Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja


MARJINALISTIK TA’LIMOTNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYaTI



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə48/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин

MARJINALISTIK TA’LIMOTNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYaTI

XIX asrning 70-yillarida Avstriya maktabining shakllanishi iqtisodiyot fanida katta voqea bo‘ldi. Uning nazariyotchilari fanda marjinalizm deb nom olgan iqtisodiy nazariyani ilmiy asoslab berdilar. Bu nazariya qoidalari klassik iqtisodiy maktabdan shu darajada farq qilardiki, u ayrim hollarda fandagi to‘ntarish deb ham baholanadi. Yangicha yo‘nalishni taklif qilgan iqtisodchilar tovarlar (ne’matlar) qimmatini unga bo‘lgan sub’ektiv munosabatlar bilan aniqladilar. Har qanday ne’matlar kishilarning talabini qanoatlantirishi darajasiga qarab, foydalilik kasb etishi mumkindir. «Foydalilik» va «qimmat» kategoriyalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lib, har qanday ne’mat foydalidir, lekin u qimmatli bo‘lmasligi ham mumkindir. Foydali bo‘lgan ne’matlargina ma’lum darajada qimmatli bo‘ladilar. Foydalilik va qimmatlik kategoriyalarini ajratib ko‘rsatish bilan birga marjinalistlar qiymatning mehnat nazariyasini bo‘tunlay inkor etdilar. Ular bozorlardagi iqtisodiy ne’matlarning narxini unga sarf bo‘lgan mehnat va ishlab chiqarish harajatlari bilan emas, balki iste’molchining sub’ektiv ravishda bu ne’mat qimmatini belgilashida o‘z o‘rnini topadi, deb hisoblaydilar. «Eng yuqori foydalilik» nazariyasi o‘ta sub’ektivligi uchun tartibsizligi va to‘la isbotlangan faktlardan keng foydalanganligi uchun ko‘p marta haqli tanqid qilindi. Lekin hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarida Avstriya maktabining g‘oyalarida ayniqsa mikroekonomika bo‘limida keng foydalanib kelinmoqda. Chunki bu nazariyaning ustun tomoni shu bilan belgilanadiki, unda nafaqat harajatlarning hisobi, balki ishlab chiqarish va muomalaning natijalari to‘liq inobatga olinadi.


Marjinalizm inqilobi to‘g‘risida gap borganda Avstriya maktabi qatori Lozanna maktabini ham alohida ta’kidlashimiz zarurdir. Bu maktab asoschilari marjinalistik g‘oyalarni qo‘llagan holda uning qisqa, ochiq va aniq matematik ifodasini topishga harakat qildilar. Valras foydalilik o‘rniga noyoblik tushunchasini kiritdi va miqdor iste’molining kamayuvchi funksiyasini taklif etdi. Umumiy bozor muvozanati nazariyasini ishlab chiqdi va uning tenglamasini yaratdi, iqtisodiyot va matematikani bir-biriga chambarchas bog‘ladi. Valras qonuni bo‘yicha, bozor muvozanati sharoitida umumiy talab umumiy taklifga tengdir. Agar Valras bozor muvozanati masalasini qo‘ygan va uning qachonlardir yechilishini bashorat qilgan bo‘lsa, V.Pareto bu muammoni hal etishga muhim hissa qo‘shdi va tartibli foydalilik tushunchasini kiritdi. V.Pareto optimal holati (yeki Pareto optimumi) bu bozor ishtirokchilarining hammasi o‘z foydasi uchun intilib, o‘zaro manfaat va foydalar muvozanatiga erishmoqdalar.


XULOSA

X1X asrning 70-yillaridan boshlab iqtisodiy ta’limotlarda prinsipial yangi yo‘nalish - marjinalizm g‘oyalari ustundir, avalgi klassik maktab vakillarining fikrlari keskin tanqidga uchradi, chunki amaliy iqtisodiyotda o‘zgarishlar ro‘y berdi. XX asrning boshlarida esa neoklassik (ya’ni yangi klassik) g‘oyalari shakllana boshladi, bu marjinalizm g‘oyalari rivojining 2-bosqichi deb qaralishi mumkin. «Siyosiy iqtisod» dan ancha farq qiluvchi «Ekonomiks» tushunchasi kiritiladi va iqtisodiyotga yondoshuv keskin o‘zgardi.


Neoklassik yo‘nalishning asosiy mafkurachisi A.Marshall hisoblanadi, u «Ekonomiks» iborasini birinchi bo‘lib muomalaga kiritdi. Iqtisodiyot faning asosiy vazifasini «insoniyatning normal hayot faoliyati to‘g‘risidagi ta’limot» deb baholaydi.
Klassik maktabning prinsipial g‘oyalari himoya qilinadi (erkin baho, raqobat, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi va b.), ammo unga marjinalistik qoidalar qo‘llaniladi. Qimmat va baho shakllanishi nihoyatda original ravishda ko‘rsatib berilgan, «qaychi tig‘i» effekti muhimdir. Talab va taklif chiziqlarining kesishgan joyida baho aniqlanishi, «Marshall hochi» nihoyatda katta ahamiyatga ega va hozir bu qoida doimo qo‘llaniladi.
«Iste’mol ortiqchaligi», mo‘tadil baho, talabning elastikligi, «reprizentatIV firma» to‘g‘risidagi g‘oyalar fundamental ahamiyatga ega.
Amerikalik J.B.Klarkning qarashlarida fanning asosiy predmeti «jamiyatning barcha daromadlarini turli shakldagi daromadlarga ajratishdan iborat» deb qaraladi.
Fanni statika va dinamikaga ajratadi, «eng yuqori (chegaraviy) mehnat unumdorligi qonuni»ni kiritadi.
Italiyalik V.Pareto iqtisodiyotda umumiy muvozanat muammolar tadqiqotiga e’tibor beradi. Matematik apparatdan unumli foydalanib, «befarqlik egri chizig‘i» ni yaratdi.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin