Masalalar mashqlar to‘plami: Tanqidiy tafakkur usuli



Yüklə 83,95 Kb.
səhifə11/11
tarix16.12.2023
ölçüsü83,95 Kb.
#181667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
pedagogik texnologiyalar ped texnologiya

20. Loyihalar metodi


Loyihalar metodi bilim va malakalarni, tahlil qilish va baholashni amaliy qo‘llashni nazarda tutuvchi ta’limning majmuaviy metodini amalga oshiradi. Boshqa metodlarga qaraganda, bu metodda ta’lim oluvchilar rejalashtirishda, tashkil qilishda, tekshirishda, tahlil qilishda va bajarilgan ishning natijalarini baholashda ko‘proq ishtirok etadilar.
Loyihalar metodida ta’lim berishda faqat natijalar emas, balki jarayonning o‘zi ko‘proq qimmatliroqdir. Loyiha individual bo‘lishi mumkin, lekin, odatda har bir loyiha o‘quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir.
Loyiha bir fanga oid, fanlar orasida yoki fandan tashqari bo‘lishi mumkin.
Loyiha ustida ishlash jarayonida, sizning faoliyatingiz quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • ta’lim oluvchilarga axborot qidirishga yordam berish;

  • o‘zingiz axborot manbai bo‘lishingiz;

  • butun jarayonni muvofiqlashtirishingiz;

  • ta’lim oluvchilarni quvvatlashingiz va taqdirlashingiz;

  • uzluksiz qaytar aloqani qo‘llab-quvvatlashingiz.

Loyihali ta’lim berish o‘quv jarayonini faollashtiradi, chunki u:

  • shaxsga yo‘naltirilgan;

  • juda ko‘p didaktik yondashuvlardan foydalaniladi;

  • o‘zini-o‘zidan motivlaydigan, bu ishga qiziqish va jalb qilinishni uning bajarilishiga qarab ortishi demakdir;

  • o‘zining va o‘zgalarning tajribasidan kelib chiqqan holda va aniq ishda o‘rganishga imkon beradi;

  • o‘z mehnatlari samarasini ko‘rib turgan ta’lim oluvchilarga qoniqish keltiradi.

Yüklə 83,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin