Ma`ruzalar matni: 7-semestr mavzu bayoni



Yüklə 73,74 Kb.
səhifə4/8
tarix07.01.2024
ölçüsü73,74 Kb.
#206092
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu

Piyoda armiya. Dastlab mamlakatga tashqi dushman hujum qilgan paytda aholining turli qatlamlaridan yig'iladigan armiya tuzildi. Mamlakat himoyasi uchun to`plangan bu armiya qo`liga nima tushsa (oddiy tayoq, bolta, pichoq va h.k.), shu bilan qurollangan piyodalar bo`lgan. Asta-sekin o`q-yoy, kalta va uzun nayza paydo bo`ladi. Bu armiya harbiy boshliq boshchiligida dushman kuchlari bilan duch kelgan joyda tartibsiz urushga kirgan.
Yollanma askarlar. Dunyo tarixida ilk yollanma askarlar Misrda paydo bo`lgan. Misrning g'arbiy qo`shnisi - liviyaliklar, janubiy qo`shnisi - efiopiyaliklar Misr armiyasida yangi podsholik davridan boshlab, ma’lum bir haq evaziga yollanma askar bo`lib xizmat qila boshlaganlar. Lekin yollanma askarlar ishonchli bo`lmaganlar, aksariyat hollarda ular dushman armiyasi ko`proq haq to`lashni va’da qilsa, o`sha tomonga o`tib ketganlar.
Otliq armiya. Otliq qismlar birdan paydo bo`lmadi. Otlarning biologik tur sifatida genezisi 56 mln yil davom etdi. Bundan 2 mln yil oldin hozirgi otlarning tezyurar o`txo`r podalari janubiy Sibir, O`rta Osiyo dashtlarida kezib yurar edi. Ot bronza davrida yoki undan oldinroq xonakilashtirilgan bo`lishi mumkin. Madaniylashgan otlar janubiy va sharqiy Sibir, ehtimol O`rta Osiyodan G'arbiy Osiyoga, mil.avv. XVIII asrda Afrikaga tarqalgan. Ilmiy adabiyotda ekvus deb ataladigan otning ajdodlaridan Prjevalskiy oti, yovvoyi eshak va zebraning uch turi saqlanib qolgan. Otlardan ilk bor ko`chmanchi chorvadorlar foydalalandilar va o`troq jamiyatlarga uzatdilar.
Mil. avv. II ming yillikdan boshlab otlardan yuk tashish, transport vositasi sifatida foydalanilgan. Otlardan ilk bor ko`chmanchi qabilalar harbiy maqsadlarda foydalanganlar. Mil. avv. II ming yillikning I yarmida Old Osiyodagi barcha qudratli davlatlar jang aravalariga otlarni qo`shdilar. Old Osiyoda ilk bor otliq qismlar Mitannida, mil. avv. IX asrda Osuriyada paydo bo`lgan.
Otliq qismlar vaqt o`tishi bilan jang aravalarini siqib chiqardilar. Jang aravalari mil. avv. I ming yillikning II asrigacha davlatlar armiyasining zarbdor qismini tashkil etgan. Ayniqsa, Ahmoniylar Eroni armiyasida jang aravalarining g’ildiraklariga o`roqlarning o`rnatilishi jang aravasini yanada dahshatli qilgan. O`roqlar dushman askarlarining oyoqlarini kesib tashlagan,
bu dushman saflarida dahshat tug'dirgan. Lekin otliq qismlar jang aravalarini siqib chiqardi.
Arabiston yarim orolidagi arab qabila va davlatlari, Ahmoniylar Eroni, keyinchalik Hindistonda tuyalar minib jang qiladigan harbiy qismlar mavjud bo`lgan. Tuyaning vatani Amerika hisoblanadi, uchlamchi bosqichdan keyin tuya hozirgi joylarga tarqaladi. Amerikada esa о’lib ketadi. Tuyaning ikki o`rkachli (Camelus bactrianus) va bir o`rkachli (camelus dromedarius) turlari xonakilashtirilgan. Ikki o`rkachli tuyalarning vatani Gobi chollari, bir o`rkachli tuyaning vatani Arabiston yarim oroli hisoblanadi. Tuyaning xonakilashtirilgan joyi Turon va Eron hisoblanadi.

Yüklə 73,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin