Gidrofizik xossalar Suv shimuvchanlik deb g‘ovak materiallarning suv shimish va suvni o‘zida ushlab turish xususiyatiga aytiladi. Suv shimuvchanlik ko‘rsatkichi materiallarning to‘yinishi uchun sarflangan suv massasining shu material quruq xolatdagi massasiga bo‘lgan nisbati bilan ifodalanadi. Material g‘ovaklarining suvga to‘la qondirilgan holati uning hajmiy suv shimuvchanligi deyiladi. Odatda, mikrog‘ovaklar suv bilan butunlay to‘lmasligi sababli materiallarning suv shimuvchanligi uning absolyut g‘ovaklari hajmidan kam bo‘ladi. CHunki materialdagi mikrog‘ovaklar (0,0001-0,001 mm) normal atmosfera bosimida suvga to‘lmaydi. Materiallarning massasiga nisbatan suv shimuvchanligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
3. Wm[(m1-m)m].100% ,
bu erda: m-materiallarning quruq xolatdagi massasi –g, kg; m1-
materiallarning suv shimdirilgan xolatdagi massasi-g, kg;
Materiallarning hajmiy (V) suv shimuvchanligi quyidagicha aniqlanadi:
Wv[(m1-m)V].100%
Cuv shimuvchanlik materialni asta-sekin suvga cho‘ktirish, qaynatish va bosim ostida shimdirish usullari bilan aniqlanadi. Sochiluvchan materiallar (qum, shag‘al, giltuproq) namligi dielkometrik yoki neytron usullari bilan aniqlanadi. Bu usullar materialning suv ta’sirida dielektrik xossasini o‘zgarishiga yoki tezlatilgan neytronlarning materialdan o‘tish tezligiga asoslangan. Ba’zi materiallarning suv shimuvchanligi (massasiga nisbatan, % da): oyna va po‘lat-0; granit 0,02-0,7; oddiy og‘ir beton 2-4; oddiy g‘isht 8-15; penoplast 100-200 va undan ko‘p.
Materiallarning suvda yumshash koeffitsienti (Kyum) uning suv shimgandan keyingi mustahkamligini (Rto‘y) quruq holatdagi mustahkamligiga (Rqur) nisbatidir:
4. KyumRto‘yRqur
YUmshash koeffitsienti 0 dan (xom giltuproq asosidagi materiallar) 1 gacha (metallar) bo‘lishi mumkin.
Davlatlararo standartlar talabiga muvofiq materiallarning yumshash koeffitsenti 0,8 dan kam bo‘lsa, suv muhitida ishlatiladigan konstruksiyalar tayyorlash ruxsat etilmaydi.
Gigroskoplik-materiallarning muayyan muhitdan namlikni o‘ziga singdirib olish xususiyatidir. Materiallarning gigroskopiklik darajasini aniqlash uchun namuna havoning nisbiy namligi 100% bo‘lgan xonada bir necha soat saqlanadi, so‘ngra namunaning quruq va gigroskopik nam xoldagi massalari farqidan uning havodan qancha nam yutgani aniqlanadi. Materiallarning namni ko‘p yutishi odatda ularning xususiyatlari yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Masalan, namlik materialning issiqlik izolyasiyasi koeffitsentini oshiradi, mustahkamlikni kamaytiradi va binolarning ekspluatatsiya xususiyatini pasaytiradi.
Materialning sorbsion namligi uning ochiq havodagi suv bug‘larini yutish qobiliyatiga aytiladi. Nisbiy namlik ortgan sari materialning sorbsion namligi ortib boradi.
G‘ovak materiallarda adsorbsiya va kapillyar kondensatsiya jarayonlari tufayli namlik uzoq vaqt saqlanib qoladi. Masalan, yog‘ochning muvozanat namligi 12-18%, pishirilgan g‘ishtniki 5-7% bo‘lishi mumkin.
Materialning qisman suv yoki namlik ta’sirida bo‘lgan xolatda u kapillyar bosim hisobiga suvni shimib namlanadi. Bunga binolarning sokol qismining namlanishi misol bo‘la oladi. Bunda suvning ko‘tarilish balandligini “belgilangan atomlar” yoki “elektr o‘tkazuvchanlik” usullari bilan aniqlash mumkin.