Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


-rasm. MIM-7 metallografik mikroskopining umumiy ko‘rinishi



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə115/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   157
6,20 mavzulr slayd

14.1-rasm. MIM-7 metallografik mikroskopining umumiy ko‘rinishi:
1-mikroskopning asosi; 2-korpus; 3-suratga olish kamerasi; 4-mikrometr vinti;
5-okulyar bilan vizual tubus; 6-illyuminator ushlagichi; 7-illyuminator; 8-predmet stoli; 9-stolni aylantiruvchi ushlagich; 10-klemma; 11-yoruglik qismi; 12-yorug‘lik tizimi stopori; 13-rangli filtrlar ushlagichi; 14-makrometr vinti; 15-matoviy oyna bilan ramka; 16-tahlil qiluvchi qismi; 17-markaziy qism korpusi; 18-transformator.

Mikronamuna 14.2-rasm o‘rganilayotgan tomoni bilan pastga mikroskop predmet stoli ustiga qo‘yiladi yoki o‘rnatiladi va makrovint bilan fokusga olinadi, aniq fokus esa mikroelement bilan amalga oshiriladi, (makrometrli va mikrometrli vintlar). Metallografik mikroskopning optik sistemasi okulyar, ob’ektiv va bir qator yordamchi elementlar, oynalar, linzalar, prizmalar va boshqalardan tashkil topgan bo‘ladi (14.2-rasm).


Metallografik mikroskoplarda ichki struktura tuzilishi o‘rganiladigan namunalarning asosiy razmerlari 14.3-rasmda ko‘rsatilgan, ularni silliqlovchi stanoki esa 14.4-rasmda berilgan.



14.2-rasm. MIM-7 metallografik mikroskopi optik sistemasining nurlar
yo‘nalish sxemasi:
1-lampochka; 2-kollektor; 3-oyna; 4-ranglifiltrlar; 5-diafragma aperturasi; 6-linza; 7-suratzatvori; 8- diafragma maydoni; 9- pentaprizma; 10-linza; 11-nur taratib
turuvchi, qaytaruvchi plastinka; 12-ob'ektiv; 13-predmet namunasi;
14-axromatik linza; 15-rasm okulyari; 16, 18-oynalar; 17-rasm plastinkasi;
19-okulyar; 20-tahlil qiluvchi kismi; 21-polyarizator.



a) b) c) d)
14.3-rasm. Metallografik namunalarni tayyorlash usullari:
(a) va (b) moslamasiz; (c) va (d) moslamada. 1-namuna; 2-trubka; 3-yumshoq
eruvchi sotishma; 4-strubtsina.

14.4-rasm. Namunalarni silliqlash stanogi:
1-fetro yoki sukno bilan o‘ralgan diametri 200-250 mm li krug; 2-elektr dvigateli; 3-dvigetel va krugni aylantiruvchi remen.
Metallografik mikroskopning asosiy ko‘p foydalanuvchi almashtirib turuvchi qismi okulyar va ob’yektivdir (1.2-rasmga qarang 12-19 nomer). Namunadan qaytgan va ob’yektivdan o‘tgan nur sinib haqiqiy struktura tizimini kattalashgan aksini beradi. Ob’yektivdan hosil qilingan optik tasvirini okulyar to‘g‘rilaydi va mavjud kattalashgan tasvir hosil qiladi. Ko‘ringan tasvir normal holatda odam ko‘zi uchun qulay bo‘lgan 250 mm masofada tasvirlanadi.
Jm = Jok · Job - 250/Fok · ye/Fob;
Bu yerda Jm - mikroskopning kattalashtirishi;
Jok - okulyarning kattalashtirishi;
Job - ob’yektivning kattalashtirishi;
Fok · Fob - okulyar va ob’yektivning fokuslararo masofasi, mm da;
e - tubusning optik uzunligi;
250 - kuzatish burchagining normal masofasi, mm da.
Mikroskopning minimal foydali kattalashtirishi quyidagi formuladan aniqlanadi:
M = d1/d;
Bu yerda d1 - odam ko‘zi maksimal ko‘ra oladigan qobiliyati 0,2 - 0,3 mm ga teng;
d - optik sistemani maksimal kattalashtirish qobiliyati.
Metallografiya mikroskop ostida namunadan aniq ko‘ringan eng kichik zarrachaga mikroskopning ko‘ra olish qobiliyati deb ataladi. Optik sistemaning maksimal ko‘ra olish qobiliyati difraktsiya shartidan aniqlanadi.
d = λ/(2nSin/2);
Bu yerda λ - nurning to‘lqin uzunligi; oq nur uchun λ=6000 Ă;
n - namuna bilan mikroskop orasidagi muhitning qaytarish koeffitsienti;
/2 - ob’yektivga kiradigan nur to‘plamining ochilish burchagining yarmi.
Amaliyotda mikronamunani havo muhitida (n=1) oddiy nurning (ko‘rik) ob’yektivda ko‘riladi. Havodan yuqori kattalashtirishning olish uchun ob’yektiv yuza oralig‘ida va qurilayotgan namunada oralig‘ida muhitning qaytarish (sinish) yuqori koeffitsienti yaratiladi. Immertsion ob’yektivning linza tepa yuza qismiga tomchilab (n=1,52) kedr moyi tomiziladi.
Unda d = 6000/2·1,52 = 0,0002 mm = 0,2 mk.
Metallografik mikroskopning kattalashtirish qobiliyati ob’yektiv okulyar orasida maqsadga muvofiq taqsimlanish kerak bo‘ladi. Masalan: x600 marta kattalashtirish hosil qilish uchun A=0,85 bo‘lgan ob’yektiv va kattalashtirishi x20 bo‘lgan okulyar yoki A=0,95 bo‘lgan ob’yektiv va kattalashtirishi x10 bo‘lgan okulyar qo‘llab maqsadga erishish mumkindir.
MIM-7 metallografik mikroskopining okulyar va ob’yektiv komplektiga kiruvchi kattalashtirish xarakteristikasi 1.1-jadvalda keltirilgan.
14.1-jadval
MIM-7 mikroelementning ob’yektiv va okulyar kattalashtirish


t\r

Ob’yektivlar

Okulyarlar

Vizual qarashda

Rasmga olishda

7*

10*

15*

20*

7*

10*

15*

1.

F=23,17: A=0,17

60

90

130

170

70

120

160

2.

F=13,89: A=0,30

100

140

200

300

115

200

270

3.

F=8,16: A=0,37

170

240

360

500

200

340

450

4.

F=6,16: A=0,65

-

320

500

650

-

440

600

5.

F=2,27: A=1,25

500

720

1080

1440

575

1000

1350

Eslatma: *yulduzcha kattalashtirish qisqarishini bildiradi: F - fokus masofasi; A - apertura.

MIM-8 gorizontal mikroskopi ham metall va qotishmalar, qattiq qotishmalarning va boshqa shunga o‘xshash materiallarning ichki struktura tuzilishini vizual qarashda 1350 gacha kattalashtirib va strukturani rasmga olish vaqtida esa 2000 martagacha kattalashtirish mumkin.


MIM-8 gorizontal metallografik mikroskopning tashqi ko‘rinishi 1.5-rasmda ko‘rsatilgan.


Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin