Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə74/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

4-ilova

Kaliy K+ kationining xususiy reaktsiyalari

Kaliy kationining reaktsiyalarini o’rganishda kaliyning suvda eriydigan xloridi, sulfati va nitratidan foydalaniladi.


1. Natriy geksanitrokobaltat (III) Na3[Co(NO2)6] K+ kationi bilan qosh tuzning sariq kristallik cho’kmasini xosil qiladi:
2KCl+Na3[Co(NO2)6] = K2Na[Co(NO2)6]¯+2NaCl
2K++Na++[Co(NO2)6]3- = K2Na[Co(NO2)6

Konussimon probirkaga 2-3 tomchi kaliy tuzi eritmasidan solinadi va ustiga shuncha tomchi natriy geksanitrokobaltat (III) eritmasidan qoshiladi. Yorqin sariq rangli kristallik cho’kma xosil bo’ladi.


Reaktsiyani bajarishda quyidagi sharoitlarga e'tibor berish lozim:
- Tekshiriladigan eritmaning pH qiymati 7 dan yuqori bo’lmasligi kerak, chunki ishqoriy muxitda reagent eritmasi parchalanadi. Kuchli kislotali muxitda cho’kma erib, nitrit kislota xosil bo’lib, uning parchalanishi natijasida azot oksidlari xosil bo’ladi.
- Bu reaktsiyani bajarish uchun yangi tayyorlangan Na3[Co(NO2)6] eritmasi zarur, chunki reagent eritmasi uzoq turib qolsa, parchalanib, pushti rangli
Co2+ ionlari xosil qiladi. Bunday pushti rangli reagent eritmasi K+ ionini topish uchun yaramaydi. Probirkaning aralashma turgan ichki devori yuzasini shisha tayoqcha bilan ishqalash yoki aralashmani chayqatish cho’kma xosil bo’lish jarayonini tezlashtiradi.

2. Vino kislota H2C4H4O6 yoki uning tuzi natriy gidrotartrat NaHC4H4O6 kaliy kationi K+ tuzlari bilan oq mayda kristallik kaliy gidrotartrat cho’kmasi xosil qiladi:


KCl+NaHC4H4O6 = KHC4H4O6¯+NaCl
K++HC4H4O6- = KHC4H4O6¯
Konussimon probirkaga 4-5 tomchi K+ tuzi eritmasidan tomizilib, shuncha tomchi vino kislotasi yoki natriy gidrotartrat eritmasidan qo’shiladi. Probirkani ichidagi aralashmasi bilan vodoprovod jo’mragi ostida suv bilan sovutiladi va probirkaning ichki devori shisha tayoqcha bilan ishqalansa bir oz vaqtdan keyin oq mayda kristalli cho’kma xosil bo’la boshlaydi.
K+ kationini bu reagentlar bilan topish sharoitlari:
-eritmada K+ ionining kontsentratsiyasi yetarli darajada yuqori bo’lishi kerak;
-tajriba sovuqda o’tkazilishi lozim;
-eritma kuchsiz kislotali yoki neytral (rN=4-7) bo’lishi kerak.


Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin