Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish


Hayvonlar va insonlarning psixikasini o’xshashligi va farqlari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə86/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Hayvonlar va insonlarning psixikasini o’xshashligi va farqlari
Yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miya po’stloqlari rivojlanadi, ular turli xil reseptorlardan kelayotgan signallarga javob berish xususiyatlariga egadirlar, yuqori darajada rivojlangan sut emizuvchilar xatti harakatini murakkab shakllarni bajara oladilar. Bu insonlar va hayvonlar o’rtasidagi farqlar yo’qoladi degan holatlarni berishi mumkin, hayvonlardagi intellektual xatti-harakatlar ularda aql bor degen taxminlarni berishi mumkin. Bu tushunchalar xato hisoblanib, inson va hayvonlar o’rtasida bir qator tafovutlar mavjud.

  1. Hayvonlarning xatti-harakatlarida instinktiv biologik xulq atvor yetakchilik qiladi, ularda biologik motivlar mavjud. Ular biologik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan xatti-harakat hisoblanadi. Hayvonlar biologik ehtiyojlardan tashqariga chiqa olmaydilar. Ulardagi har qanday faolyait albatta instinktlar asosida amalga oshiriladi. Insonlarning xatti-harakatlarini 10 tadan 9 tasi maqsadga qaratilmagan faoyalitga yo’naltiriladi. Demak birinchi farq hayvonlarning xatti-harakatlar instinktiv xatti harakatlar chegarasidan chiqmaydi.

  2. Ikkinchi farq. Insonlar ham hayvonlar ham mehnat qiladilar. Biroq hayvonlar foydalangan mehnat qurollarini saqlab qo’ymaydilar. Insonlar esa mehnat qurollarini saqlab qo’yib, uni takomillashtiradilar. Hayvonlarda abstrakt ko’rgazmali vaziyatlar mavjud emas, ichki vaziyatlardan kelib chiqqan xolda mehnat qurollaridan foydalanishlari mumkin, biroq mehnat qurollarini tashlab ketaveradilar. Hayvonlar bir mehnat qurollaridan ikkinchisini yasay olmaydilar. Uch yoshli bolaga boshqa mehnat qurollaridan qanday foydalanishni ko’rsatsalar, bola darhol bu harakatni qaytarishi mumkin, hayvonlarda esa bu holat kuzatilmaydi. Hayvonlar uchun buyumlar ma’oum bir vaziyatlarda ahamiyat kasb etishi mumkin.

  3. Hayvonlarning xatti-harakatlari aniq vaziyatlarga asoslangan bo’ladi, ular insonlarga o’xshab vaziyatlarni mavhumlashtirmaydilar. Bunga quyidagi misolni keltirish mumkin. Golland psixologik Boytendayk tomonidan o’rganilgan holat. Hayvonlarning oldiga bankalar qatori qo’yilgan, bitta bankada ozuqa bo’lgan. Hayvon ozuqani qaysi bankaga qo’yilganini ko’rgan. U ozuqani olib istemol qilgan. Ikkinchi tajribada ozuqa ikkinchi bankaga qo’yilgan. Hayvonlar oldin birinchi bankani, so’ngra ikkinchisini ochib ko’rishgan, ular butun tajriba davomida oldin birinchi bankani so’ngra keyingi bankani ochib ozuqani ola boshlagan. Insonda esa keyingi bankaga qaratilgan faolyait mavjud bo’lgan. Ikki yarim yashar inson bolasi ham shu tajribani aniq bajara olgan. Demak hayvonlarning xatti-harakatlari faqat idrok etilgan holatlarga nisbatan bo’lar ekan.

  4. Agar hayvonlarning xatti-harakatlarida faqat ikkita omil mavjud bo’lsa, insonlar xatti-harakatlariga yana bir holat qo’shiladi, bu hayvonlarda mavjud emas, hayvonlar nasliy xatti-harakat va shaxsiy tajribalariga suyansalar, insonlarda yana boshqa omillar ham mavjud. Insonlar jamoaviy tajribalarga ham suyanishlari mumkin, ular boshqa insonning tajribalariga ham tayanadilar. Bu ijtimoiy tajriba hayvonlarda kuzatilmaydi.

  5. Hayvonlar tashqi shart-sharoitlarga moslashadilar, insonlar esa tashqi sharoitlarni hzlariga moslashtiradilar.

  6. Hayvonlarda faqat ma’lum bir shart sharoitlardagina hamkorlikdagi faoliyat amalga oshiriladi, isnonlardagi faoliyatlarning hammasi hamkorlikdagi faoliyat bilan bog’langan.

Insonning psixologik faoliyati hayvonlarning psixologik faolyaitlaridan tubdan farq qiladi. Insonning xatti-harakati biologik motiv va biologik ehtiyojlar asosida kechmaydi. Ularda ma’naviy ehtiyojlar ham mavjud. Hayvonlardan farqli ravishda inson o’z oldiga maqsad qo’ya oladi. Inson qanchalik och bo’lmasin hom maxsulotlarni iste’mol qilmaydi.
O’qish, mehnat faoliyatini inson ongli ravishda amalga oshiradi. Demak inson bir faoliyatni bajarishdan oldin o’ziga maqsad qo’yadi va shu maqsad sari intiladi. Demak birinchi psixologik farqlardan biri inson o’z ehtiyojlaridan tashqari oldiga maqsad qo’ya oladi. Ikkinchi psixologik farq inson va hayvonlarning atrof muhitga bo’lgan munosabatlaridir. Masalan sayrga chiqqan vaqtda inson o’z faolyaitini boshqaradi va shunga qarab harakat qiladi. Inson hatto qattiq chanqagan vaqtda ham ariqdagi iflos suvni iste’mol qilmaydi. Inson qonuniyatlarni tahlil qiladi. Uchinchi psixologik farq u boshqa insonlar tajribasiga tayanishi mumkin. Inson o’z faolyaitini rejalashtirish xususiyatiga egadir. Insonning xatti-harakatlari quyidagi nazariyalarga tayangan holda kechadi.
Birinchi nazariya ong insonning ichki xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan jarayondir. Shu bilan u hayvonlardan farqlanadi. Dekartning fikriga ko’ra hayvonlar mexanizmga o’xshaydilar, ular tabiat qonunlariga tayangan holda yashaydilar, inson esa ma’naviy mavjudot, u aql qonuniyati asosida yashaydi.
Ikkinchi nazariya. Ongning vujudga kelishi bu dialogik nazariya hisoblanadi. Bu nazariyada ongni hayvonlarning evolyusiyasidan chiqarishga qarilgan faolyai sifatida ko’rsatish yaqqol aks etgan. Inson hayvonlardan ijtimoiy jamoada yashayotganligi bilan farqlanadi. Insonning faolyaitida mehnatdan va mehnat qurollaridan foydalanish vujudga kelishi bilan inson faoliyatida ijobiy o’zgarishlar sodir bo’la boshlagan. Oldin mehnat urollari oddiy tosh, cho’p hisoblangan bo’lsa, ma’lum vaqt o’tib ular takomillashgan va rivojlantirilgan. Insonning mehnati hyech qachon yakka holda amalga oshmagan ular jamiyatda birgalikda faolyait qilishlari bilan hayvonlarning xatti–harakatlaridan farqlanadilar.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin