Dastlabki qurolli to`qnashuvlar.Ov qurollari, jumladan, o`q va yoyning takomillashuvi ulardan foydalanishning yaxshilanishi, asta sekinlik bilan indivudiallikni shakillanishiga sabab bo`ldi. Mehnat taqsimoti natijasida ish sifati va unimi oshdi. Oqibatda ehtiyojdan ko`ra ko`proq maxsulot etishtirish boshlandi. Bu esa bir kishi ikkinchi odamni ekspulatatsiya qilish imkoniyati yuzaga keltirdi. Bu esa o`z navbatida teng’iik tushunchasini darz ketishiga sabab bo`ldi. Bu o`rindi shuni ta`kidlab o`tish joizki, qurolli to`qnashuvlar vaqtida qa`tiy qonun - qoidalarga rioya qilishgan.
1) Hujum to`satdan amalga oshirilishi ta`qiqlangan, chunki avval muzokara olib borilgan.
2) To`qnashuv oldindan kelishib olingan joyda bo`lib o`tgan. Jang quroli tomonlarning kelishuviga asosan tanlangan.
3) Ko`p hollarda tomonlar kelishmovchilikni bartaraf etish uchun tanlangan jangchilarni yakkama-yakka kurash uchun chiqarishgan.
Agar jang boshlangudek bo`lsa, kamon va nayza otishgan. Jang birinchi qon to`kilguncha davom etgan. Ko`p odam yo`qotgan odam o`zini engilgan deb hisoblagan. Jang o`ta darajada qonli va dahshatli tus olmagan. Asirga olinganlar qimmatli hisoblanmagan, aksar hollarda ularni qabila a`zosi sifatida qabul qilishgan yoki qo`yib yuborishgan. Ayrim hollarda o`ldirishgan.
Tomonlar imkon darajasida tinch yo`l bilan masalani hal qilishga intilishgan. Buning uchun obro`li honadon vakillaridan birini qimmatbaho sovg’alar bilan jo`natishgan. Agarda bu usul bilan majaro hal bo`lmasa, qasoskor tomon hujum qilgan. Hujumda barcha voyaga etgan erkaklar ishtirok etishgan. Odatda hujumlar asosan tunda amalga oshirilgan. Himoyalanayotgan tomon barcha jangchilari bilan bir o`tovga kirib, hujumni bartaraf etish uchun tayyorlangan mol-mulk va ayo`llar, bolalar, keksalar turgan o`tovlarni himoya qilishmagan. Chunki ularga hujum qilish umuman mumkin bo`lmagan. Odatda hujum tonggacha davom etgan. Shundan so`ng himoyalanayotgan tomonlar qurbonlar sonini sanashgan. Agarda ularni talofati hujum qilganlarnikidan kam bo`lsa, kelishmovchilik bartaraf etilgan deb hisoblangan. Aksincha bo`lsa, himoyalanganlar huddi shunday hujum o`tkazganlar. Bunday jang’iar dengizlarda, baliq ovida ham uchrab turgan. Shuning uchun qayiqlarning old qismida kamon o`qlaridan himoyalanish uchun moslamalar mavjud bo`lgan. Ishlab chiqarishning o`sishi jamiyatning tuzilmasini o`zgarishiga sabab bo`ldi. Natijada alohida saylangan odamlar toifasi yuzaga keldi. Saylovlarda barcha voyaga etgan ayol va erkaklar ishtirok etishgan. Saylangan yo`lboshchilar boshqa qabila a`zolarini majburlash huquqiga ega bo`lmaganlar.
Oqsoqol va harbiy yo`lboshchilar qabila kengashini tashkil qilganlar. Qabila kengashida muhokama etilayotgan masala bo`yicha barcha ishtirok etishi mumkin bo`lgan. Qaror faqatgina barcha rozi bo`lgandan so`nggina qabul qilingan. Qabilalar aro munosabat ham aynan shu kengash yig’ilishida hal qilingan. Bu xolatni biz irokez, atstek va shimoliy Amerika, German, Yunon va Slovyan qabilalarida ko`rishimiz mumkin. Qo`shni qabilalarga hujum qilish va himoyalanish ixtiyoriy tarzda amalga oshirilgan. Bunday jangovor harakatlar uchun jangchilar qabilaning iqtidorli a`zolaridan jangovar raqs orqali tanlab olingan jangovor harakatga, raqsga rahbarlik qilgan odam tayinlangan. Agarda jangda bir necha guruh ishtirok etsa, bu guruhlarni yo`lboshchilarini ittifoqi tomonidan boshqarilgan. Harbiy harakatlar uchun qabilalar kengashining roziligi shart bo`lmagan. Ma`lumotlarga ko`ra bunday harakatlarda ishtirok etuvchi
jangchilar soni 100 kishidan ortiq bo`lmagan. Jangchilarni yuk xaltasida, gurunchli un va qovurilgan don bo`lgan. Safar vaqtida ovqat ov maxsulotlari va baliq qo`shilgan.
To`satdan hujum odatda tongga yaqin amalga oshirilgan. Shunday ta`sodifiy hujumlarning oldini olish maqsadida odamlar himoya inshootlarini qurishni boshlaganlar. Dastlabki himoya
inshootlari sodda ko`rinishda bo`lib, qarorgohlarga kirishda zaharli sim va tikonlar bilan o`ralgan, o`ralar qazib yaxshilab berkitilgan. Asta sekinlik bilan himoya inshootlari ham takomillashib aholini yashash hududlari su`niy to`siq va suv to`ldirilgan xandaqlar bilan o`rala boshlagan. Bu holat o`z navbatida hujum va himoya uslublarini o`zgarishi va takomillashiga ta`sir ko`rsatgan. Ko`rilayotgan davrda qabila boshlig’ining mavqei oddiy fuqaronikidan u qadar yuqori bo`lmagan. Qabila boshlig’i boylik birligiga ko`ra saylanmagan, balki jasurlik, mardlik, ishbilarmonlik kabi xususiyatlariga qarab belgilangan. Qabila boshlig’i boshqaruvda asosan urug’ manfaatlari nuqtai nazaridan ish yuritgan, shu bois ko`pchilikning fikrini inobatga olishga majbur bo`lgan. Agarda qabila boshlig’i o`z mavqeini yo`qotsa, uning o`rniga boshqa kishi tayinlangan. Vaqt o`tishi bilan harbiy harakatlar endi boylik orttirish, o`zgalar mulkini qo`lga kiritishga yo`naltirilgan. Bu esa o`z navbatida yangi boshqaruv shaklini yuzaga keltirgan. Bu harbiy demokratiya edi. Xalq yig’ini, oqsoqollar kengashi va harbiy lashkarboshi, harbiy demokratiya boshqaruv organi hisoblangan. Natijada oddiy aholida alohida istiqomat qiladigan maxsus jangchilar bo`linmalari yuzaga keldi. Bu dastlabki muntazam harbiy mashg’ulotlar bilan shug’ullanuvchi askarlar bo`linmasi edi.
Tabiiyki ishlab chiqarishda sifat ko`rsatgichining oshishi o`z navbatida jangovor qurol yarog’larning takomillashishiga olib keldi. endi askarlar ichki qismiga temir qoplangan uzun nayza, dastlab sanchishga keyinroq chopishga moslashgan qilich, metal plastinalar bilan qoplangan qalqon bilan qurollana boshladilar. Jang olib borish uslubi ham o`zgarib tobora jiddiylashib borgan. Jang avval o`q otar qurollar bilan boshlanib keyin qo`l jangiga o`tilgan.
Mulkiy tabaqalanish natijasida askarlar o`rtasida ham tabaqalanish yuz bergan. Bu xolat asosan askarlarning qurol yarog’larida yaqqol ko`zga tashlangan. Boy askarlar yaxshi qurollanib, ot qo`lga o`rgatilgandan so`ng jang aravalaridan foydalanishgan. Jang avval boylardan iborat otliq qo`shin va kambag’allardan iborat piyoda qo`shin kirgan. Bundan biz dastlabkt ikki turdagi qo`shin ikki turdagi qo`shin taktik uslubni ko`rishimiz mumkin. Ko`rilayotgan davr jang uslubini ta`savvur qilish uchun Gamerning «Illiada» dostonidagi Troya urushini ko`rishimiz mumkin.
Qadimgi davrlarning qo`shin tarkibi aholining xo`jalik shakliga qarab shakillangan. Agar aholini asosiy mashg’uloti dehqonchilik bo`lsa qo`shin asosan piyodalardan iborat bo`lgan. Hindlar fillardan keng faydalanishgan. Asta sekinlik bilan harbiy askarlarning huquq va majburiyatlari aniqlangan. Keyinroq harbiy holat bo`yicha qonunlar majmuasi shakillandi. Qadimgi Misr davlatida dastlabki himoya qal`alari bunyod etila boshlandi. Ilk qal`alalar turli ko`rinishda, doira, to`g’ri to`rtburchak ko`rinishida bo`lgan. Vaqt o`tishi bilan harbiy flot shakillana boshladi. Harbiy kemalar harbiy harakatlarda keng qo`llanila boshlagan. Harbiy harakatlar vaqtida imkoniyatlarni kengaytirish uchun keng ko`lamda yo`llar bunyod etildi.
Yo`llarda aloqa markazlari bunyod etildi. Bu yo`llar nafaqat harbiylar balki, savdo sotiqni taraqqiy etkazishga hizmat qildi. Bu o`z navbatida mamlakatlar o`rtasida madaniy aloqalarning rivojlanishiga olib keldi.
Urug'-qabilalarda harbiy sohaning ahamiyati ortib borishi bilan harbiy yolboshchining nufuzi ham oshib bordi. Ana shunday tarzda harbiy kasb vujudga keldi. Ilk bor ibtidoiy mudofaa to`siqlari urug‘- jamoa qishloqlari atrofida paydo bo`lib, ular keyin- chalik mustahkamlangan qo`rg‘on-qal’a vazifasini o`tay boshladi. Dushman hujumidan yashirinadigan harbiy manzilgohlar paydo bo`ldi.
Insoniyat tarixining birinchi kunlaridayoq o`z xavfsizligini ta’minlash uchun harbiy sohani yo`lga qo`yib, hozirgi kungacha bu sohada misli ko`rilmagan yutuqlarga erishdi. Davlat va jamiyatlar paydo bo`lishi bilan harbiy tashkilotning ilk ko`rinishlari bo`lgan ko`ngillilardan tuzilgan harbiy qismlar paydo bo`lib, keyinchalik ular dahshatli kuchga - haqiqiy armiyaga aylandi. Bu armiya mamlakat xavfsizligi, chegaralarni qo`riqlash bilan birga o`zga mamlakatlarni istilo qiladigan hujumkor kuchga aylandi. Qurol-yarog’iar takomillashtirilib, ularning yangi turlari paydo bo`ldi.
Urush olib borishning ilk qonun-qoidalari yuzaga keldi. Armiyaning tashkiliy tuzilmasi rivojlandi. Davlat hokimiyati armiyani tashkillashtirish va ta’minotini o`z zimmasiga oldi. Paydo bo`lgan yangi ijtimoiy qatlam harbiylarning huquq va majburiyatlarini belgiladi va bu qatlamni o`z himoyasiga oldi. Davlat paydo bo`lishi arafasida vaqtinchalik harbiy birlashmalar paydo bo`ldi, keyin ular qabila boshlig'ining harbiy bo`linmasini tashkil qildi.
Davlat va jamiyat paydo bo`lishi bilan ilk armiya tuziladi. Ayrim kishilar uchun harbiy ish kasbga aylana boshladi. Bu harbiy tashkilotning ilk kurtagi edi. Harbiy tashkilotning eng muhim xususiyati harbiy intizom, harbiy texnika va harbiy tashkilot shaklining mavjudligi edi. Harbiy intizom bu - shaxsiy tarkibning butun kuchini jangovar topshiriqni bajarish maqsadiga yo`naltirish edi. Ilk harbiy tartib-qoidalar paydo bo`ldi. Jangchining harbiy boshliqqa so`zsiz bo`ysunish qoidasi yuzaga keldi. Bo`sunish subardinatsiyasiga asoslandi, boshqacha aytganda, harbiy boshliqning so`zi - boysunuvchi uchun so`zsiz bajarilishi kerak bo`lgan qonundir. Bu qoida armiyani jipslashtirib, uning jangovar qobilyatini kuchaytirdi. Harbiy intizomning o`ziga xos xususiyati u asosan majbur qilishga asoslanganligidadir.
Dunyo tarixidagi ilk davlatlar mil. avv. IV ming yillik oxiri III ming yillik boshlarida qadimgi sharqning turli hududlarida paydo bo`ldi. Bu davlatlarda siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning barqarorligini ta’minlash maqsadida harbiy soha ham rivojlana boshladi. Bu davlatlar uchun eng muhim vazifalaridan biri mamlakatning tashqi chegaralarini dushmandan himoya qilish, mamlakat ichida barqarorlikni ta’minlash edi. Shu sababli harbiy soha yo`lga qo`yildi, shu soha bilan shug'ullanadigan odamlar va davlat hokimiyatining alohida organi paydo bo`ldi. Dastlab aholidan to`planadigan ko`ngilli armiya, keyinchalik muntazam armiya tashkil topdi. Harbiy tashkilot davlat hokimiyatining eng muhim tarkibiy qismiga aylandi. Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Osuriya, Xett, O`rta Osiyo, Eron, Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlarda istilochilik urushlari va chegaralarning daxlsizligini ta’minlash qobiliyatiga ega bo`lgan dastlabki armiyalar paydo bo`ldi.