Matkarimova gulchexra abdusamatovna


Xalqaro jinoyat huquqi tushunchasi va rivojlanishi



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə2/12
tarix02.06.2023
ölçüsü256,5 Kb.
#122095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Matkarimova gulchexra abdusamatovna

Xalqaro jinoyat huquqi tushunchasi va rivojlanishi

Xalqaro huquq davlatlararo munosabatlarda vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf qilishning eng samarali mexanizmlarini o‘zida ifoda etib, xalqaro hamkorlikning barqaror, bir maromda kechishini ta'minlaydigan yuridik normalar majmuidir. Ayni xalqaro huquq vositasida davlatlar o‘zaro hamkorlik shakllarini yuridik jihatdan mustahkamlab, o‘zaro huquq va majburiyatlar hamda javobgarlik tabiatini belgilaydilar. Bugungi unda xalqaro huquq insoniyatni umumbashariy muammolardan xalos qilishda muqobili yo‘q vosita sifatida baholanmoqda. Davlat rahbarlari o‘rtasida xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida davlatlar serjabhali reja asosida ikkitomonlama, mintaqaviy va qo‘p tomonlama hamkorlikni amalga oshirilishi anglanib, ana shunday hamkorlik qonun ustuvorligi va inson huquqlariga hurmat munosabatiga tayagan holda amalga oshirilish lozimligini e'tirof etmoqdalar1.


Bugungi kunda davlatlarning jiddiy tashvishga solayotgan, holbuki insoniyat tiniligi va xavfsizligiga jiddiy raxna solayotgan muammolardan biri xalqaro jinoyatchilikning avjiga chiqishidir. Xalqaro uyushgan jinoyatchilikning ayrim ko‘rinishlari shu qadar chigallashganki, ular zamonaviy xavfsizlik kontseptsiyasini butkul o‘zgartirib yuborib, kishilik jamiyatining kelajagi ayni ushbu jinoyatlarga qarshi kurash qay darajada samarali olib borilishi bilan bevosita bo-liq. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanish, terrorizm, diniy ekstremizm harakatlari misli ko‘rilmagan tarzda ommaviylashib, butun xalqaro hamjamiyatni birlashtirishga majbur qilmoqda. Zero, xalqaro uyushgan jinoyatchilik xavfliligining avjiga chiqishini nafaqat terrorizm va narkotizm g‘oyat faollashuvi balki xalqaro jinoyatlar jumladan genotsid, inson huquqlarining vahshiy buzilishlari, harbiy jinoyatlar, agressiya harakatlari namoyon bo‘layotganligi bilan belgilanadi. N.I.Kostenko tomonidan e'tirof etilganidek, jahonda xalqaro jinoyatchilik ahvolining tahlili shundan dalolat beradiki, mazkur illat misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib borib, jahonda qonuniy va huquqtartibotga bolta urmoqda2.
Ma'lumki, jinoyatchilik hodisasining bir davlat doirasidan chiqib ketish muammosi qadimiy ildizlarga ega. Xalqaro huquq rivojlanishning eng dastlabki davrlarida davlatlar podsholari jinoyatchilarni ushlab berish to‘g‘risidagi ikkitomonlama shartnomalar tuzganlar. Tarixiy manbalardan ma'lum bo‘lishicha, eramizdan avvalgi XIII asrning boshlarida Misr fir'avni Ramzes hamda xettlar podshosi Xattushil III o‘rtasida ikki xalq munosabatlaridagi o‘zaro hurmat va ehtirom hukm surinishini nazarda tutib, xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashdagi bir qator moddalarni jumladan qochqin qullarni ushlab berishni ham mustahkamladi1. Xalqaro jinoyatchilik rivojlanib borib, mukammallashgan sari xalqaro huquq o‘z tarixiy rivojlanishida bir necha taraqqiy jarayonlarni kechirdi. Bu jarayonlar sirasiga xalqaro huquqning aksilharbiy tus olishi, shartnomaviy normalar hajmining o‘sib borishi, yangi institutlarning vujudga kelishi, xalqaro huquqning ta'sir ko‘rsatish doirasi keskin oshishi va uning demokratlashuvidan iborat2. Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash borasida davlatlararo hamkorlikni tartibga oluvchi normalar yig‘indisi bir institutga mujassamlashtirilib, xalqaro huquq doktrinasida xalqaro jinoyat huquqi nomini oldi. Zamonaviy xalqaro jinoyat huquqi - jinoyatlarning oldini olish, jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordamni ko‘rsatishni va jazo muqarrarligini ta'minlashga doir davlatlararo munosabatlarni yuridik jihatdan tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy normalar majmuidir.
Ta'kidlash lozimki, zamonaviy xalqaro jinoyat huquqning rivojlanishi BMT tuzilishi hamda 1945-yilda gitlerchilarning jinoyatlari yuzasidan Tribunal ta'sis etilish paytidan boshlandi. Biroq mazkur voqealarga qadar bir qator muhim hujjatlar qabul qilinganligini e'tirof etish joiz. Ma'lumki, Millatlar Ligasi doirasida xalqaro nizolarni tinch yo‘llar bilan xal qilish to‘g‘risidagi 1927-yilgi Jeneva Bayonnomasi, Agressiv urushlarni taqiqlash to‘g‘risidgi 1927-yilgi Deklaratsiya qabul qilingan. Mazkur xalqaro hujjatlar asosida "Milliy siyosat vositasi sifatida urushdan voz kechish to‘g‘risida"gi Parij Pakti 1928-yili qabul qilindi. Biroq, tegishli xalqaro-huquqiy sanktsiyalovchi mexanizmi bilan ta'minlangan yuridik normalarning majmui hamda xalqaro adliya organlarining vujudga kelishi ikkinchi jahon urushidan keyingi vaqtga to‘g‘ri keladi. Nyurnberg va Tokio tribunallari nizomlari insoniyat tarixidagi ilk xalqaro jinoyat va jinoyat protsessual kodekslari sifatida e'tirof etilib, xalqaro jinoyat huquqning hatto asosiy manbalar sirasiga kiritilgan3. M.D.Shargorodskiy tomonidan yozishicha esa, "Tribunal nizomlarining ayrim normalari oddiy xalqaro shartnoma ahamiyati doirasidan chiqib ketib, barcha mamlakatlar uchun huquq vazifasini o‘taydi"4.
BMT tashkil etilish paytidan e'tiboran xalqaro jinoyat huquqi rivojida yangi davr boshlanib, ushbu vaqtdan bugungi kunga qadar xalqaro jinoyat huquqi birmuncha takomillashganligini ko‘rish mumkin. Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi davlatlar hamkorligining zamonaviy mexanizmiga e'tibor beradigan bo‘lsak, e'tirof etish lozimki, Rivojlanayotgan davlatlar jinoyatchilik bilan kurashdagi hamkorlikning huquqiy shakllarini rivojlantirish va takomillashtirishda faol ishtirok etmoqda. Bu hamkorlik jarayonida davlatlar quyidagi vazifalarni hal qiladi: a) bir qancha yoki barcha davlatlarga xavf tug‘diruvchi jinoyatlarni xalqaro xarak-terdagi jinoyatlar sifatida turkumlashni maslahatlashib olish; b) xalqaro xarakterdagi jinoyatlarning oldini olish va to‘xtatib qo‘nish bo‘yicha tadbirlarni markazlashtirish; v) jinoyatlar va jinoyatchilar ustidan huquqiy sudlovni o‘rnatish; g) jazoning muqarrarligini ta'minlash; d)jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish zarur bo‘lgan taqdirda jinoyatchilarni topshirish.
Yuqorida tilga olingan vazifalar xalqaro huquq vositalari bilan ham, milliy huquqiy vositalar bilan ham amalga oshiriladi. Bunda davlatlarning suveren huquqlari daxlsiz bo‘lib qolaveradi. Chunki jinoyatchilikka qarshi kurashning asosiy muammolari har bir davlatning ichki huquqiy doirasiga taalluqlidir. Rivojlangan davlatlarning huquqiy doktrinasi shundan kelib chiqadiki, nemis va yapon harbiy jinoyatchilarni jazolash uchun samarali foydalanilgan xalqaro jinoiy yuridik sudlov (Nyurnberg va Tokio -sudlovlari) va insoniyatga qarshi jinoyatchilik bilan kurashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib masalan, aparteid jinoyatchiligining oldini olish va shunday jinoyat uchun jazolash to‘g‘risidagi Konvensiyaga binoan ularni tegishli ichki davlat sudloviga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi. Davlatlar xalqaro xarakterdagi jinoyatlarga qarshi kurashdagi harakatlarni markazlashtirish masalalarni va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish masalalarida xalqaro shartnomalar tuzdi.
Har bir muayyan jinoyatga tarkibi bir-biriga "o‘xshash" jinoyatlar guruhiga bag‘ishlangan maxsus xalqaro Konvensiya qabul qilish qoidaga aylandi. Pul belgilarini qalbaki tayyorlashga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya, giyohvand vositalar to‘g‘risidagi yagona Konvensiya, havo kemalarini qonunga zid ravishda egallashga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Konvensiya, Fuqaro havo kemasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan qonunsiz aktlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiya, Xalqaro himoya, shu jumladan, diplomatik himoyadan foydalanuvchi shaxslarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va shunday jinoyatlar uchun jazolash to‘g‘risidagi Konvensiya va ayrim boshqa amaldagi Konzentsiyalar shular jumlasidandir. Yollanganlarni "to‘plash, ulardan foydalanish, mablag‘ bilan ta'minlash va terrorlikka o‘qitishni taqiqlash to‘g‘risidagi Konvensiya tayyorlov bosqichidadir. Xalqaro xarakterdagi jinoyatlarning ayrim ko‘rinishlari to‘g‘risidagi normalar mazmunan kengroq doiradagi muammolarni qamrab oluvchi xalqaro shartnomalarga kiritilgan. Masalan, qaroqchilikka qarshi kurash masalalari Ochiq dengiz to‘g‘risidagi Konvensiyaning bir qator moddalarida ko‘zda tutilgan.
Jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar xalqaro xarakterdagi jinoyatlar bilan kurashish to‘g‘risida ko‘p tomonlama xalqaro Konvensiyalar normalari yoxud huquqiy hamkorlik to‘g‘risidagi maxsus shartnomalar orqali boshqariladi. Rivojlangan mamlakatlar va ba'zi boshqa davlatlar o‘rtasidagi fuqarolik, oila va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalar tuzilganligi alohida ahamiyatga ega. Bunday shartnomalarning dastlabki guruhi 50-yillarning oxirlariga taalluqlidir.
Huquqiy yordamning mazmunini tashkil etuvchi harakatlar g‘oyat xilma-xildir. Ularda tintuv o‘tkazish, ashyoviy dalillar olish va topshirish, hujjatlarni topshirish, ekspertizalar o‘tkazish, ayblanuvchilar, guvohlar, ekspertlarning so‘roq qilinishi, sudlov tekshiruvi ko‘zda tutiladi,. Jinoyatchilarni topshirish masalalari ayniqsa mukammal belgilab qo‘yilgan davlatlar. tegishli sudlov harakatlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi topshiriqlarni bajarish yo‘li bilan bir-birlariga huquqiy yordam ko‘rsatadilar.
Jinoyatchilarni tutib berish ularni jinoiy tekshiruvni amalga oshirish, jinoiy javobgarlikka tortish yoki ularga nisbatan hukmni ijro etish uchun bir davlat (so‘ralayotgan tomonning) ikkinchi davlat (so‘rayotgan tomon)ga huquqiy yordam aktini ifodalaydi.
Shartnomalarda jinoyatchilarni tutib berish to‘g‘ri-sidagi qoidalar ta'riflanadi. Ularga shartlashuvchi: ikkala tomon qonunchiligiga binoan jinoyat hisoblan-gan va shunday jinoyat uchun bir yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki yanada og‘irroq jazo (ayrim shartnomalarda: bir yildan kam bo‘lmagan muddatga) ko‘zda tutiladi.
Jinoyatchilarni tutib berish mumkin bo‘lmagan holatlar: a) tutib berish talab qilinayotgan shaxs so‘ralayotgan tomon fuqarosi hisoblansa; b) jinoyat so‘rala-yotgan davlat hududida sodir qilingan bo‘lsa; v) jinoiy ish so‘rayotgan davlat qonunchiligiga binoan qo‘zg‘atilishi mumkin bo‘lmasa, yoki muddatini o‘tganligi yoxud boshqa asoslar bo‘yicha hukmning ijro etilishi mumkin bo‘lmasa; g) jinoyat qilgan shaxsga nisbatan so‘ralayotgan davlat organi oldiroq hukm chiqargan yoki ish yuzasidan tekshiruvini to‘xtatgan bo‘lsa; d) jinoyat har ikkala davlat qonunchiligi bo‘yicha xususiy ayblov tartibida ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, ham belgilanadi.
Huquqiy yordam to‘g‘risidagi barcha shartnomalar uchun umumiy bo‘lgan o‘z fuqarolarni topshirmaslik qoidasi ko‘pchilik davlatlarning fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunda aniq qayd etilgan.
Xalqaro xarakterdagi jinoyatlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama Konvensiyalarda jinoyatchilarni tutib berish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilingan davlatga yuridik majburiyat sifatida qaralmaydi. Biroq Konvensiyalarning ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar xalqaro xarakterdagi jinoyatlarni o‘zlari o‘rtasida tuzilayotgan jinoyatchilarni tutib berishni keltirib chiqaruvchi jinoyatlar sifatida jinoyatchilarni tutib berish to‘g‘risida o‘zlariga majburiyat olganliklarini ifodalaganlar. Hatto, davlatlar o‘rtasida jinoyatchilarni tutib berish to‘g‘risidagi maxsus shartnoma bo‘lmagan taqdirda ham bu ko‘p tomonlama Konvensiyalarning har biri davlatlar tomonidan shunday jinoyat qilgan shaxslarni tutib berish uchun yuridik asos sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Xalqaro xarakterdagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalarda bundan ham keskinroq yo‘l-yo‘riqlar belgilanishi mumkin.
Shunday qilib, xalqaro jinoyat huquqi davlatlararo munosabatlarda vujudga kelayotgan eng xatarli tahdidlardan biri - xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash masalalarini xalqaro-huquqiy jihatdan tartibga solib, o‘zining tarixiy rivojida bir necha bosqichlarini bosib o‘tdi. Zamonaviy xalqaro jinoyat huquqi BMT ta'sis etilishidan e'tiboran rivojlanib borib, xalqaro jinoyatchilikka barham berish borasidagi bir qator yo‘nalishlarni jumladan xalqaro huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar uchun jazo muqarrarligi ta'minlash, xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash borasida yagona xalqaro-huquqiy standartlarni belgilash, huquqiy yordamni o‘rnatish va rivojlantirish kabi masalalarni tartibga soladi.



Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin