Matematika-informatika fakulteti


) Funksiyaning grafik usulda berilishi



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə6/17
tarix17.06.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#61675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Farg’ona davlat universiteti “Matematik analiz va differensial t (1)

2) Funksiyaning grafik usulda berilishi
Bu hоldа to‘plаm tеkislikdаgi, dеkаrt kооrdinаtаlаr sistеmаsidа nuqtаlаrni bеlgilаsh nаtijаsidа hоsil bo‘lgаn to‘plаm shаklidа bеrilаdi. funksiyaning grafigi deb, koordinatalari shu funksiyani to`g`ri tenglikka aylantiruvchi tekislikdagi barcha nuqtalar to`plamining geometrik o`rniga aytiladi.
Agar shu funksiyaning grafigi tasvirlangan bo`lsa, funksiya grafik usulda berilgan deyiladi.
Ko`pincha funksiyani analitik usulda berish qiyin bo`lgan hollarda u grafik ko`rinishda beriladi. Bundan tashqari, ko`pgina jarayonlarni o`rganishda formula tilida gaplasha olmaydigan asboblar yordamida shunday egri chiziqlar hosil qilinadiki, bu yerga chiziqlarga qadar bir o`zgaruvchi miqdorning ikkinchi o`zgaruvchi miqdorning o`zgarishiga bog`liq ravishda o`zgarish xarakteri haqida hukm chiqarish mumkin bo`ladi. Funksiya grafigi aniq va ko`rgazmali bo`lganligi uchun uning xossalarini tekshirishda yordamchi vosita vazifasini o`taydi. Masalan, medisinada elektrokardiograf yordamida chizilgan kardiogrammalar yurak muskulida hosil bo`ladigan elektr impulslarining o`zgarishini tasvirlovchi egri chiziqlardan iborat bo`ladi. Bunday egri chiziqlar yurakning ishlashi haqida to`g`ri xulosa chiqarishga yordam beradi.
Har qanday egri chiziq biror funksiyani tashkil qilish yoki qilmasligini aniqlash uchun koordinatalar sistemasida o`qiga parallel to`g`ri chiziqlar chiziladi. Agar to`g`ri chiziq egri chiziq bilan kamida ikkita nuqtada kesishsa- grafik funksiyani ifodalamaydi, agar bitta nuqtada kesishsa- grafik funksiyani ifodalaydi.
3) Funksiyaning jadval usulida berilishi
Bunday usulda argumentning qiymatlari va funksiyaning ularga mos qiymatlari jadval ko`rinishida beriladi. Ba`zi jarayonlarni o`rganishda funksiyaning jadval usulida berilishidan foydalanish qulayliklar tug`diradi. Masalan, metereologlar yer sharining turli nuqtalariga tushgan yog`inlar jadvalini tuzishadi. Yer sharining ana shu turli nuqtalari «argument qiymatlari», yoqin miqdori esa «funksiyaning qiymatlari» vazifasini bajaradi.
Suvga ixtiyoriy bosim berilsa, bu bosimga mos kelgan suvning qaynash temperaturasini aniqlash mumkin bo`ladi. Bunda temperatura bosimning funksiyasi bo`lib, ular orasidagi bog`lanish formula bilan emas, balki jadval asosida beriladi. Bundagi tajriba asosida olingan ma`lumot qiymatlar bir - biriga taqqoslanadi.
Jadval usulining yana bir afzallik tomoni shundaki, tayyor jadvallar asosida jarayonning grafigini tuzish, jadval va grafik asosida esa funksiyaning analitik ko`rinishini, ya`ni formulaviy ifodasini keltirib chiqarish mumkin bo`ladi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin