Ma’ruza№14 nutq uslublari punktuatsiya


«Inson qalbi javohirlardek toza, pok bo‘lmog‘i lozim»



Yüklə 71,78 Kb.
səhifə12/33
tarix07.03.2022
ölçüsü71,78 Kb.
#53472
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
NUTQ USLUBLARI PUNKTUATSIYA MATN

«Inson qalbi javohirlardek toza, pok bo‘lmog‘i lozim», — deb aytgan edi Abu Rayhon Beruniy.
SO‘ROQ BELGISI VA UNING QO‘LLANILISHI

So‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio — so‘roq so‘ziga olib borib taqaydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi «Q» ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi holatga (?) kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila boshlangan.

So‘roq belgisi quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

1. So‘roq gaplarning oxirida.



Yomonlikning jazosiz qolmasligini bilasizmi? Navoiyning tilshunoslikka bag‘ishlangan qanday asari bor? Vazifani bajarib bo‘ldim (darak gap). Vazifani bajarib bo‘ldim? (ohang o‘zgaradi).

2. Kim? nima? qanday? qanaqa? qaysi? kabi so‘roq olmoshlaridan so‘ng.



Rang-tusni bildiruvchi sifatlar qanday? qanaqa? qaysi? so‘roqlariga javob bo‘ladi.

3. Gap yoki matn ichidagi birorta so‘z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo‘lsa, undan so‘ng qavs ichiga qo‘yiladi. «Toping!» ma’nosida.

Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» qissasida (?) o‘zbek xalqining yaqin o‘tmishi haqida hikoya qilinadi. 5 • 5 = ? (matematikada).


Yüklə 71,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin