Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə84/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Sodda sensor psixika
Sobiq sovet psixologlarining ishida psixologiya ichki dunyo haqidagi fan sifatida emas balki, tashqi ko’rinishlar haqidagi fan deb hisoblangan. Psixologiyani ruhiy hayotning o’ziga xosligi haqida emas, balki hayot faoliyatining uzoq muddat rivojlanishi natijasi sifatida, unda organizmning atrof muhit bilan faol o’zaro aloqaga kirishadi, unda u o’z o’rnini topishga intiladi. Bunday aks ettirish jarayonida, atrof muhitning ta’siri ostida miyada psixik jarayonlar vujudga keladi. Bu holat esa psixikaning ichki dunyo haqidagi fan tushunchasini yo’qotgan va buning natijasida evolyusion rivojlanish vujudga keladi. Psixik jarayonlar shu tariqa o’rganish obyekti bo’lib qolgan.
Sobiq sovet psixologlarining fikriga ko’ra psixika hayot faoliyatida vujudga kelmay, balki organizmning hayot faoliyatini ma’lum shart sharoitlarda vujudga keltiradi. Masalan: notirik tabiatda alohida buyumlarning o’zaro aloqasi mavjud. Biroq bunday aloqalar ularning yashashi uchun sharoit hisoblanmaydi qoya suvdan mustaqil ravishda bo’lishi mumkin, suv qirg’oqdan mustaqil ravishda mavjud bo’lishi mumkin. Masalan: kerosinda mavjud bo’lgan kakliy ochiq havoga qo’yilganda uchib ketishi mumkin. Yerning rivojlanishi jarayonida juda murakkab qo’shilishlar vujudga kelgan. Bu katta molekulalar konservatlar deb atalgan. Ularning asosiy xususiyatlari ularning qismlarga tez ajrala oladilar, chunki modda almashinuvi ko’proq bo’lar ekan. Bu molekulalar yangi moddalarni qabul qilib, o’zlashtirishi tashqi olam maxsulotlarini sochishi kerak. Shu tariqa o’sha katta molekulalar atrof muhitda moddalar almashinuvi uchun kerak. Moddalar almashinuvi pavssiv jarayon hisoblanmaydi. U oqsil molekulalarning hayotiy faoliyat jarayonini amalga oshiradi. Shu tariqa tirik hayot vujudga keladi. Bu hayotda mayda organizmlar vujudga keladi. Bu to’qimalarning mavjudligining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular moddlarga qo’zg’ovchilarni har doim topa oladilar. Shu darajada ham tirik moddalarda ehtiyojlar paydo bo’la boshlagan. Hamma tashqi olam ko’rinishidan hayotni qo’llash uchun biotik ta’sir va mavjud bo’lmagan abiotik ta’sir mavjud edi. Agar biz hayot evolyusiyasini diqqat bilan kuzatsak, ularni ma’lum bir bosqichlarga ajratishimiz mumkin. Birinchi bosqich bu o’simliklar olami. Bu forma evolyusiyaning hamma bosqichlarida uchraydi. Sodda bir to’qimali suv o’tlaridan tortib, to zamonaviy o’simliklarga qadar.
Ko’pgina tadqiqotchilarning fikriga ko’ra o’simliklar olamining o’ziga xosligi shundan iboratki, ular ma’lum bir joyga bog’langanlar, harakat qilmaydilar. O’simliklar olami ma’lum bir moddalar almashinuvida to’xtaydi. O’simliklarning xayot faoliyati 1 biotik omillarga bog’liq holda amalga oshiriladi. O’simliklar ma’lum bir sharoitlarga nisbatan sezuvchan bo’lib qoladilar. Demak o’simliklar ham o’z ehtiyojlariga egadirlar. O’simliklar ularga ta’sir qilagan omillarga nisbatan ta’sirlarga javob berish xususiyatlariga egadirlar. O’simliklar ma’lum bir xududga bog’langandirlar, undan ortiqcha harakat qilmaydilar. O’simliklar yorug’likka, haroratga, kimyoviy ta’sirlarga nisbatan ta’sir berish xususiyatlariga egadirlar. Bunday harakatlar tropizmlar deb ataladi.
Tropizmlar fototropizm (yorug’likka javob), termotropizm (haroratga), geotropizm (yer markaziga intilishi), xemotropizm (kimyoviy ta’sirlarga) larga bo’linadilar. O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, tropizmlar ijobiy (taassurot kelgan yo’nalishga qarab intilish) yoki salbiy (zararli taassurotlarga intilish) xarakterga ega bo’lishi mumkin.
O’simliklar dunyosidan farq qiluvchi bosqich bu hayvonot olami hisoblanadi. Hayvonot olamining o’simliklar dunyosidan farqlanuvchi xususiyatlari bu hayvonlarda harakatning mavjudligidir. Bu ba’zida yetarli xisoblanmaydi, chunki ba’zi bir o’simliklar haoakatlanish xususiyatlariga eagdirlar. Masalan kungaboqar yoki pashsha yutuvchi o’simlik, kungaboqar quyoshga qarab harakatlansa, pashsha yutuvchi pashshalarga qarab harakatlanadi. Lekin bundaay harakatlar hayvonlarning xatti harakatlaridan farqlanadi. Hayvonlarning xarakati faol xarakterga ega. O’simliklar dunyosidan hayvonot dunyosiga o’tishdagi yangilik bu hayvonlarda yangi qo’zg’atuvchining ko’rinishi vujudga kelishidir. Hattoki eng sodda tuzilgan hayvonlar ham biotik qo’zg’atuvchilarni paydo bo’lishini namoyon qilishlari mumkin. Bu A.N.Leontyev talqiniga ko’ra sezuvchanlik deb nomlangan. Hayvonlarda sezuvchanlikning paydo bo’lishi yangi xususiyatlardan biri hisoblanadi va bu esa yangi organizmlarni vujudga keltiradi, bu holat esa psixikaning vujudga kelishining asosiy omili hisoblanadi.
Amerikalik tadqiqotchi Jennigs eng sodda jonzotlarda tadqiqot ishlarini olib borgan64. Ma’lumki amyobaning tanasiga tegilsa, uning holati o’zgaradi. Tegilgan joyda yolg’on oyoqlar paydo bo’ladi. Bular psevdopodiyalar deb ataladi, amyoba shu oyoqlari bilan obyektni ushlab oladi, agar bu obyekt ozuqa bo’lsa amyoba uni o’zlashtiradi, agar ozuqadan tashqari narsa bo’lsa amyoba uni tashlab yuboradi. Bunga yaqin javobni distant qo’zg’atuvchilar orqali ta’sir qilinganda kuzatishimiz mumkin. Ba’zi bir holatda amyoba ma’lum bir masofada turgan obyektga yaqinlasha boshlaydi va uni ushlab oladi, boshqa hollarda esa ular teskari xatti-harakatlarni amalga oshira boshlaydilar. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikriga ko’ra buni quyidagicha izohlash mumkin, zaif qo’zg’atuvchilar amyobalarda faol reaksiyani vujudga keltiradi va aksinchakuchli qo’zg’atuvchilar teskari effektni vujudga keltirad, bu esa amyobani qo’zg’atuvchidan uzoqlashishiga olib keladi. Amyobaning tanasi bir xil bo’lmagan qavatlar protoplazmasidan iborat. Tashqi protoplazmagel holatida bo’ladi, ichki protorlazma zol (suyuqlik) holatida bo’ladi. Protoplazmaning tashqi qavvati tashqi ta’sirga qo’zg’aluvchan bo’ladi, shundan so’ng u zol holatiga o’tadi. Bu yolg’onoyoqlarning shakllanishiga sabab bo’ladi, shundan so’ng amyoba harakatlanadi.
Foterning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, amyobaga 20 marta zaif mexanik ta’sirdan 2 tasiga javob qaytaradi, zaif yorug’likka esa umuman javob bermagan, biroq yorug’lik va mexanik stimullarning 20 tasidan, 16 tasiga javob qaytargan.
Mayer va Shreyr taxminlariga ko’ra zaif qo’zg’ovchilarga nisbatan ijobiy, kuchli qo’zg’ovchilarga nisbatan salbiy ta’sirotlar vujudga keladi.65
Bless va Leontyevlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, dafniya yorug’likka nisbatan to’g’ri harakatlanmasdan, balki yoysimon harakatlanar ekan.
Polyak olimi Dembrovskiyning tadqiqotlarida ham sodda hayvonlarni kerakli harakatlarni amalga oshirishga o’rgatish mumkinligi ko’ringan. U bir xujayrali hayvonlarni dumaloq idishga solib qo’yib, ularni qanday harakatlanishini kuzatgan, ularning haoakatlari boshida xaotik xarakterga ega bo’lgan, ma’lum muddat o’tgandan so’ng esa, bu tartiblangan harakatga aylangan. Tadqiqotchilar juda qiziq ma’lumotlarga ega bo’lishgan, bir xujayrali hayvonlarning qo’zg’atuvchilarini tarqalishi sekundiga 1-2 mikrondan oshmasa, eng sodda asab tizimiga ega bo’lgan hayvonlarda tezlikni tarqaligi katta hisoblanadi, u sekundiga 50 smni tashkio qiladi, qurbaqaning asab tizimini tarqalish tezligi 25 metrga, insonniki esa sekundiga 125 metrni tashkil qilar ekan. Bu holatlar shuni ko’rsatadiki, ma’lum bir asab tizimiga ega bo’lgan hayvonlarda asab tizimining tezligi oshar ekan. Bu holatlarning hammasi asab tizimining paydo bo’lishi zamin bo’lib hizmat qilgan. Eng birinchi asab tizimi to’rsimon asab tizimi hisoblanadi. Bu asab tizimining tolalari to’rga o’xshash bo’lganligi sababli u to’rsimon asab tizimi deb yuritilgan. Bu nerv tolalari juda kuchli sezuvchanlikka ega bo’ladi. Bu to’rsimon asab tizimi yuqori umurtqalilarda «retikulyar formasiya» deb nomlangan asb holatlarini eslatadi. Biroq retikulyar formasiya yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda asab tizimining past bosqichi hisoblansa, ko’p xujayrali past darajadagi hayvonlarda asab tizimining yagona shakli sifatida talqin etiladish. Bu asab tizimi ko’pgina avzalliklarga ega, lekin u harakatni boshqara olmaydi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin