-bolalar o‘zlashtirgan amaliy ish usullari (masalan, qarshi qo‘yish, sanash,
o‘lchash bilan taqqoslash) ni yangi sharoitlarda qo‘llashga yo‘naltirish va mazkur vaziyatda ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar, xossalar, bog‘lanishlarni aniqlash, topishning amaliy usullarini mustaqil izlashga yo‘naltirish.
O’qitishdagi ilmiy izlanish metodlari · Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy metod yetakchi metod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o‘rnini bosuvchilar ( tasvirlar, grafik rasmlar, modellar va h. k.)bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil qilishdan iborat.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy usulning
xarakterli xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-aqliy faoliyat uchun asos bo‘ladigan har xil amaliy ishlarni bajarish;
shakllangan tasavvur va o‘zlashtirilgan harakatlardan keng foydalanish.
Mazkur usul maxsus mashqlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu mashqlar ko‘rsatish uchun belgilangan material shaklida, tashkil qilinishi yoki
tarqatma material bilan mustaqil ish ko‘rinishida topshiriq shaklida
berilishi mumkin.
Bilim va koʼnikmalarni puxta oʼzlashtirish uchun bolalar bevosita yangi material bilan tanishish jarayonida ham, undan keyingi mashgʼulotlarda ham yetarli miqdorda mashq bajarishlari kerak.