Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish


Zoopsixologiyani tadqiq qilishni besh usuli



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə76/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Zoopsixologiyani tadqiq qilishni besh usuli.
Labirint usuli. Bu usulni SMOLL (Small) Albion Vudberi o’ylab topgan, amerikalik sosiolog sosial darvinizmning nomoyondasi xisoblanadi. “Amerika sosiologiya jurnali” asoschisi 1895 yilda tashkil toptirgan, 1892 yilda Chikago universiteti sosiologiya fakultetiga asos solgan. Tajriba xayvonchasiga turli xildagi yemak qo’yiladi, bunda tajriba hayvonchasi mummoni yechimini topgandan so’ng mukofot tariqasida yemak berilgan. Agar hayvonchalar noto’g’ri yo’lni tanlaganlarbo’lsalar ularga jazo beriladi. Oddiy shakldagi labirint sifatida T obrazli koridor yoki trubka olinadi. Bu holatda hayvon to’g’ri yo’lni tanlasa mukofot oladi, noto’g’ri yo’lni tanlasa mukofotsiz qoladi, xattoki jazo olishi mumkin. Murakkab labirintlar sifatida T shaklining murakkab turlari keltirilishi mumkin. Natijalar tahlili hayvonlarning xatolari va reaksiya tezligi orqali aniqlanadi. Labirint usuli hayvonlarning ko’nikma va malakalarini o’rganish holatlari bilan bevosita bog’liqdir. Bu usul orqali hayvonlarda ko’nikmalar xosil bo’lishi mumkin. Ko’nikmalardan tashqari hayvonlarda sezuvchanlik xususiyatini oshirishimiz mumkin. Labirint usuli hayvonlarda xotira, diqqat, idrokni shakllantirishiga asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Aylanib o’tish metodi. Hayvonlar muammoning mavjudgi orqali yechimni aylanib o’tish bilan topishlari mumkin. Bunda muammoni yechimiga kelishda bir qator to’siqlar bo’lishi mumkin. Labirint usulidan farqli ravishdahayvonlar bu holatda ozuqani idrok qilishadi, unga qaratilgan harakatni amalga oshirishadi. Tezlik inobatga olinadi va baholanadi. Bu metod orqali yuqorida keltirilgan muammolarning barchasi o’rganiladi.
Bir paytning o’zidagi yoki ta’qib qilish metodi. (obyektlarni tanlash signallar, tasvirlar va boshqalar ularni bir holatlarini ajratish usuli orqali tahlil qilinishi mumkin. Bu metod tajribadagi hayvonchalarning qobiliyatlarini aniqlash uchun mo’ljallangan. Bunda ikkita bir xil turdagi xayvon ham ishtirok etishi mumkin. Bu usul orqali hayvonlarda rangni idrok, shaklni, ko’lamni idrok qilishni aniqlash mumkin. Bu metod orqali hayvonlarning ko’nikmalarini shakllanishini kuzatishimiz mumkin. Hayvonlarning xotiralarini shu yo’l orqali shakllantirish imkoniyati mavjuddir. Bundan tashqari hayvonlarda muloqotga kirishish imkoniyati ham paydo bo’lar ekan. Oxirgi holatda boshqa shakllarni idrok qilish holatlari shakllanishi mumkin.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin