Ma’ruza№14 nutq uslublari punktuatsiya



Yüklə 71,78 Kb.
səhifə10/33
tarix07.03.2022
ölçüsü71,78 Kb.
#53472
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
NUTQ USLUBLARI PUNKTUATSIYA MATN

Tahlil namunasi

«Yomg‘ir» matni - monologik nutq. Betaraf so'zlar va meteorologiya faniga oid atamalar bor: atmosfera yog'ini, bulut, jala yomg'iri, shivalama yomg'ir, yomg'irning intensivligi, matn ko'proq ikki bosh bo'lakli sodda gaplardan iborat, ilmiy uslub.



Punktuatsiya - tinish belgilarining ishlatilish qoidalari haqidagi bo’lim bo’lib, unda mavjud tinish belgilarning yozma nutqda qo’llanish o’rinlari haqida bilim beriladi. Tinish belgini o’z o’rnida qo’llamaslik ishoraviy xato hisoblanadi.

O’zbek yozuvida 10 ta tinish belgisi bo’lib, ular gaplarda ishtirok etadi, turli xil ohangni yuzaga keltiradi. 10 ta tinish belgiga nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, so’roq va undov belgisi, ko’p nuqta, tire, qavslar hamda qo’shtirnoqlar kiradi.


NUQTA VA UNING QO’LLANILISHI

Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi arab manbalariga borib taqaladi. U o‘zbek tilida tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlangan.

Nuqta o‘zbek tilida, odatda, quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

1. His-hayajonsiz aytilgan darak, buyruq gaplardan so‘ng.



Milliy istiqlol sharofati bilan yangicha tafakkur va yangicha fikrlash shakllanmoqda. O‘zingga ravo ko‘rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma. Farzandlarimiz doimo sog‘lom bo‘lsin.

2. Atov gaplardan keyin.



Ilk bahor. Daraxtlar endi kurtak yoza boshlagan palla.

3. Ismi, otasining ismi (ba’zan familiya ham) qisqartirilganda, ularning birinchi harfidan so‘ng.



M. Behbudiy, A. Fitrat, A. Cho‘lpon kabi ijodkorlarning nomi hamisha barhayotdir. A.S. Pushkin — rus poeziyasining quyoshi.

4. Nashriyot ishlarida, lug‘at va ma’lumotnomalarda shartli ravishda qisqartirilgan ayrim so‘zlarning birinchi harfi yoki bo‘g‘inidan so‘ng.

va sh.k. (va shu kabilar); s.t. (so‘zlashuv tilida); G‘. G‘. (G‘afur G‘ulom); Nav. (Navoiy); Toshk. (Toshkent); «O‘qituvchi» nashr.; 1995-y.

5. Qo‘shma gapning birinchi qismidan so‘ng kuchli to‘xtam bo‘lsa, mantiqan biri ikkinchisiga bog‘lanmagan qo‘shma gaplar orasida ham nuqta ishlatiladi. Bunday hollarda ikkinchi gap ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun bog‘lovchilari bilan boshlanishi mumkin.



Bobodehqon yerga baraka urug‘ini ekish bilan band. Chunki dalalarda ish qizg‘in.

6. Ba’zi bir hollarda yil, oy, kunni ifodalovchi raqamlardan so‘ng ham nuqta qo‘yilishi kuzatiladi: 21.03.2010.

7. Butunning qismlarini sanash uchun qo‘llanilgan arab raqamlaridan so‘ng ham nuqta ishlatilishi mumkin.

Tovushlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Unli tovushlar. 2. Undosh tovushlar. Hisob-kitob ishlarida nuqta belgisidan ko‘paytimv alomati sifatida ham foydalaniladi.

2∙2 = 4 (ikki karra ikki to‘rt).
VERGUL VA UNING QO’LLANISHI

Vergul tinish belgisi sifatida G‘arbiy Yevropada XV asrdan boshlab ishlatila boshlangan. O‘zbekcha matnlarda XX asr boshlaridan boshlab uchraydi. Undan quyidagi o‘rinlarda foydalaniladi.

1. Uyushiq bo‘laklar orasida.

Bolalarning xulqi, odobi, yurish-turishi, ko‘cha-ko‘yda, mahallada o‘zini tutishi, do‘stlari orasidagi mavqeyi, hurmati, oila yumushlariga qo‘shayotgan hissasi bilan doimo qiziqib turish lozim (M. Inomova).

2. Undalmalar vergul bilan ajratiladi.




Yüklə 71,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin