Uslubiy tahlil namunasi:
Uslubiy tahlil uchun matn
YOMG'IR
Yomg'ir - suyuq tomchi holidagi atmosfera yog'ini. Tomchining diametri 0,5 - 0,6 mm bo'ladi. Yomg'ir bulutlardagi mayda suv zarralarining qo'shilib yiriklashuvidan hosil bo'ladi. Yomg'ir ikki xildir: jala yomg'ir, shivalama yomg'ir. Jala yomg'ir to‘p-to‘p bulutlardan yog'adi, ko'p vaqt o'tmay to'xtaydi, tomchilari yirik bo'ladi. Shivalama yomg'ir esa qat-qat bulutlardan surunkasiga uzoq muddat shivalab yog'adi, uning tomchilari mayda.
Shivalama yomg'irning yog'ish miqdori - intensivligi soatiga 0,25 mm gacha, jala yomg'irniki esa 100 mm gacha bo'lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |