1. Tashkiliy hujjatlar: guvohnoma,yo`riqnoma,nizom,shartnoma va boshqalar.
2. Farmoyish hujjatlari: buyruq, ko`rsatma, farmoyish.
3. Ma’lumot-axborot hujjatlari: ariza,bayonnoma,dalolatnoma,ishonchnoma,tavsifnoma, tarjimayi hol, tilxat, tushuntirish xati, e`lon, reklama va boshqalar.
4. Xizmat yozishmalari: taklifnoma, telegramma, xatlar.
Adabiy nutq so‘z san’atkorlari: yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega nutq ko'rinishidir. Adabiy nutqda har bir so'z va qo‘shimchaning talaffuzi, imlosi, qo'llanilishi, ma’nolari aniq me’yorlari bilan chegaralangan. Bu me’yorlarni buzish qo'pol xato sanaladi. Odatda, barcha rasmiy yozishmalar, hujjatlar, o‘qitish ishlari, matbuot xabarlari adabiy nutq orqali amalga oshiriladi. Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, qator o'ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadigan ko`rinishlari - uslublari mavjud. Badiiy uslub badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos bo'lib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchli. Ilmiy uslubga mantiqiylik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng qo'llanilishi xos bo'lib, barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab darsliklari ham shu uslubda yozilgan. Rasmiy-idoraviy uslub o'ziga xos nutq uslubidir. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog'ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo'ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin,ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so'zlar va so'z birikmalari keng qo'llaniladi.
USLUBIY TAHLIL TARTIBI
1. Matnni diqqat bilan o'qib chiqish.
2. Dialogik yoki monologik nutq ekanligi.
3. Qanday so'zlar qo'llanganligi:
a)faqat betaraf so'zlar;
b) betaraf va kitobiy so'zlar (kitobiy so'zlardan namunalar ko'rsatish);
d) adabiy bo'lmagan qatlamlarga oid so'zlar bo'lsa, namunalar ko'rsatish.
4. Tasviriy-ta'siriy vositalar.
5. Matnning sintaktik xususiyati. 6. Qaysi uslubda ekanligi.
Dostları ilə paylaş: |