Masalalar mashqlar to‘plami: Tanqidiy tafakkur usuli



Yüklə 83,95 Kb.
səhifə8/11
tarix16.12.2023
ölçüsü83,95 Kb.
#181667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
pedagogik texnologiyalar ped texnologiya

Dumaloq stol metodi.
Topshiriq yozib qo‘yilgan qog‘oz varag‘i davra bo‘ylab o‘tkaziladi. Har bir ta’lim oluvchi o‘zining javob variantini yozib qo‘yadi va varaqni boshqa ta’lim oluvchiga uzatadi. Hamma ta’lim oluvchilar o‘z javoblrini yozib qo‘yishadi, keyin muhokama bo‘ladi: noto‘g‘ri javoblar o‘chiriladi, to‘g‘ri javoblarning soniga qarab ta’lim oluvchining bilimlariga baho beriladi. Bu metodni faqat yozma shaklda emas, balki og‘zaki shaklda ham qo‘llanish mumkin.
Ruchka stol o‘rtasida” metodi.
Butun guruhda topshiriq beriladi. Har bir ta’lim oluvchi bitta javob variantini bir varaq qog‘ozga yozib uni qo‘shnisiga beradi, o‘z ruchkasini esa, stolning o‘rtasiga surib qo‘yadi.
Rotatsiya metodi bilan fikrlarni ko‘rib chiqish.
Bu metod mashg‘ulot mavzuini har bir kichik guruh alohida-alohida muhokama qilib chiqishi va yozganlarini butun guruh tahlil qilib ko‘rishi uchun qo‘llaniladi.
Har bir kichik guruh 30 minut davomida 3 ta topshiriqni muhokama qiladi, keyingi 15 minut davomida esa, muhokama birgalikda o‘tkaziladi.
Auditoriyaga tartib raqamlari bilan belgilangan bir nechta topshiriq osib qo‘yiladi. Har bir kichik guruh (2-3 kishi) 10 minut davomida muhokama qilib, o‘z javobining variantini yozib oladi-da, so‘ngra keyingi topshiriqqa o‘tadi va oxirigacha shunday qilib boradi.
Qor bo‘ron” metodi.
Ikki guruh ta’lim oluvchi bir muammo yoki vaziyatni eng ko‘p miqdorda to‘g‘ri javoblar olish maqsadida birgalikd muhokama qilishadi.
Har bir to‘g‘ri javob “yumaloqlangan qor” ko‘rinishida o‘sha guruhga ball tariqasida yozib qo‘yiladi. Eng ko‘p ball olgan guruhga a’lo baholar qo‘yiladi.
Asalari galasi” metodi.
Muammoni yo butun guruh yoki ikkita kichik guruh tomonidan muhokama qilib chiqishga mo‘ljallangan. Topshiriqlar har xil yoki butun guruhga bitta bo‘lishi mumkin. Guruhlar muammoning echimini 10-15 minut davomida muhokama etib, hamkasblariga ma’lum qilishadi. Eng yaxshi variant tanlab olinadi.
Sindikat” metodi.
Guruh 3 ta kichik guruhga bo‘linadi, taklif etilayotgan topshiriqni uch xil nuqtai nazardan hal qilish zarur.
SHunday qilib, muhokama vaqtida ta’lim oluvchilar bitta kasallikka turli sharoitlarda davo qilish variantlarini ko‘zdan kechirib chiqishadi va davoga doir adabiyotda berilgan tavsiyanomalarni-davo qanday bo‘lishi kerakligini muhokama qilishadi. Yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rishadi, o‘z bilimlarini oshirib, tanqidiy nuqtai nazardan fikr yuritishni o‘rganishadi.

Yüklə 83,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin