Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja


KEYNS TA’LIMOTINING HOZIRGI DAVRDAGI AHAMIYaTI



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə60/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин

4.KEYNS TA’LIMOTINING HOZIRGI DAVRDAGI AHAMIYaTI

50-yillarda keynschilik g‘oyalari rivojlantirilib, yangi g‘oyalar ilgar surildi. Ularning asosiy mohiyati iqtisodiy o‘sish sur’atlari doimligini ta’minlovchi mexanizmlarni aniqlash va isbotlashdan iboratdir. Oqibatda «mulsipirikator-akselerator» sistemasini hisoblashga asoslangan va o‘ziga xos keynschilikning o‘sish nazariyalari, jamg‘arish va iste’mol o‘rtasidagi o‘zoro bog‘lanish harakteristikalaridan foydalanib iqtisodiy dinamikani modellashtirish yuzaga keldi.


Yuqorida tilga olingan iqtisodiy o‘sish nazariyalarining asosiy namoyondalari Massachuset texnologiya instituti professor Yevsey Domar (1914) va Oksford universiteti professori Robert Harrod (1890-1978) hisoblanadi. Ularning nazariyasi (modeli) iqtisodiyotning doim (mo‘tadil) sur’atlarda o‘sishi dinamik barqarorlik (ilgarilab borish) ning asosiy sharti sifatida maqsadga muvofiq ekanligining umumiy xulosalarini birlashtiradi. Ularning fikricha, shundagina ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan to‘la foydalanishga erishish mumkin. Harrod- Domar modelining boshqa bir qoidasi bo‘yicha ayrim parametrlar, chunonchi daromadlardagi jamg‘arma hissasi va kapital quyilmalarning o‘rtacha samaradorligi o‘zoq davr mobaynida doim deb tan olinishi hisoblanadi. Mualliflar dinamik barqarorlik va doimiy o‘sishga erishish avtomatik ravishda bo‘lmasligi, balki davlatning shunga muvofiq siyosati natijasida, ya’ni davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki tufayli ro‘y berish mumkinligini ta’kidlaydilar.
Domar va Harrod modellaridagi farq-boshlang‘ich pozitsiyalardagi ayrim ko‘rsatkichlardir. Masalan, Harrod medelida investitsiya va jamg‘armalar tengligi g‘oyasi, Domarda esa pul daromadlari (talab) va ishlab chiqarish quvvatlari (taklif) teng deb qabul qilinadi. Ikkala olim shunga ishonchlari komilki, daromad o‘sishini ta’minlashda investitsiyalar roli, ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi faoldir, bunda shu narsa ko‘zda tutiladiki, o‘sshi bandlikka yordam beradi, bu esa o‘z yo‘lida, korxonalarning yarim quvvat bilan ishlashi va ishsizlikning oldini oladi. Bu Keynsning shu sohadagi konsepsiyasini so‘z siz tan olishdir; chunki Keyns bo‘yicha, iqtisodiy jarayonlar investitsiya va jamg‘armalar orasidagi proporsiyalar harakteri va dinamikasiga bog‘liq, aniqroq aytilsa investitsiyalarning ildam o‘sishi, baholar darajasi o‘sishiga sabab bo‘ladi, jamg‘armalar o‘sishi esa korxonalarning to‘la ishlamasligi va ishsizlikning sababidir.
Shuni aniq qilib aytish kerakki, qeyns ta’limoti inqirozlar,urushlar va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo‘ldi, chunki favqulotta holatlar davrida davlatning roli kuchli bo‘lishi kerak. Amalda esa, ayniqsa 2-jahon urushidan so‘ng Farb mamlakatlarini sotsialistik orentatsiyasi kuchaydi (davlat mulki oshib bordi), davlat budjeti qarzlari ko‘payib, ishsizlik ham o‘sgan, inflyatsiya kuchli. Bu ijtimoiy ishlarni ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir deb tan olinmoqda. Ishsizlikning ish haqini pasaytirish yo‘li bilan hal etish tarafdorlari ham mavjud, ammo pul massasini ko‘paytirish (inflyatsiyaga olib keladi), ya’ni emissiya yo‘li ko‘pchilikka oson ko‘rinadi. Bu konsepsiya ma’lum davr mobaynida inflyatsiya bo‘lmagan holda minemal ishsizlik darajasini isbotlashga imkon beradi.
70-yillardan boshlab Keyns ta’limotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bo‘yicha neoliberalizm g‘oyalari asosiy bo‘lib qoldi, chunki bu davrda jahoning ko‘pgina mamlakatlarida inqiroz holatlari doim voqeaga aylanib qoldi. Inflyatsiya, davlat budjetining kamomadi, ishsizlik toboro kuchaydi. Neoliberallar keynschilarni tanqid qilar ekanlar, iqtisodiyotda davlat sektorining oshuvi, erkin raqobatning kamayishi, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investitsiyalar kamayganligi ular g‘oyalarining sayozligidan dalolat beradi, deb hisoblaydilar.
70-80-yillar neoliberal g‘oyalar iqtisodiyotda tobora ustunligini egallay boshladi. Ko‘p davlatlarda iqtisodiyotni denatsionalizatsiya qilish kuchaydi (nodavlat shakllariga o‘tildi). Buning oqibatida Buyuk Britaniya (Tetcherizm), Fransiya, Yaponiya, Chili (Pinochet), Ispaniya va boshqa mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimallashtirildi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi.


XULOSA

1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi avvalgi «sof ta’limot» nazariyotchilarining fikriga qo‘shimchakirIIshni talab etdi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixida Keyns inqilobi deb nom olgan o‘zgarish ro‘y berdi. Agar avvallari bozor iqtisodiyoti barcha muammolarni avtomatik ravishda hal qiladi degan g‘oya ustun bo‘lsa, Keyns ularga boshqacha qarab, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini zarur deb hisobladi. Bandlik, foiz, milliy daromad, investitsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganilib, «aralash iqtisodiyot», multiplikator tushunchalari kiritildi. Keynschi va Neokeynschilar davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qo‘llab, «akselerator koeffitsienti»ni qo‘lladilar, unga ko‘ra daromadlarning investitsiyalarga ta’sirini ko‘rish mumkin. Keynschilikning ayrim shakllarida indikativ rejalashtirish ham qo‘llab- quvvatlanadi. Ishsizlik va inflyatsini bandlik yo‘li bilan hal etish mumkin degan g‘oya ustun.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin