Ma’ruza№14 nutq uslublari punktuatsiya


ILMIY USLUB Ilm-fan sohasida qo`llaniluvchi nutq uslubi ilmiy uslub hisoblanadi



Yüklə 71,78 Kb.
səhifə5/33
tarix07.03.2022
ölçüsü71,78 Kb.
#53472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
NUTQ USLUBLARI PUNKTUATSIYA MATN

ILMIY USLUB

Ilm-fan sohasida qo`llaniluvchi nutq uslubi ilmiy uslub hisoblanadi.

Ilmiy uslub daliliy ma’lumotnomalar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (ta’rif-qoidalar)ga ega bo'lish, atamalarning keng qo'llanilishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi.

Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o'ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub ilmiy uslub sanaladi.

Ilmiy uslub ham o'z ichida ikki guruhga bo'linadi: 1) sof ilmiy uslub; 2) ilmiy-ommabop uslub.

Sof ilmiy uslub muayyan fan sohasidagi kishilar uchun mo'ljallanadi. Shu bois bu uslubda fanning ma’lum sohasiga doir atamalar keng qo'llaniladi.

Ilmiy-ommabop uslubda esa fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish maqsad qilinadi. Shuning uchun bunday uslub publitsistik uslubga yaqinroq bo'ladi. Ma’lum fan sohasiga doir atamalar qo'llanilsa ham, lekin bu atamalar xalqqa tushunarli bo'lishi uchun izohlanadi.

Sof ilmiy uslubning o'zi ham fan tarmoqlari bo'yicha bir-biridan farq qiladi. Masalan, matematika uslubi bilan tarix yoki adabiyotshunoslik uslubi bir xil emas. Tarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq tursa, matematika fanining bayon qilish uslubida eng yuqori darajadagi mavhumlashtirish, turli xil formulalar, shakliy ifodalar orqali ilmiy xulosalarni bayon etish kuchli bo'ladi.

Ilmiy uslub obrazlar, obrazli tasvirlar bilan emas, aniq ma’lumotlarning xolis, umumlashgan xususiyatlarini ta’riflash, tushunchalarga mos keladigan atamalar bilan ish ko'radi. Kitobxonning his-tuyg'ulariga emas, ongiga ta’sir etadi.

Ilmiy uslubda so'zlar o'z ma’nosida qo'llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo'laklar, kirish so'z va iboralar, shuningdek, qo'shma gaplardan ko'proq foydalaniladi.


Yüklə 71,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin