Xalqaro jinoyat huquqi tamoyillari
Xalqaro munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir turi bo‘lib, xar xil vositalar bilan tartibga solinadi. Davlatlararo aloqalar axloq, texnik, diniy kabi ijtimoiy normalarning ta'sirini o‘zida kechirib, ushbu me'yorlarning eng ta'sirchani huquq normalaridir, chunki ularning ijrosi xalqaro huquqda nazarda tutilgan majburlov mexanizmi bilan ta'minlanadi.
Xalqaro huquq har qanday huquq sohasi singari muayyan tizim, institut, tartibga solish uslublar va tamoyillarga egadir. Tamoyillar xalqaro huquqda o‘zining odatiy huquqiy mezon, huquq sohasi doirasidagi normalar uchun rahbariy qoida tarzidagi funktsiyani bajaradi. Xalqaro huquq tamoyillarni, o‘zbekistonlik olim A.X. Saidov ham "ijtimoiy amaliyot natijasida vujudga keladigan xalqaro huquqning yuridik mustahkamlangan asoslari bo‘lib, huquq sub'ektlarining rahbariy qoidasi" tarzida ta'riflab, ularning xalqaro huquqiy tartibotni ta'minlashda xalqaro hamjamiyat uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi1. Darhaqiqat, xalqaro huquqning tamoyillariga amal qilmaslik, nafaqat muayyan huquqiy me'yorni buzish bilan baravardir, balki xalqaro huquqiy tartibot negizini tashkil qiladigan huquqiy tayanchni mensimaslik va shu orqali davlatlararo yalpi huquq tartibotga bolta urishni anglatadi.
Davlatlar hamkorligi tamoyilini hurmat qilish xalqaro huquqdagi eng oliy qadriyatlaridan biridir. Davlatlarning hamkorligini samarali ta'minlash universal va mintaqaviy jamoa xavfsizlik tizimining o‘zagini tashkil qiladi. Shu sababli, davlatlarning hamkorligi qoidasi ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro huquqiy me'yor tamoyil darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, xalqaro huquqning har bir institutida rahbariy qoida sifatidagi mohiyatni kasb etadi.
Olimlar tomonidan xalqaro huquq tamoyillarining, shu jumladan davlatlarning hamkorligi printsipining oliy yuridik kuchga ega ekanligidan tashqari, barcha uchun majburiyligi, orqaga qaytish kuchiga ega ekanligini, xalqaro huquq printsiplarini buzgan harakatlar xalqaro jinoyat sifatida baholanishi ilgari surilmoqda2. Xalqaro huquq tamoyillarining ushbu xususiyatlarini inkor etmasdan, bizningcha, ular amaldagi voqelikning eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi, xalqaro huquq tamoyillari universal xalqaro shartnomalarda o‘z aksini topishi va ularning ro‘yobga chiqishi uchun davlatlarning suverenitetini cheklashga yo‘l qo‘yish mumkinligini qo‘shimcha ravishda e'tirof etish lozim. Ma'lumki, davlatlarning hamkorligi tamoyilining talablariga ko‘ra, muayyan davlatda xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid vujudga kelgan hollarda xalqaro huquqda belgilangan tartibda davlatlar o‘rtasida teran hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi lozim.
Davlatlarning hamkorligi tamoyili xalqaro huquqning boshqa tamoyillari bilan birga mushtarak o‘zaro chambarchas bog‘liqlikda bo‘lgan tizimni tashkil qiladi. O‘zbekistonlik olimlar X.T. Odilqoriev va B.E. Ochilov xalqaro huquq tamoyillarining ushbu xususiyati to‘g‘risida "har bir tamoyil boshqa tamoyildan mazmunan kelib chiqadi deb ta'kilaydilar1. Darhaqiqat, agarda davlatlarning hamkorligi tamoyilining mazmuniga e'tibor beradigan bo‘lsak, ko‘rish mumkinki, "Davlatlarning ichkim ishlariga aralashish va interventsiyaga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida"gi Dekralaratsiyada boshqa davlatning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralarini buzish maqsadida davlatlar tomonidan xalqaro munosabatlarda kuchdan foydalanish yoki kuch bilan tahdid qilishdan o‘zlarini tiyish majburiyati, yoxud mustamlaka hukmronlik girdobi ostida bo‘lgan xalqlarni o‘z taqdirini o‘zlari belgilash, erkinlik va mustaqillikka bo‘lgan huquqlarni mahrum qilishga qaratilgan harakatlar nazarda tutildi. Ko‘rinib turibdiki, ushbu harakatlar nafaqat davlatlarning hamkorligi, balki haqlarning o‘z taqdirini o‘zlari belgilash, kuchdan foydalanish yoki kuchdan foydalanish bilan tahdid qilish ishlatish kabi tamoyillari bilan qamrab olingan. Shu ma'noda, davlatlar hamkorligi tamoyilining buzilishi muqarrar ravishda xalqaro huquqning boshqa printsiplarini buzishga olib kelishida xalqaro huquq printsiplari tizimining yaxlitligi namoyon bo‘ladi.
Ta'kidlash lozimki, xalqaro huquq printsiplarining uzviy bog‘liqligini kuchaytirish ularning ijrosini takomillashtirish borasida ahamiyati beqiyos omildir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida davlatlarning hamkorligi tamoyili shunchaki tilga olinib, ularning batafsillashtirilgan izohi berilmagan. So‘ngra, davlatlarning hamkorligi tamoyili "Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga binoan davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stona munosabatlariga oid xalqaro huquq printsiplari to‘g‘risida"gi BMT Bosh Assambleyasining 1970-yil 24-oktyabr kunidagi Deklaratsiyasida davlatlarlarning ichki ishlariga aralashni ifodalaydigan xatti harakatlar keltirilib, "yuqorida zikr et tamoyillar o‘zaro bog‘lik va barcha boshqa tamoyillardan kelib chiqadi" deb mustahkamlandi2.
Davlatlarning hamkorligi tamoyili 1981-yilgi Dekralaratsiyasida yoyilgan holda, xalqaro munosabatlar asoslarining deyarli barcha sohalarini qamrab olgan holda berilishi, mazkur tamoyilning xalqaro huquq printsiplarining tasnifida o‘rnini belgilashda ancha murakkabliklarni vujudga keltiradi. Jumladan, xalqaro huquq fanida xalqaro huquq tamoyillarning muhofaza ostidagi munosabatlarning ahamiyatligiga qarab, xalqaro huquq tamoyillari umuminsoniy qadriyatlarni, ya'ni tsivilizatsiyamizning hayotiy muhim ahamiyatga molik munosabatlarni muhofaza qiladigan tamoyillar (insonning asosiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilish printsipi, tabiatni muhofaza qilish borasida davlatlarning hamkorligi printsipi) hamda davlatlarning bevosita manfaatlarini muhofaza qiladigan tamoyillarga ( davlatlarning ichki ishlarga aralashmaslik, kuch ishlatmaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik, umumiy va to‘liq qurollanish tamoyillari) tasniflangan. Shuningdek, ayrim asarlardan xalqaro huquq tamoyillarni funktsional tamoyillarga, ya'ni xalqaro huquqning butun tizimiga singib ketgan tamoyillar ( o‘z majburiyatlarni vijdonan bajarish, xalqaro nizolarni tinch yo‘llar bilan hal qilish,davlatlar hamkorligi, davlatlar tengligi tamoyillari) va boshqa tamoyillarga (insoning asosiy huquq va erkinliklarni hurmat qilish printsipi, yalpi va to‘liq qurollanish davlatlar chegaralarning yaxlitiligi va daxlsizligi, davlatlarning hamkorligi tamoyillari) tasniflangan. Professor N.T. Blatova xalqaro huquq tamoyillarini ob'ekt jihatidan tasniflab, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlaydigan tamoyillarga ( insoning asosiy huquq va erkinliklarni muhofaza qilish, millat va elatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, atrof muhitni xalqaro himoya qilish tamoyillariga), davlatlarning tinch hamkorligini ta'minlaydigan tamoyillarga ( kuch bilan foydalanish yoki kuchdan foydalanish bilan tahdid qilmaslik, davlatlarning hududiy yaxlitligi, davlat chegaralarning daxlsizligi, samarali xalqaro nazorat ostida qurolsizlanish tamoyillari) hamda inson, millat va elatlarning huquqlarini muhofaza qiluvchi tamoyillarga (davlatlarning suveren tengligi davlatlarning ichki ishlarga aralashmaslik, xalqaro nizolarni tinch yo‘llari bilan hal qilish, xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish tamoyillari) tasniflagan1.
Bizningcha, xalqaro huquq tamoyillarning yuqorida keltirilgan barcha tasniflar shartlidir. Ushbu tamoyillarni amal qilish doirasi, ob'ekt jihatidan har qanday tasniflar xalqaro huquq tamoyillarning universallik tabiatiga zid keladi, chukni xalqaro huquq tamoyillari xalqaro huquqning har bir institutida o‘zining rahbariy qoidaÿÿarzda maqomini yo‘qoÿÿaydiÿÿa shu sabablÿÿÿÿlqaro huquq bilan qamrab olinadigan barcha davlatlararo munosabatlarga tegishlidir. Zikr etilgan yuqoridagi tasniflar shunchaki, nisbiy mezonlarga asoslangan.
Yuqorida zikr etilgan barcha xususiyatlarni hisobga olgan xolda davlatlarning hamkorligi tamoyiliga izoh berar ekanmiz, xalqaro huquqning tamoyillarga berilgan umumiy ta'rifga asoslanish joiz. Fanda xalqaro huquq tamoyillariga ta'rif berishda ularning huquqiy xususiyatlarga tayanadi. Professor A.X. Saidov fikricha, xalqaro huquq tamoyillari ijtimoiy amaliyot natijasida vujudga keladigan xalqaro huquqning yuridik mustahkamlangan asoslari bo‘lib, huquq sub'ektlari xatti harakatining rahbariy qoidalar hisoblanadi. Olimning fikricha, xalqaro huquqning tamoyillari xalqaro huquqiy tartibotni saqlashda xalqaro hamjamiyat uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va umumiy ahamiyat kasb etadi1. Darhaqiqat, xalqaro huquq tamoyillari universal qoidalar, o‘zining huquqiy ta'sir doirasiga barcha xalqaro munosabatlarni qamrab oladi. Ammo bugungi kunda yuridik mustahkamlanmagan, odat tarzida amal qiladigan xalqaro huquq tamoyillari bor. Atrof muhitni muhofaza qilish, qurollanish poygasini to‘xtatish ana shunday tamoyillarning jumlasidandir.
Ayrim mualliflarning fikriga ko‘ra, xalqaro huquq tamoyillari zamonamizdagi xalqaro munosabatlarning mazmun mohiyatiga javob beradigan, insoniyat, davlatlar va xalqaro huquqning boshqa sub'ektlarining manfaatlariga monand kelgan va shu sababli majburlovning eng qat'iy choralari bilan muhofaza qilinadigan asosiy, imperativ va universal qoidalardir. Mualliflar xalqaro huquq tamoyillariga izoh berishni davom ettirar ekan, ularning davlatlararo munosabatlarning eng muhim qirralarini tartibga solishini, xalqaro huquqning barcha sub'ektlari uchun majburiy ekanligini, universal shartnomalar va odatlarda o‘z ifodasini topishini, ularning ta'minlanishida davlatlarning suvereniteti cheklanishi mumkinligini va jismoniy shaxslar xalqaro huquqda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilish mumkinligini ta'kidlaydi2. Bizningcha, yuqorida zikr etilganlar bilan birga, xalqaro huquq tamoyillari uzviy bog‘liq bo‘lgan tizimni tashkil etishi qo‘shilishi lozim.
Xalqaro huquq tamoyillarning huquqiy ta'sir doirasida chirmashib ketganligi davlatlarning hamkorligi tamoyilini izohlashda muammolarni vujudga keltirishi muqarrar. Fan va amaliyot shu yo‘l bilan bordiki, xalqaro huquq tamoyillari davlatlarning huquq va majburiyatlarini keltirish bilan kifoyalanib qolgan. Ushbu huquq va majburiyatlar mazmuni davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilining xalqaro tinchlik va xavfsizlik kabi umumiy ob'ekt bilan birga, davlat suvereniteti, tashqi va ichki siyosatini amalga oshirishda uning mustaqilligini ta'minlash bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro munosabatlar tushunilishi lozimdir.
Holbuki, xalqaro huquq tamoyillari hayotiy ahamiyat kasb etar ekan, jahon hamjamiyatining tinchlik va xavfsizligini ta'minlash, globallashuv jarayonlarining salbiy hodisalardan holi bo‘lishiga erishishda har bir tamoyilning shu jumladan davlatlarning hamkorligi tamoyilining ijrosi ilmiy amaliy e'tiborga g‘oyatda molik. Davlatlarning hamkorligi tamoyiliga bepisandalik, mamlakat suverenitetini inkor qilish butun xalqaro hamjamiyatga qarshi jinoyat sifatida baholanib, misli ko‘rilmagan fojeaviy oqibatlarni keltirib chiqarish mumkinligini tarixning o‘zi tasdiqlamoqda.
SSSR imperiyasining parchalanib ketishi xalqaro munosabatlardagi muvozanatga jiddiy tuzatishlarni kiritdi. Xalqaro huquq normalari, shu jumladan uning tamoyillarning ijrosida muhim ahamiyat kasb etadigan SSSR va Amerika Qo‘shma shtatlari salohiyatining mutanosibligi barham topdi. Shubhasiz, ana shu omilning yo‘qolishi davlatlarning hamkorligi tamoyilining rioya etish ahvoliga bevosita ta'sir ko‘rsatdi. Amerika Qo‘shma Shtatlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi roziligisiz Iroqga so‘kilib kirishi, NATO kuchlarining Yugoslaviya hududiga bostirib kirishi, AQSHning bugungi kunda yakkahukmronlikka yo‘naltirilgan oydin siyosati, bizningcha, davlatlarning hamkorligi tamoyilining amal qilish mexanizmini isloh qilishni taqozo etib turibdi.
Tilga olingan xalqaro huquq tamoyilini ilmiy tadqiq qilish dolzarbligi xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid qiladigan illatlarning xavfliligi jadal sur'atlarda oshib borayotganligi bilan belgilanadi. Ana shunday illatlardan biri xalqaro terrorizmdir. 2001 yil 11 sentyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida amalga oshirilgan terroristik xurujlar xalqaro terrorizm muayyan bir alohida jinoyat emas, balki ayrim hollarda davlatlar tomonidan qo‘llab quvvatlanadigan puxta o‘ylangan jinoiy strategiyaga aylanganligidan dalolat berib turibdi.. Ayrim mamlakatlarning xalqaro terroristik uyushmalariga madad bo‘lishi, moddiy-texnik yordam ko‘rsatishi davlatlarning hamkorligi tamoyili oldida yangi muammolarni ko‘ndalang qilmoqda.
Zero, zamonaviy xalqaro munosabatlarning amaliyoti nafaqat terrorizmning umumbashariy ahamiyat kasb etishi bilan, inson huquqlarining buzilishi ommaviylashib ketganligi, mintaqaviy nizolarning tobora ko‘payib, o‘zining salbiy ta'sir doirasini jahon miqyosida yoyish tendentsiyalari bilan belgilanadi. Mamlakatimiz rahbari I.A. Karimov ta'kidlaganlaridek, "mintaqa mojarolari tobora tez tez terrorizm va zo‘ravonlik, narkobiznes va g‘ayriqonuniy qurol savdosi, inson huquqlarini ommaviy ravishda buzish kabi xatarli xavflar va harakatlarning doimiy manbaiga aylanmoqda. Bu hollar davlat chegarasini nimaligini bilmaydi"1 deb alohida ta'kidlagani, davlatlarning hamkorligi tamoyilining huquqiy mohiyatini ilmiy tadqiq qilishning dolzarbligini belgilaydi.
Nainki, davlatlarning hamkorligi tamoyili O‘zbekiston Respublikasi uchun g‘oyatda dolzarb hisoblanadi. Mamlakatimiz o‘z davlat mustaqilligin ko‘lga kiritishi xalqaro munosabatlarda tenglik asosida ishtirok etish, xalqaro hamkorlik afzalliklaridan to‘laqonli bahramand bo‘lish, tom ma'noda xalqning manfaatini ko‘zlaydigan tashqi siyosatni amalga oshirish imkoniyatini berdi. Zamonaviy globallashuv jarayonlarda ishtirokisiz davlat siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy parokandalikka yuz tutishi muqarrar. Darhaqiqat, XXI asr, shubhasiz, xalqaro munosabatlarda butun dunyo qamrab olinadigan asr bo‘ladi. Bunday sharoitda integratsiya jarayonini xalqaro munosabatlarda institut va tashkilotlarda suveren davlatlarning ishtirok etishini kengaytirish jarayonini tarix taqozosi emas, balki ayrim mintaqalar ko‘lamida, ham umuman butun sayyoramiz ko‘lamida ham sobit qadamlik, barqarorlikni qudratli omili deb hisoblamoq zarur2.
Dostları ilə paylaş: |