Harbiy dengiz floti. Harbiy ishda quruqlik armiyasi bilan birga dengizga yaqin joylashgan davlatlarda harbiy dengiz floti ham shakllanib borgan. Ilk bor kemasozlik bilan Sharqiy O`rtayer dengizi qirg‘og‘ida yashagan finikiyaliklar shug’ullanganlar. Dengiz qirg‘og‘ida finikiyaliklarning Tir, Sidon, Bibl va Arvad shaharlarida hunarmandchilik va savdo gullab yashnaydi. Finikiyaliklar dunyo tarixida birinchi bo`lib kemalar qurib, dengiz sayohatiga chiqadilar, ular dengiz orqali savdoni yo`lga qo“yganlar. Dengiz sayohati xavfli bo`lgani uchun ular kemalarni harbiy maqsadlarga moslab jihozlaydilar.
Finikiya harbiy kemasi tor va uzunligi 30 metr atrofida bo`lib, ikki qator eshkakli va tezyurar bo`lgan. Tezyurar finikiya kemasining asosiy quroli bronza bilan qoplangan og‘ir taran edi. Finikiyaliklaming kemalaridan old Osiyo davlatlari harbiy maqsadlarda foydalanganlar. Finikiya harbiy floti ma’lum bir haq evaziga boshqa davlatlarning dengizdagi urushlarida ishtirok etganlar. Qadimgi Misr, Osuriya, Eron, Hindiston va Xitoy o`z harbiy dengiz flotini shakllatirganlar.
Razvedka xizmati. Qadimgi davlatlarda razvedka xizmati asta-sekin harbiy sohaning rivojlanishi bilan takomillashib borgan. Dastlab qo`shni davlatning iqtisodiy-siyosiy holati, harbiy sohaning ahvoli - armiyasining jangovar qobiliyati to`g'risida ma’lumotlar yig'ilgan. Qo`shni raqib davlat to`g'risida ma’lumot olishda shu mamlakatda yashaydigan o`z qabiladoshlaridan foydalanilgan. Ko`pincha an’anaviy ravishda sayyohlar, savdogarlarning ma’lumot va xabarlaridan foydalanilgan. Urush xavfi tug'ilgan paytda razvedka jonlangan, raqib mamlakatga ayg'oqchilar maxsus topshiriqlar bilan yuborilgan.
Dushman mamlakat hududida aholi orasida har xil yolg'on-uydirmalar tarqatilib, aholini qo`rquv va vahimaga tushirish, o`z davlat hokimiyatiga ishonchsizlik tug'dirishga harakat qilingan. Bu usuldan qadimgi Osuriya davlati unumli foydalangan. Urush paytida dushman hududi aholisiga psixologik tazyiq o`tkazilgan: asirlarni tiriklay terisi shilingan, qoziqqa o`tqazib qatl qilingan, go`daklar, ayo`llar vahshiyona o`ldirilgan. Bu osur armiyasiga xos bo`lgan. Shu sababli osur armiyasining bostirib kelayotganini eshitgan dushman askarlari jangsiz taslim bo`lgan.