Ma`ruzalar matni: 7-semestr mavzu bayoni


Harbiy xizmatchilarning huquqiy himoyasi



Yüklə 73,74 Kb.
səhifə7/8
tarix07.01.2024
ölçüsü73,74 Kb.
#206092
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu

Harbiy xizmatchilarning huquqiy himoyasi. Qadimgi davlatlarda harbiy xizmatchilarning huquqiy himoyasiga ham e’tibor qaratilgan. Bobil va Xett davlatlarining qonunchiligida askarlarning huquq va majburiyatlari ko`rsatilgan bir necha moddalar mavjud.
Armiyaga rahbarlik. Qadimgi Sharq armiyalarida bosh qo`mondon vazifasini podsho bajargan. Barcha podsholar yoshligidan harbiy sohani atroflicha o`rganganlar. Podsholar istilochilik urushlarda armiyaga o`zlari boshchilik qilganlar. Shaxsan o`zlari jangga kirganlar. Armiyalarda zobitlar, ya’ni harbiy qism, polk boshligi kabi professional harbiylar asta-sekin shakllangan. Boshda aksariyat zobitlar oqsuyak - zodagonlardan kelib chiqqan bo`lgan.
Keyinchalik boshqa quyi tabaqalardan ham zobitlar safiga olingan. Harbiylar jamiyatning imtiyozli tabaqalaridan biri bo`lgan.
Harbiy san’at nazariyasi. Qadimda harbiy soha rivojlanib borishi bilan urushlarda to`plangan tajribalar muntazam tahlil qilib borilgan. Hukmdorlar, lashkarboshilar uchun harbiy sohani yo`lga qo`yish yoki urush olib borish bo`yicha turli ko`rsatma va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mil. avv. I ming yillikda Hindiston va Xitoyda ilk harbiy san’at nazariyasi asoslari paydo bo`lgan. Manu qonunlarida qadimgi hind san’atiga tegishli ma’lumotlar mavjud. Qadimgi Xitoyda harbiy san’at tafakkuri bo`yicha bir necha asarlar bizgacha yetib kelgan.
Harbiy san’at harbiy sohaning mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Harbiy san’at tarixini o`rganish barqaror taraqqiyotni ta’minlashda, zamonaviy armiyaning о`rnini ang’iashga yordam beradi. Afsuski, urush qadimdan insoniyatning doimiy hamrohi bo`lib kelmoqda. Mamlakatimiz daxlsizligi va xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo`lgan harbiylar harbiy san’at tarixini atroflicha o`rganishlari o`z xizmat vazifalarini samarali bajarishda yordam beradi. Bu notinch dunyoda hali urush xavfi mavjud ekan, harbiy san’at tarixini o`rganish mamlakat xavfsizligini ta’minlashda, yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda hayotiy zaruriyat bo`lib qolaveradi.



Yüklə 73,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin