Ma`ruzalar matni: 7-semestr mavzu bayoni


Harbiy san’at tarixi fanining maqsadi



Yüklə 73,74 Kb.
səhifə2/8
tarix07.01.2024
ölçüsü73,74 Kb.
#206092
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu

Harbiy san’at tarixi fanining maqsadi. «Harbiy san’at tarix» - insoniyat tarixining turli xil davrlaridagi urushlar va harbiy san’atning mazmuni va xarakterini va ular rivojlanishining asosiy tendensiyalarini ochib berish.
Davlatlararo, milliy va irqchilik to`qnashuvlarini hal etishda qurolning kuchi bosh argument bo`lib qoldi. Olimlarning ta’kidlashlaricha, oxirgi besh yarim ming yil ichida sayyoramizda 14 mingdan ortiq urushlar bo`lib o`tgan, ularda
4 milliarddan ortiq kishi xalok bo`lgan. Faqat XX asrning birinchi yarmida bo`lib o`tgan ikkita jaxon urushida 60 milliondan ortiq kishi qurbon bo`ldi, katta moddiy va ma’naviy boyliklar vayronaga aylandi.
Harbiy san’at tarixi fanining vazifasi. Insoniyat tarixi, bir­biridan nafaqat boshlanish sabablari va xarakterlari bilan balki olib borish vositalari va usullari bilan ham tubdan farq qiladigan ko`plab turli xil urushlarga to`la. Harbiy san’atning rivoji uchun bu urushlar va ularning ahamiyatlari bir xil bo`lmagan. Jang olib borish usullari, operatsiyalar va urushlarni o`rganish shuni ko`rsatadiki, tom ma’noda ijtimoiy­iqtisodiy va moddiy­texnikaviy sabablarga bog‘liq harbiy san’atning umumiy olg‘a qarab rivojlanishi ham har doim bir tekis va bir xil bo`lmagan. Uning rivojlanishi qaynoq va sust, to`xtagan va pasayish davrlari, ba’zan esa vaqtinchalik kurashning eski shakllari va usullariga qaytish paytlari ham bo`lgan. Harbiy tarix fani ana shu murakkab, ba’zan qarama­qarshi jarayonlarni o`rganish bilan shug‘ullanadi.
Urush - bu murakkab, o`ziga xos ijtimoiy­iqtisodiy xodisadir; davlatlar va xalqlar o`rtasidagi munosabatlarning to`satdan o`zgarishi bilan bog‘liq murakkab xolat hamda siyosiy, iqtisodiy va boshqa maqsadlarga erishish uchun rejalashtirilgan va tashkillashtirilgan qurolli kuch vositalarini qo`llashga o`tishdir.
Siyosat davlatni urushga tayyorlashning yo`nalishi va xarakteriga, ittifoqchilar urushlari ishtirokiga ta’sir ko`rsatadi, maqsadlarni aniqlaydi, urushning boshlanishini nazorat qiladi va uning borishini diqqat bilan kuzatadi va strategiya orqali qurolli kurashning shakllari va usullariga, ularni harbiy­siyosiy mohiyatga bo`ysundirgan holda ta’sir ko`rsatadi. Urush davrida siyosiy va harbiy faoliyatning mustaxkam yakdilligi, odatda davlat siyosiy rahbariyatining oliy harbiy rahbariyatini ham gavdalantirishida o`z mazmunini topadi.
Hozirgi zamonda urushlar jahon, yirik masshtabli, mintaqaviy va mahalliy urushlarga bo`linadi. Tarix insoniyat hayotining turli davrlarida davlatlar o`rtasida bo`lib o`tgan ko`plab urushlarni biladi va bu yerda u yoki bu davlat ichida ijtimoiy va siyosiy kuchlar o`rtasida bo`lib o`tgan urushlar haqida eslamasdan bo`lmaydi. Bunday urushlar fuqarolar urushi deb ataladi.
Urushlar va harbiy san’at tarixida urushlar va voqealarning ketma­ket sodir bo`lishiga asoslangan barcha aniqliklar yoritiladi, ya’ni urushlarning maqsadlari va xarakterlari, kuchlar va tomonlar rejalari ochib beriladi, kampaniyalar, operatsiyalar, jang’iar tahlil qilinadi. Unda siyosiy, iqtisodiy va harbiy yakunlar yoritilib, g‘alabalar va mag‘lubiyatlar sabablari ochib beriladi, urushlarning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri aniqlanadi va nihoyat urushlar tajribalaridan kerakli xulosalar va ta’lim chiqarib olinadi.
Harbiy san’at-harbiy xarakatlarni tayyorlash va ularni quruqlikda, havoda va dengizda olib borish nazariyasi va amaliyotidir.
Harbiy san’at o`z ichiga strategiyani, operativ san’at va taktikani oladi. «Harbiy san’at» tushunchasi bir muncha tor ma’noda ham qo`llanib, u kam kuchlar va dushmanga nisbatan kam talofatlar bilan g‘alabaga erishishni ta’minlovchi harbiy boshliq, sarkardaning yuqori darajadagi mahoratini ifodalaydi. Bu yerda so`z moxirona o`tkazilgan operatsiyalar, jang’iar, to`qnashuvlarda jang qilayotgan tomonlardan birining harbiy san’at ustunligini qanday namoyish etganligi xususida bormoqda.
Strategiya-(grekchadan stratos-qo`shin va ago-boshlab boraman) bu harbiy san’atning tarkibiy qismi va yuqori pog‘onasi bo`lib, u davlat va qurolli kuchlarni urushga tayyorlash nazariyasi va amaliyotini, strategik operatsiyalarni va umuman urushlarni rejalashtirishni qamrab oladi. Strategiya urush olib borish usullari va shakllarini ishlab chiqadi, unga rahbarlik qiladi hamda urush xarakatlarini moddiy vositalar bilan ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanadi. Harbiy strategiya urush rejasini ishlab chiqadi, bu urushda qurolli kuchlar va qo`shin turlarining rolini belgilaydi, urush davrida ularning o`rtasidagi yaqin o`zaro hamkorlikni tashkil etadi, alohida harbiy xarakatlar maydonlarida qurolli kuchlar xarakatlarini va koalitsiya urushlarida ittifoqchilar qurolli kuchlari xarakatlarini muvofiqlashtiradi. Ushbu vazifalardan davlat oliy harbiy idorasining roli va ahamiyati kelib chiqadi. Moxirona strategik rahbarlik qurolli kurashda hamma imkoniyatlardan, birinchi navbatda qurolli kuchlardan to`lig‘icha foydalanishni ta’minlaydi.
Taktika (grekcha tasso-qo`shinni saflayman so`zidan olingan, taktika-qo`shinni saflash san’ati), harbiy san’atning tarkibiy qismlaridan bo`lib, qo`shin turlarining bo`linmalari, birlashmalari va maxsus qo`shinlarning jang’iarni tayyorlash va olib borish nazariyasi va amaliyotini o`z ichiga oladi. Taktika nazariyasi jangning xarakteri, mazmuni va qonuniyatlarini tadqiq etib, uni tayyorlash va olib borish usullarini ishlab chiqadi.
Taktika rivojlanishiga qurol­yarog‘ va jangovar texnikaning o`zgarishi va qo`shin shaxsiy tarkibining sifati katta ta’sir ko`rsatadi. Taktika operativ san’at, harbiy strategiya bilan doimiy xamkorlikda bo`lib, ularning ko`rsatmalari bilan faoliyat yuritadi. Hozirgi zamonda taktika umumiy taktikaga, qo`shin turlari taktikasiga, qo`shinlar (kuchlar) va maxsus qo`shinlar taktikasiga bo`linadi.
Shunday qilib, «Harbiy san’at tarixi» fani o`tmishdagi urushlar tajribalarini o`rganishni va harbiy san’at rivojlanishi qonuniyatlarini, uning tamoyillarini o`rganishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.
Urushlar tarixi va harbiy san’atni bilish, ofitserlarda urushlar va harbiy san’at masalalari bo`yicha nazariy fikrlashlarining shakllanishi uchun katta ahamiyatga ega.
Insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichi bu - ibtidoiy jamiyat tizimi ekanligi hech kimga sir
emas. Dastlabki odamlarning asosiy mashg’uloti terib-termachilik bilan shug’ullanishdan iborat
bo`lgan. Ko`rilayotgan davrning eng asosiy xususiyati, jamoa bo`lib yashashdir. Chunki bir kishi olovni saqlashi, himoyalashi mumkin emas edi. Dastlabki mehnat va himoya quroli uchi o`tkirlangan tayoqdan iborat bo`lgan.
Ming yillar davomida mehnat qurollari takomillashib bordi. Tosh bolta, cho`qmor, tosh otar qurollar kashf etildi. Turmush tarzining asosiy ko`rinishi yirik hayvonlarning ovlash va baliqchilikdan iborat bo`lgan. Ov vaqtida hamjihatlik bilan harakat qilish takomillashib borgan.
Ov usullari ham asta-sekinlik bilan takomillashib, qopqon qo`yish, o`rab olish va ommaviy ov qilish rivojlanib bordi. Ibtidoiy jamoa tizimida insonlar birga ov qilib, uy qurib yashash bilan
birgalikda turli masalalarni birgalikda hal qilishgan. Ayrim holllarda qonli qasos olishgan, qotillik kamdan-kam hollarda yuz bergan. Sababi ibtidoiy jamoa tizimida mulkiy tengsizlik va mulk tushunchasi bo`lmaganligi bois harbiy harakatlarga ehtiyoj bo`lmagan.
Insoniyat sivilizatsiyasining ilk davri - odamlar jamoasi paydo bo`lishi bilan urushlar ularning hamrohi bo`ldi. Urug‘-qabilalar o`rtasida ov hududlari, o`tloqlar, ekin yerlari, suv havzalari uchun doimiy to`qnashuvlar yuz berdi. Ana shu davrda harbiy jang san’atining ilk unsurlari paydo bo`ldi. Urug‘-qabilalarda boshqa dushman qabilalarning tazyiqidan o`z hududini himoya qilish hayotiy zaruriyat bo`lib qoldi.
Ibtidoiy jamoa davrida jamoaning har bir a’zosi o`zini, jamoasini himoya qilish uchun ma’lum bir harbiy ko`nikmaga ega bo`lishi, doimo himoyaga tayyor turishi lozim edi. Shu sababli urug‘ning har bir balog'atga yetgan a’zosi kamondan nishonga olish, nayza otish, qol jangi, chavandozlikni o`rganishi shart edi. Vaqt o`tishi bilan otda turib jang qilish paydo bo`ldi. Urug‘ jamoasining so`nggi davrida har bir urug‘-qabilada urush san’atini atroflicha o`rgangan kichik jangchi qismlar shakllandi. Ularning asosiy vazifasi urug'-qabilani dushman hujumidan himoya qilish, bo`sh vaqtda harbiy soha bilan shug'ullanish, jang san’atini o`zlashtirish bo`lib qoldi.

Yüklə 73,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin