Materiallarning qattiqligini Rokvell usulida sinash. Bu usuldan, odatda, qattiqligi NV450 dan ortiq bo’lgan, masalan, toblangan, sementitlangan, azotlangan po’lat detallarni yoki ulardan tayyorlangan namunalar qattiqligini aniqlashda foydalaniladi. Bunda namunani asbob stoliga silliqlangan sirti yuzasini yuqoriga qaratib qo’yilgach, unga uch radiusi 0,2 mm va burchagi 1200 li olmos konus (u qadar qattiq bo’lmagan materiallar qattiqligini aniqlash zarur bo’lgan holda diametri 1,5875mm li toblangan po’lat sharcha) ma’lum yuklama ostida botiriladi. Sinashda olmos konusni yoki sharchani namunaga asosiy yuklama (R1) ostida botirishda uchlikning botish chuqurligi (h) ga ko’ra qattiqligi aniqlanadi (13.3-rasm). SHuni aytish lozimki, sinaladigan materialning taxminiy qattiqligiga ko’ra uchlik turi va unga qo’yiladigan yuklama tanlanadi.
Material qattiqligi indikatorning qaysi shkalasi bo’yicha aniqlanganligiga ko’ra uni tubandagicha ifodalanadi.
Agar “V” shkala yuo’yicha aniqlansa, HRB=130-e.
Bu erda e-namunadan asosiy yuklama (R1) olinganda uchlikni dastlabki (R0) yuklama ostida 0,002 mm ga botgan chuqurligi bo’lib, uni tubandagicha aniqlanadi:
mm
Bu erda h- uchlikning namunaga asosiy yuklama (R1) botgan chuqurligi, mm; h0- uchlikning namunaga dastlabki yuklama (R0) qo’yilganda botgan chuqurligi , mm.
Agar e qiymatini yuqoridagi formulalarga qo’ysak, unda qattiqlik tubandagicha bo’ladi:
HRA yoki HRC = 100 - ; HRB=130- .