatini qaytaradi deb aytib o’tiladi. Bu evolyusion xulq-atvor sifatida aytib o’tiladi. Bu faraz tarafdorlari sodda hayvonlarning xulq atvorlari va insonning faoliyatini bir biriga solishtirish orqali tahlil qilganlar. Atomistik nazariya tarafdorlari laborotoriya sharoitida eksperimentlar o’tkazishni ma’qul topganlar. Ular aqliy jihatdan tahlil qilmasdan balki eksperimentlar asosida xulosa chiqazishni afzal bilishgan. Atomistlar hayvonlardagi psixik xususiyatlar nima ekanligini aniqladilar. Morfologlar, gistologlar, fiziologlar va ximiklarning bu davrdagi tadqiqotlarda xissalari katta xisoblanadi. Ular tomonidan eksperimental zoopsixologiya va asab tizimi fiziologiyasi yo’nalishi paydo qilindi. Bu hozirgi kunga qadar mavjuddir.
Tropizmlar nazariyasi J.Leb. bu yo’nalishning asoschilari fiziologik jarayonlarning tashqi holatlari kimyoviy reaksiyalardan iborat deb xisoblaganlar. Bu zoopsixologiyani shakllanishiga xissa qo’shdi. Biroq bu yo’nalish tarafdorlarining fikriga ko’ra ular kimyoviy reaksiyalarni o’rganib, psixik jarayonlarni ham o’rganish mumkin deb xisoblanalar. Bu yo’nalishning asoschisi J.Leb xisoblanadi (1859-1924) amerikalik biolog. Tropizmlar o’simlik va hayvonot olamining yorug’likka, mexanik ta’sirlarga, kimyoviy ta’sirlarga, haroratga ta’siri deb tushunilgan. Masalan hayvonlar yorug’likka javob berishgan, Lebning fikriga ko’ra bu ijobiy fototropizm deb atagan. Agar yorug’likdan qochsa salbiy fototropizm sifatida talqin qilgan. Tropizm nazariyasi tarafdorlari o’simlik dunyosida qolib ketmasdan, balki hayvonot olamiga ham shu holatlarni qo’llashgan57.
Pavlovning reflekslar nazariyasi. Faol harakatlarni o’rganish bo’yicha ko’pgina olimlar mehnat qilgan. Birinchi bo’lib fiziologik mexanizmlarni o’rgangan olim I.M.Sechenov xisoblanadi. Uning ishlari asosida Rossiyada fiziologiya fani rivojlandi. XIX asrning oxiriga kelib I.P. Pavlov hazm qilish fiziologiyasi bilan shug’illandi, aynan shu holat asab tizimining faoliyatiga bog’liq ekanligini isbotladi. Bu tadqiqotlar Nobel mukotiga tavsiya qilingan. Eksperimental fiziologiya holatiga tayangan holda I.P.Pavlov reflekslar nazariyasini yaratadi: shartli va shartsiz.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin