Texnik diktant – texnikaga oid matndagi ayrim so‘zlar, formula yoki biror fikr tushirib qoldirilib, diktovka qilinadi (yoki magnitafonda eshittiriladi). Ta’lim oluvchilar esa, har bir bo‘sh qolgan joyga oid javoblarni o‘zlari topib yozib boradilar. Texnik diktantni barcha fanlardan qo‘llash tavsiya etiladi.
Portfolio – inglizcha so‘z bo‘lib, portfel yoki portfellar to‘plami degan ma’noni anglatadi. Portfolioning bir necha turlari mavjud bo‘lib, o‘quv jarayonidagi portfolio muayyan fandan har bir ta’lim oluvchi uchun kurs, semestr davomida yuritiladi.unda ta’lim oluvchilarning baholash turlari – joriy, oraliq va mustaqil ishlari bo‘yicha bajargan topshiriqlari va ularga o‘z vaqtida qo‘yilgan o‘zlashtirish ballari jamlab boriladi. Portfolio yurgizish talbalarning semestr (kurs) va o‘quv muddati davomidagi o‘zlashtirishlarini va mustaqil ish topshiriqlarini muntazam ravishda bajarib borganligi to‘g‘risidagi daliliy hujjat bo‘lib hisoblanadi. portfolio pedagogik jarayonda o‘qituvchiga – ta’lim oluvchilar erishayotgan o‘quv yutuqlari monitoringini yurgizish imkoniyatini yaratadi hamda o‘zlashtirish ballarining haqqoniyligi va ishonchliligini ta’minlaydi; ta’lim oluvchiga esa, o‘z bilim saviyasi ortayotganligini hamda shaxsining rivojlanayotganligini o‘z kuzatib borish imkoniyatini yaratadi.
Sinektika metodi.Sinektika metodi «miya jangi»bilan bir xildagi elementlarga ega bo‘lib, analogiyaga asoslangan to‘rtta stul – amalni o‘z ichiga oladi:
Bevosita anologiya (maskur muammoga o‘xshash muammolar qay tariqa hal qilinadi).
SHaxsiy analogiya (topshiriqda berilgan ob’ekt obraziga kirib, o‘sha kishining nuqtai nazaridan mushohada qilish).
Ramziy analogiya (muammo mohiyatini bir necha so‘zlar bilan obrazli qilib ta’riflab berish).
Xayoliy analogiya (ertak qahramonlari bu muammoni qay tariqa hal qilgan bo‘lur edilar).
Bunda o‘quv materialini aniqroq bo‘lib anglashiladi, o‘zlashtiriladi, xotirada uzoqroq saqlanib qoladi va amaliy hamda ilmiy maqsadlar aniqroq tadbiq etiladigan bo‘ladi. Boshqacha aytganda, talaba ancha o‘quvli talaba, o‘qituvchi esa, yaxshiroq o‘rgatadigan o‘qituvchi bo‘lib qoladi.
Mojaro metodi.Odatda tashqari, favqulotdagi vaziyatlarda qilinadigan hatti-harakatlarni ta’lim oluvchilarga o‘rgatish maqsadida qilinib kafedralarda mojaro metodi qo‘llaniladi. Ta’lim oluvchiga muammo yuzasidan vaziyatga doir har qanday topshiriq ko‘rinishidagi qisqacha axborot taqdim etiladi. Mana shu topshiriqni tahlil qilib chiqish va 1 –1,5 minut ichida tezgina qaror qabul qilish zarur. Bu metodika ta’lim oluvchilarning fikr qilinishini juda ham faollashtiradi va ularni favqulotdagi vaziyatlarda ishlashga o‘rgatadi. Bu o‘rinda ish harakatlar o‘zlashtirish koeffitsentining yuqori shkalasi bo‘yicha baholanadi. Ish – harakatlarini bexato bajarish 1,0 ga teng bo‘lishi kerak. Muhimi – topshiriqni to‘la bajarish emas, balki tezlik bilan, chaqqon bajarishdir. Ta’lim oluvchi topshiriqning birinchi galda uddalash kerak bo‘lgan qismini bajarishi mumkin, bu ham uning o‘qishida ahamiyatga ega.
Metod mashg‘ulotning turli bosqichlarida qo‘llaniladi, lekin undan yangi materialni ishlab chiqish va mustahkamlashga qaratilgan asosiy bosqichda hammadan ko‘p foydalaniladi.