Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish


Asab tizimigacha bo’lgan davr va asab tizimini paydo bo’lishi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə78/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Asab tizimigacha bo’lgan davr va asab tizimini paydo bo’lishi.
Amerikalik tadqiqotchi Jennigs eng sodda jonzotlarda tadqiqot ishlarini olib borgan. Ma’lumki amyobaning tanasiga tegilsa, uning holati o’zgaradi. Tegilgan joyda yolg’on oyoqlar paydo bo’ladi. Bular psevdopodiyalar deb ataladi, amyoba shu oyoqlari bilan obyektni ushlab oladi, agar bu obyekt ozuqa bo’lsa amyoba uni o’zlashtiradi, agar ozuqadan tashqari narsa bo’lsa amyoba uni tashlab yuboradi. Bunga yaqin javobni distant qo’zg’atuvchilar orqali ta’sir qilinganda kuzatishimiz mumkin. Ba’zi bir holatda amyoba ma’lum bir masofada turgan obyektga yaqinlasha boshlaydi va uni ushlab oladi, boshqa hollarda esa ular teskari xatti-harakatlarni amalga oshira boshlaydilar. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikriga ko’ra buni quyidagicha izohlash mumkin, zaif qo’zg’atuvchilar amyobalarda faol reaksiyani vujudga keltiradi va aksinchakuchli qo’zg’atuvchilar teskari effektni vujudga keltirad, bu esa amyobani qo’zg’atuvchidan uzoqlashishiga olib keladi. Amyobaning tanasi bir xil bo’lmagan qavatlar protoplazmasidan iborat. Tashqi protoplazmagel holatida bo’ladi, ichki protorlazma zol (suyuqlik) holatida bo’ladi. Protoplazmaning tashqi qavvati tashqi ta’sirga qo’zg’aluvchan bo’ladi, shundan so’ng u zol holatiga o’tadi. Bu yolg’onoyoqlarning shakllanishiga sabab bo’ladi, shundan so’ng amyoba harakatlanadi.
Foterning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, amyobaga 20 marta zaif mexanik ta’sirdan 2 tasiga javob qaytaradi, zaif yorug’likka esa umuman javob bermagan, biroq yorug’lik va mexanik stimullarning 20 tasidan, 16 tasiga javob qaytargan.
Mayer va Shreyr taxminlariga ko’ra zaif qo’zg’ovchilarga nisbatan ijobiy, kuchli qo’zg’ovchilarga nisbatan salbiy ta’sirotlar vujudga keladi.
Bless va Leontyevlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, dafniya yorug’likka nisbatan to’g’ri harakatlanmasdan, balki yoysimon harakatlanar ekan.
Polyak olimi Dembrovskiyning tadqiqotlarida ham sodda hayvonlarni kerakli harakatlarni amalga oshirishga o’rgatish mumkinligi ko’ringan. U bir xujayrali hayvonlarni dumaloq idishga solib qo’yib, ularni qanday harakatlanishini kuzatgan, ularning haoakatlari boshida xaotik xarakterga ega bo’lgan, ma’lum muddat o’tgandan so’ng esa, bu tartiblangan harakatga aylangan.
Tadqiqotchilar juda qiziq ma’lumotlarga ega bo’lishgan, bir xujayrali hayvonlarning qo’zg’atuvchilarini tarqalishi sekundiga 1-2 mikrondan oshmasa, eng sodda asab tizimiga ega bo’lgan hayvonlarda tezlikni tarqaligi katta hisoblanadi, u sekundiga 50 smni tashkio qiladi, qurbaqaning asab tizimini tarqalish tezligi 25 metrga, insonniki esa sekundiga 125 metrni tashkil qilar ekan. Bu holatlar shuni ko’rsatadiki, ma’lum bir asab tizimiga ega bo’lgan hayvonlarda asab tizimining tezligi oshar ekan. Bu holatlarning hammasi asab tizimining paydo bo’lishi zamin bo’lib hizmat qilgan. Eng birinchi asab tizimi to’rsimon asab tizimi hisoblanadi. Bu asab tizimining tolalari to’rga o’xshash bo’lganligi sababli u to’rsimon asab tizimi deb yuritilgan. Bu nerv tolalari juda kuchli sezuvchanlikka ega bo’ladi. Bu to’rsimon asab tizimi yuqori umurtqalilarda «retikulyar formasiya» deb nomlangan asb holatlarini eslatadi. Biroq retikulyar formasiya yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda asab tizimining past bosqichi hisoblansa, ko’p xujayrali past darajadagi hayvonlarda asab tizimining yagona shakli sifatida talqin etiladish. Bu asab tizimi ko’pgina avzalliklarga ega, lekin u harakatni boshqara olmaydi.
To’rsimon asab tizimining sezuvchanligini ko’tarilishigasabab bo’lib nafaqat kontakt qo’zg’atuvchilar, distant qo’zg’atuvchilar ham bo’lishi mumkin. To’rsimon asab tizimi bir qator kamchiliklarga egan. To’rsimon asab tizimida asosiy boshqaruv holatlari mavjud emas. Nemis olimi Bets dengiz yulduzlari o’rtasida tadqiqot o’tkazgan. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, dengiz yulduzchalarining bittasi yetakchiga aylanadi, unga ta’sir qilinganda unga shu tola orqali hamma a’zolar javob bera yuoshlaydi. Biroq shu yetakchi nur olib tashlansa, boshqa nur uning funksiyasini bo’yniga olishi mumkindir. Bu esa dengiz yulduzining nera apparati o’sha tamoyilda qolganligini ko’rsatadi. Yangi asab tizimining paydo bo’lishiga sabab bo’lib, ular xatti-harakatini boshqara oladilar. Shu sharoitlar markaziy asab tizimini paydo bo’lishini ta’minlaydi.
Bu asab tizimini chuvalchanglarda kuzatish mumkin. Bu nerv tugunlaridan iborat bo’lib, bular ganglionar asb tizimi deb yuritiladi. Bu asab tizimida oldingi gangliyaning paydo bo’lishi muhim ahamiyatga egadir, bu uning boshqaruv apparatini paydo bo’lganligini ko’rsatadi. Chuvalchanglarning asab tizimini yakunlanganligini kuzatishimiz mumkin.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin