A
b
D
152
8-DARS:
KOORDINATA – JOYLASHUVNI ANIQLASH
Maqsad:
kundalik hayotda narsalarning joylashuvini aniqlaydi. Kino-
teatrdagi o‘rinlarning belgilanishi va ularga chipta bo‘yicha joylashishni
o‘rganadi.
1.
Mavzu bo‘yicha tushuncha beriladi. Topshiriqni birgalashib bajaramiz.
Rasmda nimani ko‘ryapsiz? To‘g‘ri, bu konsert chiptasi. Chiptada qator va joy
raqamlari ko‘rsatilgan. Chiptadagi 34 soni – qatorning tartib raqami, 54 esa
undagi o‘rindiq (joy) raqami. O‘rindiq (joy)ni topish uchun dastlab 34-qator
-
ni, so‘ng esa 54-o‘rindiqni topamiz.
2.
Berilgan topshiriqni og‘zaki bajaramiz. Onangiz konsertga o‘zi
va siz
uchun quyidagi chiptalarni sotib oldi.
Joylaringiz nechanchi qatorda? Javob: onam 15-qator 7-joyda o‘tiradi.
Men 15-qator 8-joyda o‘tiraman.
Sizlar yonma-yon o‘tirasizmi? Javob: ha, biz yonma-yon o‘tiramiz.
3.
Topshiriqni amaliy bajaramiz. Rasmdan foydalanib joylarni topamiz.
Berilgan rasmlarga qaraymiz.
2-qator 4-joy,
2-qator 12-joy,
1-qator 3-joy,
3-qator 5-joy.
4.
Berilgan topshiriqni vaqt o‘lchov birliklari asosida bajaramiz.
Teatrning davomiyligi 1 soat-u 45 minut.
Boshlangan vaqti 9: 45.
Qachon tugaydi?
Hisoblashda soatga soatni, mi-
nutga minutni qo‘shgan holda nati-
jani topamiz.
1 soat-u 45 minut + 9: 45 = 11: 30.
Demak, teatr 11: 30 da tugaydi.
5.
Aqlni charxlaymiz. Stakanlarga
qaraymiz.
Ularning har birida nima-
lar berilgan? Qay birida suv ko‘proq
ekanini topamiz.
1-stakanda qaychi.
2-stakanda sikripka.
3-stakanda o‘chirg‘ich.
4-stakanda soat.
Dostları ilə paylaş: