Mashg`ulot yakuni : Faol ishtirok etgan o`quvchilarni baholaydi va rag`batlantiradi.
Yuga vazifani berilishi: 2. Kelgusi mashg`ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo`riqnoma beradi 3.(1- ilova .)
Baholar bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
2.1-ilova.
Ma’lumki, tirik organizmlar yaxlit sistema bo‘lib, ular organlar sistemasidan, organlar sistemasi esa, organlardan, organlar to‘qimalardan, to‘qimalar esa hujayralardan tuzilgan. Shu sababli, hujay ra tirik organizmlarning tuzi lish, ko‘payish va funksional birligi sanaladi. Ti rik organizmlarga xos bo‘l gan hayotiy jarayonlar aynan hujayralarda sodir bo‘ladi. Hu jayra va uning organoidlarida boradigan hayotiy jarayonlar uning tarkibiga kiradigan or ganik birikmalarga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur organik birik ma larning molekula darajasida o‘rganilishi hujayra, to‘qima, organ, organlar sistemasi va organizmda sodir bo‘la- digan jarayonlarda ularning biologik ahamiyatini tushunish imkonini be- radi (2-rasm). Hayotning molekula darajasi Yerda hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishining birlamchi asosi si- fatida o‘rgani lishi, shuningdek, tirik - lik ning keyingi darajalari bo‘lgan hujayra, to‘qima, organ, organizm, populatsiya va tur, bioge ose noz, bios fe ra bilan o‘zaro aloqadorlik va uzviy likni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hayotni molekula dara ja sida o‘rganishning mohiyati tirik or ganizm hujayralarida uch raydigan bio logik molekulalar, ya’ni organik birikmalar: uglevod- lar, oqsillar, nuk lein kislotalar, lipidlarning tu zilishi va ularning biologik ahamiya tini aniqlash sa naladi. Molekula darajasida muhim biologik birikmalar (uglevodlar, oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar)ning tirik organizmlarning o‘sishi, rivojlanishi, irsiy axborotni saqlashi va avloddan avlodga o‘tkazishi, modda va energiya almashinuvida tutgan o‘rni o‘rganiladi. Tirik organizmlarni o‘rganish da dastlab organik birikmalar, ular ishtirokida boradigan reaksiyalar, fi zik-kimyoviy jarayonlarga e’ti bor qaratiladi. Mazkur jarayon lar aniqlangandan so‘ng, tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning mohiyatini tushunish mumkin. Shuni qayd etish kerakki, makromolekulalarning tuzilishi va xususiyatlarini bilish, ularni laboratoriya sharoitida o‘rganish biomolekulalar haqida to‘liq tasavvurni hosil qilmaydi. Hayotning molekular darajasini o‘rganishda kimyo, fi zika, informatika, matematika fanlarining kashfi yotlari va qonunlaridan foydalaniladi. Hujayradan ajratib olingan makromolekulalar biologik mohiyatini yo‘qotib, faqat fi zikaviy va kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Tirik organizmlarning asosiy xossalaridan biri kimyoviy tarkibining birligidir. O‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarning barcha hujayralari kimyoviy tarkibiga ko‘ra bir-biriga o‘xshaydi, bu esa organik olamning birligidan dalolat beradi. Barcha tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar biogen elementlar deyiladi. Tirik organizmlardagi miqdoriga ko‘ra hujayra tarkibiga elementlar makroelement va mikroelementlarga ajratiladi. Makroelementlarni 2 guruhga birlashtiriladi. Birinchi guruhga element larning 98% ini tashkil etuvchi C, O, H, N kiradi. Bu elementlar tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi organik birikmalar, masalan, oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, uglevodlarni hosil qiladi. Ikkinchi guruhga S, P, Ca, Na, K, Cl, Mg, Fe kiradi. Bu elementlar 1,9% ni tashkil etadi. Miqdori 0,001% dan kam elementlar mikroelementlar deyiladi. Ular biologik faol moddalar – ferment, gormon va vitaminlar tarkibiga kiradi.
Hujayra tarkibiga kiruvchi birikmalar. Hujayra tarkibiga kiruvchi birikmalarni ikki guruhga: anorganik moddalar va organik moddalarga birlashtirish mumkin (1-sxema). Hujayraning anorganik birikmalari. Hujayraning hayot faoliyatida mineral tuzlar ham muhim ahamiyatga ega. Mineral tuzlar hujayrada kationlar (K+, Na+, C a+2, Mg+2), anionlar (Cl–, HCO3 – , HPO42-, H2PO4 – ) yoki kristall holda uchraydi. Kation va anionlarning hujayra ichidagi va tashqi muhitidagi miqdori farq qiladi. Natijada hujayraning ichki va tashqi muhiti o‘rtasida potensiallar farqi yuzaga keladi. Bu farq nerv impulslarining o‘tkazilishi va muskul tolalarining qisqarishi kabi muhim jarayonlarni ta’minlaydi. Ionlar hujayrada muhim funksiyalarni bajaradi. – K+, Na+, Ca2+ kationlari organizmlarning qo‘zg‘aluvchanlik xu susiyatlarini ta’minlaydi; – Mg2+, Mn2+, Zn2+, Ca2+ kationlari fermentlar faoliyati uchun zarur; – fotosintez jarayonida uglevodlarning hosil bo‘lishi xlorofi ll tarkibiga kiruvchi Mg2+ ga bog‘liq; – kuchsiz kislota anionlari hujayra ichki muhitining doimiyligini – buferlikni ta’minlaydi. Hujayra ichki muhitining kuchsiz ishqoriy holatda doimiy saqlash xususiyati buferlik deyiladi. Hujayra ichida H2PO4- va HPO42- anionlari, hujayralararo 18 19 1-sxema Organizmlar tarkibiga kiruvchi moddalar Anorganik moddalar Organik moddalar Birikmalar Ionlar Kichik molekulalar Makromolekulalar Suv Anionlar Monosaxaridlar Polisaxaridlar Tuzlar Kationlar Aminokislotalar Oqsillar Kislotalar Nukleotidlar Nuklein kislotalar Organik kislotalar Lipidlar Fermentlar Gormonlar Vitaminlar suyuqlik va qon plazmasida HCO3 - anioni buferlikni ta’minlovchi sistemalar hisoblanadi. Suvning hujayradagi funksiyalari nihoyatda ko‘p. Ko‘p hujayrali organizmlar tana massasining 80% ini suv tashkil qiladi. Hujayradagi suv ning miq dori, shu hujayradagi moddalar almashinuvining intensivligiga bog‘liq bo‘- la di. Hujayrada hayotiy jarayonlarning suvli muhitda o‘tishga mos lashganligi, dastlabki hayotning suvda paydo bo‘lganligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. Suvning biologik funksiyalari uning fi zik-kimyoviy xususiyatlari bilan belgilanadi. Suv molekulasi kislorod atomi va u bilan kovalent bog‘lar orqali bog‘langan ikkita vodorod atomidan tashkil topgan. Suv molekulasining bir tomoni musbat, ikkinchi tomoni esa manfi y zaryadlangan bo‘lib, dipol – ikki qutbli molekula deyiladi (3-rasm). Bitta suv molekulasining manfi y zaryadlangan kislorod atomi bilan ikkinchi suv molekulasining musbat zaryadlangan vodorod atomi orasida vodorod bog‘ hosil bo‘ladi. Har bir suv molekulasi 4 ta qo‘shni suv molekulalari bilan vodorod bog‘ hosil qilib birikadi (4-rasm). Suvning yuqorida keltirilgan xususiyatlari uning funksiyalarini belgi laydi. Suv ko‘pchilik tirik organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi va organizmda oziq moddalarni, metabolizm mahsulotlarini tashiydi. Suvda erigan mineral moddalar o‘simliklarning o‘tkazuvchi to‘qimalari orqali barcha organlariga yetkaziladi. Suv hujayrada muhim erituvchi hisoblanadi. Suv molekulalari qutbli bo‘lgani uchun unda qutbli moddalar yaxshi eriydi. Suvda yaxshi eriydigan moddalarni gidrofi l moddalar deyiladi (5-rasm). Ularga osh tuzi, monosaxaridlar, disaxaridlar, oddiy spirtlar, aminokislotalar misol bo‘ladi. Suv da yomon eriydigan va umuman erimaydigan modda larni gidrofob moddalar deyiladi. Ularga polisaxaridlar (kraxmal, glikogen, kletchatka), ATF, lipidlar, ba’zi oqsillar, nuklein kislotalar kiradi.