Matkarimova gulchexra abdusamatovna


Xalqaro jinoyat huquqi transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro huquqiy standartlarning tizimi sifatida



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə4/12
tarix02.06.2023
ölçüsü256,5 Kb.
#122095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Matkarimova gulchexra abdusamatovna

Xalqaro jinoyat huquqi transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro huquqiy standartlarning tizimi sifatida

Xalqaro huquq normalari davlatlar manfaatlarining uyg‘unlashuvi natijasida vujudga kelib, xalqaro munosabatlardagi muammolarga qarshi kurashning xalqaro huquqiy standartlari tariqasida qabul qilinadi. Xalqaro huquqning muvofiqlashtirish funksiyasi davlatlar qonunchiligini birhillashtirish, xalqaro munosabatlarda davlatlarning siyosatini yagonalashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Bugungi kunda bir davlat doirasidan chiqib ketgan muammolarga ayni xalqaro huquq vositasida davlatlararo yalpi yondashuv shakllantirilib, mazkur muammoga barham berilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.


Xalqaro huquqning muvofiqlashtirish, tartibga solish va bir qator boshqa funktsiyalarida namoyon bo‘ladigan davlatlar siyosatini yagonalashtirish vazifasi xalqaro jinoyatchilik va uning ko‘rinishlariga qarshi kurashda bag‘oyat dolzarbdir. Terrorizm, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar noqonuniy aylanishi, pornografik materiallarning aylanishi, yollanish kabi jinoyatlar nafaqat bir davlat yoki mintaqa balki umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi muammodir. N.I.Kostenko tomonidan yozishicha, " xalqaro terrorizm illati g‘oyat mudhish bo‘lgan zamonaviy voqelikdir. AQSHda yuz bergan 2001-yil 11-sentyabr kunidagi voqealari jahon tinchligi va xavfsizligiga mutlaq yangi tahdidga ro‘para keldilar. AQSHdagi voqealari terrorizm insoniyat uchun eng xatarli tahdid ekanligi, ba balo-qazoga qarshi barcha davlatlar birlashish zarurligidan dalolat beradi".
Xalqaro jinoyat huquqi samaradorligi xalqaro huquqning har bir instituti kabi nafaqat davlatlar va xalqaro huquqning boshqa sub'ektlaringning xatti-harakatlarini xalqaro munosabatlarda tartibga solish, balki ichki davlat qonunchiligida o‘z ifodasini topish bilan belgilanadi. Zero, xalqaro jinoyatchilikning turli ko‘rinishlariga qarshi kurashda xalqaro munosabatlarda davlatlarning sa'i-harakatlarini yurdik jihatdan tartibga solish bilan birga, milliy qonunchilikni birhillashtirish ahamiyati ortib bormoqda. Ayni qonunchiliklarni unifikatsiyalashtirish jarayonida xalqaro jinoyat huquqining g‘oyat muhim tamoyili jumladan jazo muqarrarligi tamoyili ruyoga chiqarilib, har qanday xalqaro huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning javobgarligi ta'minlanadi. Terrorizmni ta'riflashni nazarda tutib, A.N.Traynin e'tirof etganidek, " ayni shu jinoyat tarkibi rivojlangan davlatlarda kechayotgan jinoyat qonunchilikni unifikatsiyalashtirishning markaziy muammosidir".
Ta'kidlash lozimki, xalqaro va milliy jinoyat huquqi normalari o‘rtasidagi nisbat xalqaro huquqning barcha institutlariga mos ravishda amalga oshiriladigan harakatlar sifatida hal qilinmoqda. Jumladan davlatlarning amaliyoti dalolat berishicha, xalqaro jinoyat huquqining normalari uch xil ko‘rinishda joriy etilmoqda. Birinchi uslub shundan iboratki, xalqaro huquq normalari jumladan xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilinganidan so‘ng davlat huquqiy tizimining tarkibiy qismiga aylanishi, yoxud ratifikatsiya qilinganidan so‘ng, faqatgina chop etilganidan so‘nggina qo‘llanilishi va nihoyatda xalqaro shartnoma ratifikatsiya qilinib, milliy amaliyotga tegishli qonun hujjatini qabul qilish orqali jori etilishidir. Oxirgi usul xalqaro huquqshunoslikda transformatsiya iborasi bilan yuritiladi .
Ta'kidlash lozimki, xalqaro va milliy jinoyat huquqi o‘zaro ta'sir qilib kelmoqda. Xalqaro jinoyat huquqining milliy huquqqa ta'siri shunda namoyon bo‘ladiki, xalqaro jinoyat huquqida nazarda tutilgan qilmishlar asosida milliy jinoyat huquqi to‘ldirilib boriladi. Jumladan muayyan qilmishning xalqaro-huquqiy hujjatlarda jinoyat sifatida e'tirof etilishi, milliy jinoyat huquqida ham mazkur qilmishning jinoyat sifatda baholanishiga o‘ziga xos huquqiy zamin yaratadi. Jumladan 1948 yilgi "Genotsid jinoyatini oldini olish va u uchun jazolash to‘g‘risida"gi Konvensiyada jinoyat deb topilgan xatti-harakat majmui davlatlarning qonunchiliklarida ham ayni shu tarzda mustahkamlanib, jinoyat kodekslarining xalqaro tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar bo‘limida o‘z o‘rnini topgan. O‘z navbatida milliy jinoyat huquqi ham xalqaro jinoyat huquqi mazmuniga ta'sir ko‘rsatib boradi. Jumladan mazkur masalalarni chuqur tadqi qilgan V.I. Stepanenkoning ta'kidlashicha, milliy jinoyat huquqining xalqaro jinoyat huquqiga bo‘lgan ta'siri jinoyat tarkibining belgilarini aniqlash, jazolarni belgilash va ularning miqdorini aniqlab olishda, jinoiy yurisdiktsiya chegalarini aniqlashda imkoniyat beradi .
Garchand bugungi kunda xalqaro huquqning ustuvorligi tamoyili e'tirof etilayotgan bo‘lsada, milliy jinoyat huquqining xalqaro jinoyat huquqi rivojlantirish borasidagi hissasi aniq baholashga sazovor. Bu holatlar xalqaro huquqshunoslar tomonidan g‘ham qayd etilmoqda Jumladan, "xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashda jinoiy qonun roli" mavzusida o‘tqazilgan ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari tomonidan jinoyat qonunining muhim roli e'tirof etilib, jinoyat kodekslarida xalqaro huquqda amalga oshirilgan xalqaro huquqbuzarlikning xalqaro jinoyatlar va xalqaro xarakterdagi jinoyatlarga bo‘lishni taklif etdi. Zero, milliy qonuning xalqaro jinoyat huquqini rivojlantirishdagi roli shunda namoyon bo‘ladiki, davlat mutasaddilari xalqaro jinoyatchilikning muayyan turiga qarshi kurash borasidagi xalqaro shartnoma loyihasini muhokama qilganda, milliy qonun, shu jumladan jinoyat kodeksi ta'siri bilan yo‘g‘rilgan huquqiy ong va tushunchalardan kelib chiqadi. Ikkinchidan, milliy sudlar xalqaro jinoyat huquqiga oid normalarni qo‘llash chog‘ida muqarrar ravishda xalqaro huquq normasi bilan bog‘liq bo‘lgan milliy qonunchilik normasini qo‘llaydi. Milliy qonunchilik aksariyat hollarda xalqaro huquq normasi mazmunini aniq talqin qilishda qo‘shimcha vosita vazifasini o‘taydi .
Xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida ushbu illatga yagona tushuncha berish masalasi asrlar davomida muammo bo‘lib keldi. Jahon sahnasidagi turli siyosiy kuchlarning terrorizmga, shuningdek uning xalqaro tus olgan turiga tushuncha berish borasidagi ixtiloflar terrorchilikka qarshi g‘oyat zarur chora bo‘lgan, xalqaro terrorizmga ta'rif berishning imkoniyatini bermadi. Bu borada G.I. Morozovning "terrorizmning davlatlararo darajadagi umumiy yagona ta'rifini ishlab chiqish bir qator sub'ektiv va ob'ektiv omillar bilan bog‘liq masaladir. Ob'ektiv omillarga aksariyat davlatlar tomonidan milliy xavfsizlikning turlicha tushunilishi, terrorizm va uning turlari haqidagi tasavvurlarida tafovutlar mavjudligi kirsa, sub'ektiv omillarni ba'zi davlatlar tomonidan terrorizm va uning yashirin aloqalariga batamom to‘siq bo‘luvchi qat'iy choralardan foydalanish xohlamasligi tashkil etadi degan fikri g‘oyat asosli va o‘rinlidir.
Bugungi kunda xalqaro jinoyat huquqi doirasida xalqaro xarakterdagi jinoyatlar nazariyasi va amaliyoti shakllanib, mazkur jinoiy qilmishlar bir necha eki barcha davlatlarning manfaatlari va holatlariga daxldor bo‘lib, buning natijasida xalqaro ijtimoiy xavf tug‘diradi. Shuning uchun bunday hollar davlatlar o‘rtasidagi shartnoma bo‘yicha xalqaro xarakterdagi jinoyatlar deb tan olinadi hamda ularga ko‘p tomonlama Konvensiyalarda tegishli xalqaro huquqiy baho beriladi. Xalqaro xarakterdagi jinoyatlarni tartibga soluvchi xalqaro Konvensiyalarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslarga daxlsizlik; "Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, shu jumladan, diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jinoyatchilarni jazolash to‘g‘risida"gi 1970-yilgi Konvensiya (1977-yili kuchga kirgan); 1970-yilgi "Havo kemalarini qonunga zid ravishda egallashga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Gaaga Konvensiyasi; "Fuqaro havo kemasi xavfsizligini ta'minlash to‘g‘risida"gi 1971-yilgi Monrealь Konvensiyasi;-"Dengizda qaroqchilikning oldini olish to‘g‘risida"gi, 1958-yilgi "Ochiq dengiz to‘g‘risidagi Konvensiya; - dengizni zararli chiqindilar bilan ifloslantirmaslik to‘g‘risida"gi 1958 va 1982-yilgi "Ochiq dengiz to‘g‘risida"gi Konvensiya;- 1972-yilgi "Dengizni chiqitlar va boshqa zahardi chiqindilar bilan ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha" Qonvsntsiya; - "Yadro materiallarini qonunga zid ravishda qo‘lga kiritish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi Konvensiya (imzolash uchun 1980-yil 3-martda ochiq deb e'lon qilingan); "Narkotik va ruhiy kasalliklar keltirib chiqaruvchi moddalar bilan qonunga zid operatsiyalar to‘g‘risida"gi 1961-yilgi "Narkotik vositalar to‘g‘risida"gi yagona Konvensiya; 1961-yil Konvensiyasiga tuzatishlar to‘g‘risidagi 1972-yil qarori, Psixotrop moddalar moddalar to‘g‘risida 1971-yilgi Konvensiya; pul belgilarini qalbakilashtirish to‘g‘risidagi 1929-yilgi pul belgilarini qalbakilashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya; "Qulchilik va qul savdosining boshqa formalari to‘g‘risidagi 1929-yilgi qulchilikka taalluqli Konvensiya, unga 1953-yili o‘zgartirishlar kiritilgan; - qulchilikni, qul savdosini va shunga o‘xshash institut va odatlarni bekor qilish to‘g‘risidagi 1958-yilgi qo‘shimcha Konvensiya; "Inson ustidan savdo qilishga va uchinchi shaxslar tomonidan fohishabozlikdan foydalanishga qarshi ku-rash to‘g‘risida"gi 1950-yilgi Konvensiya. Mazkur konvensiyalarda odatda xalqaro jinoyatlarning xalqaro xavfi to‘g‘risidagi qoidalar, bu jinoyatlar normal xalqaro munosabatlarni o‘rnatishga jiddiy xavf tug‘dirayotganligi, umuminsoniy manfaatlar va boyliklarga zarar etkazayotganligi ta'riflab beriladi. Zero, jinoyat tarkibining normativ ta'rifini berilganligi katta ahamiyatga ega. Chunki, mana shu ta'rif o‘ziga xos standart bo‘lib, davlatlar o‘rtasida kelishib olishlari uchun jazo berish to‘g‘risida gapirib qo‘ya qolinadi, dengizni chiqitlar va boshqa materiallar bilan ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha Konvensiyada esa bunday harakatlar uchun jazo choralari ko‘rish haqida gapiriladi. Giyohvand vositalar to‘g‘risida yagona Konvensiya va ruhiy kasalliklar keltirib chiqaruvchi moddalar to‘g‘risidagi Konvensiyaning ta'rifi o‘ziga xos: bu o‘rinda jiddiy jinoyatlar uchun jazolash normalari muayyan darajada qamoq. jazosi to‘g‘risidagi yoki ozodlikdan mahrum qilishning boshqa vositalari to‘g‘risidagi so‘zlar' bilan aniqlashtiriladi. Ayn vaqtda yuqorida sanab o‘tilgan Konvensiyalar umumiy ko‘p tomonlama shartnomalardir. Biroq, ayrim davlatlar bu Konvensiyalarning ba'zilarida qatnashmaydi. Tabiiyki, bu hujjatlarning hayotda qo‘llanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, samaradorligini pasaytiradi.
Xulosa tariqasida e'tirof etish lozimki, xalqaro jinoyat huquqi transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash borasida davlatlar qonunchiliklarini uyg‘unlashtirish vazifasini amalga oshiradi. shu maqsadda, xalqaro jinoyat huquqi doirasida bir qator xalqaro konvensiyalar ishlab chiqilib, ularda davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish masalalaridan tashqari, konvensiyaga qo‘shilgan davlatlar uchun majburiy bo‘lgan xalqaro huquqbuzarlik tushunchalari va tasnifi o‘zining aksini topadi. Ammo bugungi kunda xalqaro jinoyat huquqi asosida davlatlar qonunchiliklarini uyg‘unlashtirish jarayonlari sillik kechayapti deb aytib bo‘lmaydi. Davlatlararo hamkorlikning ushbu sohasi bir qator muammolarga duch kelib, mazkur muammolar XXI asrning eng xatarli tahdidi xalqaro terrorizm bilan bog‘liq bo‘lganligini achinarli xoldir. Zero, olimlar tomonidan e'tirof etilishicha, agarda mazkur muammoga barham berish borasida insoniyat tomonidan tegishli aksilchoralar majmui ko‘rilmasa, ana shu balo ketida insoniyat yo‘q bo‘lib ketishi ehtimoldan holi emas. Shu ma'noda xalqaro jinoyat huquqining jinoyatchilikka qarshi kurash borasida davlatlar qonunchiliklarini uyg‘unlashtiruvchi soha oldida birinchi navbatda davlatlararo irodalarni yagonalashtirish, terrorchilik illati bo‘yicha bir samarali to‘xtamga kelish dolzarb vazifa bo‘lib qolayotir.



Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin