Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari. Reja



Yüklə 273,01 Kb.
səhifə4/153
tarix13.05.2022
ölçüsü273,01 Kb.
#57813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Taqdimot turlari:

Chiziqli taqdimot – murakkab grafika, videoqo‟yilma, ovoz jo‟rligidagi va navigatsiya

tizimiga ega bo`lmagan dinamik rolik. Chiziqli taqdimotlar mo`ljallanishiga ko`ra shartli

ravishda quyidagi shakllarga bo‟linadi:

-stend shaklidagi multimedia taqdimoti;

-elektron doklad yoki jo`rlikdagi taqdimot;

-sales-taqdimot;

-promo-rolik;

-intro-rolik;

-ekran himoya lavhalari (ScreenSavers).

Interfaol taqdimot – ierarxik tamoyillar bo`yicha tuzilmaga keltirilgan va maxsus

foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimediali komponentlar to`plami.

Foydalanish maqsadidan kelib chiqib, interfaol taqdimotlar shartli ravishda quyidagi turlarga

bo‟linadi:

-korporativ multimediali taqdimot;

-multimediali katalog;

-mahsulot taqdimoti;

-o`rgatuvchi yoki test dasturi;

-erkin foydalanishga ruxsat berilgan kompyuterlar uchun multimedia qobig`i;

-elektron nashr yoki multimedali kitob.

Axborot taqdim etishning eng samarali vositalaridan biri taqdimotlarni kompyuterlarda

ishlab chiqishning eng ko`p tarqalgandir. Darslarni tashkililashtirish, ko`rgazmali, samarali

bo`lishda taqdimotlardan foydalanmasdan erishish qiyin. Taqdimotning samarali bo`lishi

nafaqat ilg`or goyalaringizga balki taqdimotning ko`rinishiga ham bogliq boladi.

Tinlovchilar bilan vizual aloqa o‟rnatishda taqdimotning tashqi ko‟rinish muhim ahamiyat kasb

etadi.


O`quv taqdimotiga qo‟yilgan talablar.

Dars jarayonida taqdimotlar ko‟rgazmali qo`llanma sifatida foydalaniladi. Taqdimotga

qo`yilgan asosiy talablarni ko`rib chiqamiz.

Multimediyali taqdimot mazmuniga qo`yilgan talablar:

-taqdimot mazmuni darsning maqsadi va vazifalariga mos kelishi;

-qabul qilingan imlo, tinish belgilari, qisqatirish va matnni kiritish qoidalariga amal

qilish;

-ma`lumotlarni taqdim etishda aniq va ishonchli faktlarga asoslangan bo`lishi va bu

borada xatolarga yo`l qo`ymaslik;

-slayddagi matnni qisqa va aniq bo`lishi;

-slayddagi har bir matnli ma`limot qismi mazmuni mantiqan tugallangan bo`lishi;

-bayoning qisqaligi va matnning axboriyligining yuqoriligi;

-ma`lumotning slaydda joylashuvi (ma`lumtolarning gorizatal joylashishi afzaldir,

ma`lumotlarning muhim qismi slaydning o`rta qismida joylashuvi muhim; agar slaydda surat

bo`lsa u holda matn uning pastki qismida joylashish maqul bo`ladi, matn chekka qismlarini

tekislash zarur) ma`lumotni jalb qiluvchi va o`zgacha bo`lishi o`quvchi e`tiborini tortadi.

Taqdimotning ko`rinishi va ovoz effektlariga qo`yilgan talablar:

-tasvirlarning optimal ko`rinishlarini tanlash;

-taqdimot mazmuniga tasvirlarni mos kelishi;

-tasvirlarni o`quvchilar yoshiga mos kelishi;

-tasvirning sifatli bo`lishi (slayd foniga nisbatan tasvirning yorqinligi; tasvirlardagi

keraksiz elemantllarning bo`lmasligi; tasvirning yorqin va mos bo`lishi; fayllar formatining bir

xil bo`lish)

-ovozning bir qator sifatlari (musiqaning sifatli bo`lishi, tashqi shovqinlarning

bo`lmasligi);

-qo`llanilayotga grafik ob`yeklarning asosli va maqsadga muvofiq bo`lishi;

Matnga qo`yilgan talablar:

-taqdimot slaydidagi fonga nisbatan matnning o`qish imkoniyatining yuqori bo`lishi

(matnni fonda aniq k`orinishi, matn va fonning uchun bir biridan farq qiladigan rangda bo`lishi);

-harflarning o‟lchami o‟quvchi yosh xususiyalarini hisobga olgan holda bo`lish 24punkt

dan kam bo`lmasligi kerak;

-matn Shriftlarini o`qilishi oson qilib qo`llash va 3 xil Shrift variantidan ko`p bo`lmasligi

lozim;

-Qator uzunligi 36 belgidan oshmasligi;



Matnlarning tagiga chizish holati faqat gipermurojaatlarda bo`lishi.

Dizayndagi talablar:

- Taqdimotlar uchun yagona dezaynni qo`llash;

-Taqdimotning bezash uslubi (grafik, ovoz, animasiya) taqdimot mazmuniga mos

bo`lishi.

- slayd fonini bezashda psixologik jihatdan badastur va qulay bo`lishini ta`minlash;

- slayd foni orqada joylashgan bo`lishi lozim: slaydda joylashgan ma`lumotni ajratib,

yaqqol va alohida ko`rsatishi, uni to`sib qo`ymasligi zarur;

- bir slaydda uchtadan ortiq ranglardan foydalanmaslik (birinchisi fon uchun, ikkinchisi

sarlovha uchun, uchunchisi matn uchun)

- tanlanayotga shablonlarning mavzuga mos kelishi (ba`zan esa neytral bo`lish mumkin);

animasion effektlardan maqsadli foydalanish.

Taqdimotlar so‟z bilan ifoda qilish qiyin bo`lgan jarayonlarni tez, aniq va tushunarli

bo`lishi, axborotni qabul qilishda turli xil ko`rinishlarda aks ettirilishi o`qituvchiga darsni

tashkillashtirish va faol bo`lishida ko`makchi vositasini o`taydi.

Taqdimotlarni ishlab chiqishning turlari va vositalari juda ko`p bo‟lib,bugungi kunda

taqdimot yaratishning yangi –yangi zamonaviy vositalari, turlari va ko`rinishlari taqdim etib

borilmoqda.

Taqdimot yaratishning bir necha dasturlari bilan tanishtiramiz.

PowerPoint

PowerPoint taqdimoti grafikli dasturlar sirasiga kiradi. Bunday dasturlar o`zida matnlar,

rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsion effektlar, ovoz, videokliplar va hokazolardan iborat

slaydlar hosil qilish imkonini beradi.

Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo`lgan taqdimotni kompyuter ekranida, videomonitorlar

va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin. Taqdimot yaratish – bu slaydlar ketma-ketligini

qurish va bezagini berishdir. Quyidagi rasmda siz POWERPOINT dasturining ekrani va uning

asosiy elementlarini ko`rib turibsiz:

Google Prezentatsii

Google Diskda bepul vertual ofis taqdimotni ishlab chiqish imkoniyatiga ega. Google

Diskda taqdimotlarni ishlab chiqish Power Point dasturidek bo`lib, onlayn tarzda ko`pgina vido

o`zgarishlar ega interfeyz bir oz qisqartirilgandir. Bunda Power Point dasturining onlayn

versiyasidan ko`proq imkoniyatlariga egadir.

Taqdimotni tekin ofis Google diskda ham yaratish mumkin. Google diskda taqdimot

yaratish Power Point dasturida taqdimot yaratish bilan bir-hil, lekin Google diskda onlayn tarzda

yaratiladi va vide o‟zgarishlar bilan farq qiladi. Power POintning funksiyalaridan tubdan farq

qiladi. Agar sizda litsensiyali Power Point 2013 bo'lsa, siz bilasizki boshqa hujjatlar bilan

hamkorlikda ishlash mumkin va Google diskda ham boshqa hujjatlar bilan hamkorlikda ishlash

oson va funksiyalari mavjud.

Google taqdimot tekin va chegarasiz imkoniyatlarga ega, lekin foydalanuvchi taqdimot

yaratishda bazaviy topshiriqlarni hal qiladi.

Prezi

Flesh – taqdimotlarning zamonaviy vositalaridan biri Prezi dasturidir. Prezi dasturining o`ziga



xosligi buma`lumotlarning ketma ket chiqishidir.

Power Point bilan Prezining eng katta farqi shundaki, Prezi asosan linyali formatga urg‟u

beradi. Alohida qilib qaraydigan bo‟lsak Prezida ko‟rish imkonyatiga katta e‟tibor berilgani

aniq bir farqdir. Prezi g‟oya, fikr va rejalar tarmog‟ini qurush uchun ishlatiladi.

ZUI – (zooming user interface) obyektivdagi suratni foydalanuvchilarga yaqinlashtirib yoki

uzoqlashtirib ko‟rsatadi. ZUI foydalanuvchilarga turli xil hujjatlarni o‟zaro, to‟gridan to‟g‟ri

ko‟rib, o‟rganib chiqishga imkon beradi.

Umuman olganda, Prezi windowsda juda yaxshi , ammo linuxda juda yomon ishlaydi. Prezi

murakkab prezentatsiya yaratishda Adobe flashdan foydalanadi va bu dastur eng ohirgi

ko‟rinishda bo‟lishi shart. Prezi dasturining uchta turli xil shakli mavjud:

Prezi public

Prezi enjoy

Prezi pro

Prezi public barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo‟lsa, Prezi pro va Prezi enjoy esa ma‟lum

bir to‟lovlarni talab qiladi.

Canvas – (“mustahkam va dag‟al mato” ma‟nosini anglatadi) prezentatsiya tayorlash uchun

maydon. Prezi ZUI texnalogiyasidan foydalanganligi sababli har qanday berilgan convas, yani

maydon ko‟rinib turgan hududiga nisbatan kattaroq bo‟ladi. ZUI texnalogiyasi

foydalanuvchilarga maydon bo‟ylab erkin harakatlanish va ma‟lumot qo‟shish imkonyatlarini

beradi.


Prezini kompyuter, planshet, mobil telefonlardan ham foydalanilishi mumkin. O‟rganish juda

oson va qulay bo‟lganligi sababli, har bir foydalanuvchiga mos keladi. Zoom yordamida Prezi

taqdimoti slaydma slayd ko‟chmaydi, balki yangi joyga izma-iz ketadigan yo‟lak

(Pathwaypoint)dan foydalanib yaqinlashtiradi.

Haiku Deck

Haiku Deck – bu taqdimot yaratishni osonlashtirishga harakat qilishdir. Bu dastur taniqli xalqaro

eksport Garr Reynolds dizayn taqdimotlari prinspiga asoslangan. Asosiy fikr-slayddagi minimal

axborotlar miqdorida. Bir fikr slaydga va bir (rasmlar, diogrammalar va sxemalar)

Haiku Deck dasturi yordamida taqdimotlarga slayd tayyorlash va sizning fikrlaringizdagi ko‟p

bo‟lmagan axborotlar bilan taqdimotlar yaratish juda oson. Interfeysi bezashga sifatli

shablonlarga ega.

HaikuDeck-bu qiyinchiliklarsiz maksimal sodda va chiroyli taqdimot yaratishni hohlaganlar

uchundir.

Slides


Slides – bu taqdimot yaratish uchun yangi zamonaviy dastur. Hamma taqdimotlar HTML da

yaratiladi, bu har qanday qurilmada foydalanish imkonini beradi. HTML kodlash har qanday

usulda taqdimotlarni bezash shu bilan internetdan birga har qanday amaliy content qo‟yish

(embed) imkoniyatini yaratadi. Sizning Web brauzeringizda onlayn tarzda taqdimot ko‟rsatish va

har qanday qurilma yordamida oflayn ko‟rinishdagi taqdimotingizni boshqarish imkoni mavjud.

Grafik muharriri interfeysi bir oz qiyinroq va hozircha standart funksyalari joylashish o‟rni

noqulayroq, lekin, uskunalari juda qiziqarli. Slides dasturida slaydlarni har qanday yo‟nalshda

harakatlantirish mumkin ya‟ni o‟ngdan chapga, chapdan o‟nga, yuqoridan pastga, pastdan

yuqoriga.

Slides dasturi bazaviy funksiyalari bilan tekin versiyalar mavjud, dasturning to‟liq shakli pullik.

Hamma taqdimotlar sizning Web brauzeringizda onlayn tarzda amalga oshiriladi, dasturning

desktop va telefon versiyalari hozircha mavjud emas, faqatgina boshqa qurilmalarda dasturni

yuklash imkoni mavjud.

Dasturning to‟liq shakli juda qiziqarli bo‟lib, kelajakda ommolashishi kutilmoqda. Agarda sizda

taqdimot yaratish zururiyati tug‟ilgan bo‟lsa, Slidesda taqdimot yaratib ko‟rishingizni maslahat

beramiz.


SlideDog

SlideDog – Power Point yoki Keynote dasturlariga o‟xshagan taqdimot muharriri emas. Siz bu

dasturda taqdimot yarata olmaysiz, lekin dastur yordamida siz taqdimot uchun qulay playlist

tayyorlashingiz mumkin. Taqdimotlar Power Point va Keynote, PDF hujjatlari, vidioroliklar,

rasmlar va veb sahifalarni bitta taqdimotga kerakli tartibda joylashtirish imkoniyati mavjud.

Onlayn tarzda yoki dasturni Windows operatsion tizimiga yuklahan holda ishlash mumkin.

Projeqt

Projeqt dastrida taqdimotni jonlantiruvchi internetdan har qanday turdagi ma‟lumotlarni qo‟yish

imkoni mavjud, ya‟ni RSS lentasi, Google haritasi, onlayn savol-javob, Youtube dan video

lavhalarni yoki SaundCloud dan musiqalarni jaylashtirish mumkin. Slides dasturiga o‟xshab

Projeqt dasturida slaydlar harakatini har qanday yo‟nalshda joylashtirish imkoni mavjud. Eng

asosiysi Projeqt dasturida hosil qilingan taqdimotlarni har qanday internetga ulangan

qurilmalarda yuklash va o‟zgartirish mumkin.

Interfeysi juda ham qulay, unda ishlash qiyin emas. Qiziqarli hususiyatlari: yaratilgan

taqdimotlarni Power Point dasturiga va PDF hujjatlariga import qilish mukin va taqdimotlarni

internetga joylashtirish juda qulay.

Project ta‟lim sohasida va ko‟rgazmalarda keng qo‟llanalmoqda.

Flowboard

Keynotening Mobil versiyasi bilan faqatgina Flowboard tenglasha oladi. Dastur iPad

qurilmasida taqdimotlarni o‟zingizning shaxsiy shablonlaringiz yordamida yaratish imkonini

beradi.

Interfeysi juda oson, funksiyalari yetarlicha ko‟p. Qiziqarli qurilmalari: Facebook, YouTube,

Dropbox kabi veb sahaifalaridan rasmlar va videolarni taqdimotga joylashtirish kabi

imkoniyatlarga ega.

Interfaol mul‟timedia taqdimoti

Interfaol mul‟timedia taqdimoti – ierarxik tamoyili asosida tizimlangan va maxsus foydalanuvchi

interfeysi orqali boshqariladigan mul‟timedia komponentlari majmui.

Foydalanish maqsadidan kelib chiqib, interfaol taqdimotlar shartli ravishda quyidagi turlarga

bo‟linadi:

korporativ mul‟timediali taqdimot;

mul‟timediali katalog;

mahsulot taqdimoti;

o‟rgatuvchi yoki test dasturi;

erkin foydalanishga ruxsat berilgan komp‟yuterlar uchun mul‟timedia qobig‟i;

elektron nashr yoki mul‟timedali kitob.

Power Point dasturida taqdimotga ovozli va video-kliplar boshqa dasturlarga qaraganda qulay

kiritiladi va namoyish etiladi. Dasturda mul‟timediali ob‟yektlarni tanlash uchun sichqonchaning

o‟ng tugmasidan foydalaniladi, bunda namoyish etish optsiyasini o‟rnatish uchun animatsiya

effekti menyusining komandalariga yo‟l ochiladi.

Taqdimotdagi mul‟timedia materiallarini namoyish etish uchun ro‟yxat tuzish va ketma-ketligini

belgilash mumkin, ulardan foydalanishning barcha jihatlari oson va qulay. Ikkita dialog oynasi

bilan ishlayotgan taqdirda ham asosiy funktsiyalarga murojaat etish uchun bitta usuldan

foydalansa bo‟ladi.

Power Point dasturi videomateriallarni namoyish etishda fon ranglarining aniq va tiniqligini

ta‟minlaydigan yagona dastur hisoblanadi.

Shuningdek, Power Point dasturi, boshqa dasturlardan farqli ravishda, videoob‟yektlarga

namoyish davrida suzib (uchib) yuruvchi videotasvir kabi effektlarni qo‟llash imkoniyatini

yaratadi. Bundan tashqari, slayddan slaydga o‟tishning 46 xil effektidan foydalansa bo‟ladi.

Animatsiya effekti funktsiyasi PowerPoint imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Ikkita dialog

oynasi orqali u tasvirli hamda mul‟timediali ob‟yektlarni, animatsiyaning ko‟pgina

funktsiyalarini birlashtiradi va taqdimotning xohlagan joyida ishlatilishi mumkin.

Power Point dasturi ko‟rgazmali o‟quv materiallarini tayyorlash uchun o‟qituvchining muhim

yordamchisi hisoblanadi. Taqdimotlar o‟qituvchi so‟zlarini ko‟rgazmali qilishga, dars jarayonini

qiziqarli bo‟lishida foydalaniladi. Taqdimotlardan keng foydalanishning sababi uni yaratishning

osonligi va dastur imkoniyatlarini kengligidir. Power Point dasturi imkoniyatlaridan biri bu

triggerlarni qo‟llashdir. «Trigger» (inglizcha so‟zdan olingan) – qurol tepkisi ma‟nosini

anglatadi. Trigger – ob‟yekt tanlangandan keyin biror bir harakatni bajaruvchi animatsiya

effekti.


Trigger –bu interaktiv animatsiya yaratish vositasi bo‟lib, taqdimotning aniq bir elementini

harakatini tanlash imkoniyatidir. Topshiriqning barcha elementlarini tanlash orqali ishga

tushiriladi va o‟quvchi prizentatsiyani bevosita boshqarish imkoniyatiga ega bo‟ladi.

Taqdimotda triggerlarni qo‟llash Power Point dasturi imkoniyatlarini anchagina oshiradi. Uning

yordamida taqdimotda turli interaktiv o‟yinlar, testlar, topshiriqlar, viktorinalar va boshqalarni

tayyorlash mumkin bo‟ladi. Masalan triggerlar yordamida taqdimotda interaktiv testlar

tayyorlash mumkin, testlarning javobi sifatida so‟zlar, raqamlar yoki tasvirlar ishtirok etishi

mumkin. Agar o‟quvchi noto‟g‟ri javobni tanlasa u holda javob yo‟qolishi aks holda esa rangini,

o‟lchamini yoki joylashishini o‟zgartirishi mumkin.

Shunday qilib, trigger yordamidagi taqdimot o‟quvchi harakatiga mos harakatlanishi mumkin,

ya‟ni o‟quv materialining o‟quvchi bilan interfaol aloqada bo‟lishini ta‟minlaydi. Taqdimotda

triggerlarni qo‟llash yordamida o‟quvchi o‟quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Bunda

pedagog taqdimotning barcha qismlarini yoki alohida qismlarining chiqishini o‟zi belgilaydi.

Triggerlar yordamida har qanday ob‟yektga harakatlar taqdim etishimiz mumkin, bu

harakatlarni xohshimizga va vaziyatga ko‟ra tanlash imkoniyati ham mavjud.

Bu ko‟rinishdagi taqdimotlarni komp‟yuter va proektor orqali ko‟rishga cheklanmasdan, hatto

elektron doskada ham qo‟llash mumkin. Bundan tashqari interfaol aloqadagi taqdimotni

elektron ta‟limda ham qo‟llash mumkin. iSpring dasturi yordamida interfaol taqdimotlarni

saytga joylashtirish, elektron pochta orqali jo‟natish va masofaviy ta‟lim tizimida qo‟llash

mumkin.


Chet tillarini o‟qitishda interfaol trigerlarni ishlab chiqish muhim axamiyat kasb etadi. Chet

tillarini o‟qitishda interfaol mul‟timedia taqdimoti yaratishni misollar yordamida ko‟rib

chiqamiz.

Slaydda mevalar rasmi berilgan bo‟lib, topshiriqda bir(Find a banan) mevani qaysi ekanligini

topishi kerak bo‟ladi. Buning uchun tug‟ri javobli ob‟yektga belgilash

(masalan:“kachenie”),noto‟g‟ri javobga esa ob‟yektni chiqib ketish (masalan:“izcheznovenie”)

animatsiyasi tanlanadi. Oynaning chap qismidan “oblast animatsii” oynasidan “vremya”

bandini tanlaymiz. Hosil bo‟lgan oynadan obektlarga mos animatsiya effektlarini sozlab

chiqamiz.

Power Point dasturida to‟rt turdagi animatsiya effektlari bo‟lib, bular:

- Вход (chiqish) effekti. ob‟yektni ekranni turli qismalaridan va turli ko‟rinishlarida chiqishi.

-Выход (chiqib ketish) effekti. ob‟yektni :slayddan turli ko‟rinishlarda chiqib ketadi.

- Выделение (alohida ajratish) effekti. Misol sifatida ob‟yekt o‟lchamlarini kattalashtirish va

kichiklashtirish, ranglarini o‟zgartirish, ob‟yektni o‟z atrofidan aylanishi keltirish mumkin.

- Puti peremesheniya (bir joydan ikkinchi joyga ko‟chish yo‟li) effekti. Ushbu effekt ob‟yektning

pastga, yuqoriga, o‟ngga, chapga ko‟chishi va yulduz, aylana (va boshqa) troyektoriyalar

bo‟yicha ko‟rinishlarni belgilaydi.

Slayddagi barcha animatsion effektlarni “oblast animatsii” bo‟limidan ko‟rishimiz mumkin.

Unda animatsiya effekti quyidagi ko‟rinishda namoyon bo‟ladi.

1 - obyektning slaydda chiqish ketma-ketligining tartib raqamini ko‟rsatadi.

2 - effektlar namoyish vaqt shkalasi

3 - animatsiya effektining turini ifodolovchi belgilar. Bu misolda Выход effekti ekanligini

ko‟rsatadi.

4 - elementlar ro‟yxatidagi pastki yo‟nalishni tanlash orqali menyuni ko‟rish mumkin.

Muloqot oynasida “Effekt” va “Vremya” bandlari mavjud. Animatsiya effektining boshlanish

vaqtining bir necha turlarining belgilari aks etgan:

По щелчку - animatsiya effekti slayddagi ob‟yekt tanlanganda boshlanadi.

С предыдущим - animatsiya effekti oldingi effekt bilan birgalikda ijro etiladi.

После предыдущего - animatsiya effekti ro‟yxatdagi oldingi effekt tomomlanishi bilan tezda

ijro etiladi.

Barcha triggerlarni sozlab chiqganimizdan so‟ng “oblast animatsii” ning ko‟rinishi quyidagi

ko‟rinishda hosil bo‟ladi.

Переходы menyusidagi “Смена слайда” bo‟limida «По щелчку» va «После» bandlaridagi

tanlashlarni olib tashlash maqsadga muvofiqdir. Aks holda «По щелчку» bandidagi belgilanish

ish sohasini barcha qismlarini tanlaganimizda keyingi slaydga o‟tishi, «После» bandidagi

belgilanish esa avtomatik tarzda keyingi slaydga o‟tadi. Biz uchun esa faqat ob‟yektlar

belgilanganda noto‟g‟ri javoblar slayddan yo‟qolishi, to‟g‟ri javob esa turli tomonlarga og‟ishi

kerak bo‟ladi.

Keyingi misolimizda rasmlar tanlanganda unga mos keluvchi so‟zlarni rasm pastida aks etishini

kuzatamiz. Buning uchun har bir so‟zni rasmga mos holda animatsiya menyusidan “Пути

перемешения” bandidagi “Линии” buyrug‟ini tanlaymiz va rasmning pasti qismiga chizib

tushiramiz. Oynaning chap qismidan “Область анимацииi” oynasidan “vremya” bandini

tanlaymiz. Hosil bo‟lgan oynadan rasmlarga mos so‟zlarning “преключатели” bandidan

“начать выполнение эффекта при щелчке” buyrug‟idan mos so‟zning chiqishlarini sozlab

chiqamiz. Slayd namoyish etilganda rasmlar ustiga sichqoncha tugmasi bosilganda unga mos

keladigan so‟zlar rasmning pastki qismida harakatlanganini ko‟rishimiz mumkin.

Keyingi misolimizda esa to‟g‟ri javoblar tanlanganda “Correct”, noto‟g‟ri javoblar tanlanganda

esa “Incorrect” yozuvlarning chiqishi bilan kuzatiladi. Shuning javoblarning to‟g‟ri yoki

noto‟g‟ri ekanligi ovozli ko‟rinishda ham ifodalash mumkin. Buning uchun slaydga rasmlar va

savol joylashtiriladi, “Correct” va “Incorrect” so‟zlari kiritiladi. Ushbu so‟zlarga animatsiya

menyusidan “Вход” bandidagi “Фигура” buyrug‟ini tanlaymiz. Oynaning chap qismidan

“область анимации” oynasidan “время” bandini tanlaymiz. Hosil bo‟lgan oynadan rasmlarga

mos so‟zlarning “преключатели”dan “Начать выполнение эффекта при щелчке” bandidan

mos so‟zning chiqishlarini sozlab chiqamiz.

Demak, interfaol mul‟timediya taqdimotlarini ishlab chiqish o‟qituvchidan ijodkorlikni talab

etadi. Kerakli manbalar, rasmlar, ovozlar to‟planadi va ishni bajarish algoritmining xomakisi

tuziladi, so‟ngra natijalar kom‟yuterga kiritilib, yuqoridagi kabi interfaol taqdimotlar

tayyorlanadi.

7-ma‟ruza. Prezi dasturi imkoniyatlari. Prezi.com da ro„yxatdan o„tish. Prezi dasturida yangi

taqdimot yaratish. Taqdimotga

ob‟ektlarni joylashtirish.

Flesh – taqdimotlarning zamonaviy vositalaridan biri Prezi dasturidir. Prezi dasturining o`ziga

xosligi bu ma`lumotlarning ketma ket chiqishidir.

Power Point bilan Prezining eng katta farqi shundaki, Prezi asosan linyali formatga urg‟u

beradi. Alohida qilib qaraydigan bo‟lsak Prezida ko‟rish imkonyatiga katta e‟tibor berilgani aniq

bir farqdir. Prezi g‟oya, fikr va rejalar tarmog‟ini qurush uchun ishlatiladi.

ZUI – (zooming user interface) obyektivdagi suratni foydalanuvchilarga yaqinlashtirib yoki

uzoqlashtirib ko‟rsatadi. ZUI foydalanuvchilarga turli xil hujjatlarni o‟zaro, to‟gridan to‟g‟ri

ko‟rib, o‟rganib chiqishga imkon beradi.

Umuman olganda, Prezi Windowsda juda yaxshi ishlaydi, ammo Linuxda juda yomon ishlaydi.

Prezi murakkab prezentatsiya yaratishda Adobe Flashdan foydalanadi va bu dastur eng oxirgi

ko‟rinishda bo‟lishi shart. Prezi dasturining uchta turli xil shakllari mavjud:

Prezi public

Prezi enjoy

Prezi pro.

Prezi public barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo‟lsa, Prezi pro va Prezi enjoy esa ma‟lum bir

to‟lovlarni talab qiladi.

Canvas – (“mustahkam va dag‟al mato” ma‟nosini anglatadi) prezentatsiya tayyorlash

uchun maydon. Prezi ZUI texnologiyasidan foydalanganligi sababli har qanday berilgan canvas,

ya‟ni maydon ko‟rinib turgan hududiga nisbatan kattaroq bo‟ladi. ZUI texnologiyasi

foydalanuvchilarga maydon bo‟ylab erkin harakatlanish va ma‟lumot qo‟shish imkonyatlarini

beradi.


Prezini kompyuter, planshet, mobil telefonlardan ham foydalanilishi mumkin. O‟rganish

juda oson va qulay bo‟lganligi sababli, har bir foydalanuvchiga mos keladi. Zoom yordamida

Prezi taqdimoti slaydma slayd ko‟chmaydi, balki yangi joyga izma-iz ketadigan yo‟lak

(Pathwaypoint) dan foydalanib yaqinlashtiradi.

Prezi – onlayn chiroyli taqdimotlar yaratishga moljallangan ilovalar. Bunda chiziqli bo`lmagan

taqdimotlar tayyorlanadi, xohlagan bir fragmantni kattalashtirish va kichiklashtirish mumkin

bo‟ladi.

Prezi dasturi Zui Labs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, 2008 yil 15 dekabrda servis

ishga tushirilgan.

Dasturlarda ishlashdan avval tayyor taqdimotlarning namunasini korib chiqish orqali tasavvurga

ega bo`lish mumkin.

//prezi.com saytida ro`yxatdan o`tish oddiy bo`lib, avvalo siz dastur versiyasini tanlashingiz

kerak bo`ladi, so`ng ro`yxat formasi to`ldiriladi. Formani to`ldirishda elektron manzilni kiritish

talab etiladi.

Yangi taqdimotni yaratish uchun New Prezi tanlang. Shundan so`ng bir necha shablonlardan

iborat yangi ko`rinish hosil bo`ladi. Agar toza varaqlarda ish boshlamoqchi bo`lsangiz unda Start

blank prezi variantini tanlang.

Taqdimot shabloning tanlash muloqot oynasi

Taqdimot uchun shablonlarni tanlash orqali taqdimot asosni quramiz va unda kerakli

ma`lumotlar bilan to`ldiramiz. Buning uchun taqdimot muharriri mavjud. Ish stoli elementlarini

sichqoncha tugnasini bosish orqali tanlash mumkin. Demak shablondagi barcha elemenlarni,

sarlavha, matn, rasmlarni tahrirlash va o`zgartirish mumkin.

Prezi taqdimoti muhariri oynasi

Taqdimot bilan ishlaganda zarur bo`ladiga asosiy uskunalar oynaning yuqori qismida jolashgan

va uchta menyuga guruhlangan:

• Frames and Arrows: formaning turli sohalarini belgilash imkoniyati va taqdimotga yangi

slayd ko`rinishlarini qo`shish.

• Insert: kerakli ma`lumotlarni taqdim etish uchun tasvirlar, video va boshqa fayllarni

qo`shish imkoniyati. Keng va qo`llash mumkin bo`lgan klipart goleriyasidan foydalanish

imkoniyati mavjud. Taqdimot namoyishdagi musiqal jo`rligini ham joylashtirish mumkin.

• Theme: ko`rish jihozlanishini sozlash mumkin. Ushbu menyu yordamida biz hohlagan

vaqtda boshqa mavzuni tanlash imkoniyatiga ega bo`lamiz. Taqdimot jihozlanishni yoki biror bir

element rangini o`zgartirish orqali amalga oshirish mumkin.

Ishni hohlagan etapida taqdimotni qanday namoyish etilishini ko`rish mumkin, buning uchun

oynaning chap tomonida joylashgan Present tugmasini tanlash orqali bajariladi. Prezi servis

bo`lsada loyihani avtomatik saqlash imkoniyati mavjud, shunday bo`lsada muharirdan chiqib

ketish oldidan quyidagi tugmani bosish lozim bo`ladi.

Taqdimotni saqlash muloqot oynasi

Hujjatni saqlash uchun avvalambor sahifaga murojat imkonini beradi, xohlagan ma‟qul uslubda

tadbiq etishishingiz uchun. Ikkinchidan taqdimotni onlayn shaklida namoyish etish imkoniyatiga

ega bo`lasiz. Hujjatning yana bir saqlash uslubi bu PDF formatida saqlash. So`ngi variant bu

taqimotni o`z kompyuteringizga avtonom ko`rinishda saqlash Inetnetga ulanmagan holda ham

taqdimotni ko‟rish imkoniyati.

Prezi dasturini ishga tushiring. Sahifaning yuqori qismdagi «Create» tugmasini tanlang. «Your

Prezis» qatoridagi «+New Prezi» tugmasini tanlang.

Taqdimot uchun eskiz o‟ylab toping. Qanday maqul deb topsangiz ish sohasiga hohlagan

kadrlarni joylashtirng.

Prezi uchun dizayn tanlang, unda taqdimot maksimal kichraytirilganda qanday ko`rinishga

kelishi mumkinligini tasavvur qiling. Taqdimot yaratishda yaxshi natijaga erishish uchun

oldindan chiqish effekti tuzilishini tasavvur qilish ya`ni ketma- ketligini to`g`ri tashkil etish

lozim .

Taqdimot asosi uchun tayanch nuqtalarni tanlab joylashtiring. Bu nuqtalar – kordinatsion

nuqtalar deb tasavvur qiling, har bir kadrni yaratganda hu nuqtalarga tayanib ish tuting.

Taqdimotni yo`nalish kabi ekanligi haqida o`ylang. Yo‟nlaish bu – taqdimotni bir kadrdan

ikkinchisiga o`tishi kabidir.

Yo`nalish kabi taqdimotni namoyish etilishini o`ylang. Yo‟nalish – bu, taqdimot bir kadrdan

boshqasiga o‟tgani kabi harkat qiladi. Yo`nalish chiziqli ketma–ket harakat qilish o‟rniga,

yo‟nalish har xil tartibda harakatlanadi, yo`nalish bo`yicha harakatlanayotgandek “kamera”

taqdimotdan taqdimotga ko`chadi.

Taqdimotda yo`nalishi barqaror bo`lishiga etibor berishingiz lozim. Taqdimotni rejalashtirilgan

vaqtda kamera eskiz bo`ylab harakatlanishini e`tiborga oling. Prezi

NECHTADIRNI NECHINCHISIDIR




Yüklə 273,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin