Mavzu: Birinchi guruh kationlarining xususiy reaksiyalari Reja 1. Na+. K+ kationiga oid tajribalar
2. NH4+ Mg2+ kationiga oid tajribalar
3.Ionlanish darajasi va ionlanish konstantasiga, eritma pH muhitiga oid masalalar yechish
O`quv mashg`ulotining maqsadi: Birinchi analitik gurihiga kationlari
husisiy reaksiyalari haqida to`liq tasavvurni shakllantirish va kengaytirish
mavzu bo`yicha umumiy tushuncha berish.
O`quv faoliyatining natijasi: Talabalar birinchi analitik gurihi
kationlari husisiy reaksiyalari haqida to`liq tasavvurga ega
bo’ladilar, mavzu bo`yicha umumiy tushunchaga ega bo’ladilar
Natriy Na+ kationining xususiy reaktsiyalari Tajribalarni natriyning suvda eriydigan tuzlari - xloridi, sulfati, nitrati eritmalaridan foydalanib bajariladi.
1. Kaliy digidroantimonat KH2SbO4 natriy Na+ kationlari bilan natriy digidroantimonatning oq kristallik cho’kmasini xosil qiladi:
NaCl+KH2SbO4 = NaH2SbO4¯+KCl
Na++H2SbO4- = NaH2SbO4¯
Natriy tuzi eritmasidan probirkaga 5-6 tomchi solib, ustiga shuncha tomchi kaliy digidroantimonat eritmasidan qoshiladi va shisha tayoqcha yordamida probirkaning aralashma turgan qismidagi ichki devori yuzasi ishqalanadi. Xosil bo’lgan natriy digidroantimonatning oq kristall cho’kmasi tushadi.
Analitik reaktsiya quyidagi sharoitlarda boradi:
- Natriy tuzi eritmasining kontsentratsiyasi yetarli darajada bo’lishi lozim, shuning uchun suyultirilgan eritmalari buglatiladi.
- Eritma muxiti neytral yoki kuchsiz ishqoriy bo’lishi lozim.
-xosil bo’ladigan cho’kmaning eruvchanligi isitilganda
ortganligi sababli, reaktsiyani sovuqda (15-200S) olib boriladi. Ba'zan probirkani ichidagi eritmasi bilan vodoprovod suvi bilan jumrak tagida sovitiladi.