Matkarimova gulchexra abdusamatovna


Xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash borasida davlatlar hamkorligi



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə7/12
tarix02.06.2023
ölçüsü256,5 Kb.
#122095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Matkarimova gulchexra abdusamatovna

Xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash borasida davlatlar hamkorligi

Xalqaro jinoyatlar xalqaro huquqbuzarliklarning eng xavfli turlaridan biri bo‘lib, jahon tinchligi va xavfsizligiga jiddiy tahdid sifatida baholanadi. Xalqaro jinoyatlar xalqaro huquqbuzarliklar sifatida bir qator xususiyatlarga jumladan butun jahon tinchligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan bo‘lishi, xalqaro jinoyatlarni sodir etganlik natijasida davlatlar bilan bir qatorda davlat rahbarlari xalqaro jinoiy javobgarlikka tortilishi, jazolash mexanizmi, nafaqat milliy yurisdiktsiya doirasida, balki xalqaro adliya organlari faoliyati bilan bog‘liq ekanligidan kelib chiqadi. Ma'lumki, xalqaro jinoyatlar sirasiga bugungi kunda genotsid, agressiya, harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarshi jinoyatlar kiritilmoqda.2 Bugungi kunda dunyoda ro‘y bergan xalqaro huquqqa xilof harakatlar, jumladan Amerika Qo‘shma Shtatlarining agressiya harakatlarini, dunyoning turli burchaklarda ro‘y bergan inson huquqlarining vahshiy buzilishlari (misol uchun sobiq Yugoslaviya hududida) xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash borasida davlatlar hamkorligini ta'minlash kun tartibida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Zero, xalqaro jinoyatlardek insoniyat tinchiligi va xavfsizligiga jiddiy tahdid sifatida vujudga kelayotgan tahdidga barham berish samaradorligidan xalqaro huquqning amaliy ahamiyati belgilanadi.


Xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash borasida davlatlar hamkorligidagi markaziy muammolardan biri - xalqaro jinoyatlarga bir xil tushuncha berish va xalqaro jinoyatlar sirasiga kirgan xalqaro huquqbuzarliklar bo‘yicha yagona milliy amaliyotni shakllantirishdan iborat. Bir qarashda, xalqaro jinoyatlarga ta'rif beradigan bir qator universal konvensiyalar mavjud, qolaversa, xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash masalalari nafaqat umumbashariy shartnomalar, balki mintaqaviy hamkorlik mexanizmlarda mustahkamlangan. Ammo bugungi kunda xalqaro jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni ta'minlash masalasi turli muammolarga duch kelmoqda. Ana shunday muammolarning asosiysi - davlatlar suvereniteti va insonparvarlik aralashuvi o‘rtasida yagona kelishuvga erishishdir. Ma'lumki, xalqaro huquq davlatlar tomonidan o‘z suverenitetining muayyan qismidan voz kechish va yagona huquqtartibotni yaratish natijasida vujudga keladi. Xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash borasidagi davlatlararo hamkorlikning mazkur, muhim bir yo‘nalishida qo‘yilgan qadamlar dunyoda e'tirozlarni vujudga keltirmoqda. Jumladan sobiq Yugoslaviya hududida sodir etilgan inson huquqlarining vahshiy buzilishlari bo‘yicha ta'sis etilgan Tribunal Xavfsizlik Kengashi qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, Kengashga a'zo bo‘lmagan birmuncha davlatlarning e'tirozlariga sababchi bo‘lgan. Shuningdek, sobiq Yugoslaviya hududida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan ta'sis etilgan Tribunal ichki milliy yuridiktsiya doirasida shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishni istisno etganligi bois, hatto jinoiy qonunchiligi bir muncha takomillashgan xoldagi davlatlar suverenitetiga asossiz ravishda zarar etkazganligining holati yo‘q emas.
Bugungi unda xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash borasida davlatlar suvereniteti va xalqaro huquq doirasidagi aralashuv bo‘yicha barcha davlatlarni qanoatlantiradigan kontseptsiya mavjud emasligi Xalqaro Jinoyat sudi Statuti jahonning aksariyat davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilinmaganligida ko‘rinadi. Xalqaro jinoyat sudi yurisdiktsiyasi milliy yurisdiktsiya doirasida oliy mansabdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ishga tushishi belgilangan. Xalqaro jinoyat sudi Statutida xalqaro jinoyatlarning sirasi eng mukammal tarzda mustahkamlangan bo‘lib, xalqaro jinoyatlarni davlatlar qonunchiligini birxillashtirish imkoniyatini beradi. Bugungi kunda Xalqaro jinoyat sudi Statuti barcha davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinmaganligi xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash borasidagi davlatlar hamkorligining muhim maqsadlaridan biri - jazo muqarrarligini ta'minlashni chippakka chiqarmoqda.
Xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash borasida davlatlar hamkorligini ta'minlash sohasida markaziy muammo xalqaro jinoyatlar sirasiga kiradigan xalqaro huquqbuzarliklarining turlarini aniqlashdir. Bu borada turlicha talqinlar mavjud ekanligini e'tirof etish lozim. Xalqaro jinoyatlar qarshi kurash bo‘ycha bir qator xalqaro shartnomalar tuzilib, ularda hamkorlikning turli qirralari shu jumladan xalqaro jinoyatlarga yagona ta'rif berish masalalari ham nazarda tutilgan. Ammo bugungi unda xalqaro jinoyatlarni kodifikatsiyalash jarayonlari og‘ir kechmoqda. Jumladan, Insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar kodeksida xalqaro jinoyatlar sirasiga agressiya, genotsid, harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarshi jinoyatlar bilan birga giyohvandlik vosialari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi kiritgan. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi, pornogorafik materiallarning muomalasi xalqaro xarakterdagi jinoyat sifatida milliy yurisdiktsiya doirasida ta'qib etilayotganligini hisobga olgan holda, mazkur kodeks hanuz loyiha tariqasida qolayotganligining sabablari o‘z-o‘zidan ayon.
Taassufki, xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi muammolar muqarrar ravishda nafaqat xalqaro-huquqiy normalar ro‘yobga chiqish sur'atlarini chippakka chiqaradi, balki institutsional mexanizmlar faoliyatini samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Ma'lumki, oxirgi paytlarda jahon hamjamiyati tinchligi va xavfsizligini saqlashda asosiy qalqon bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyati bir qator muammolarga duch kelmoqda. Birinchi navbatda mazkur muammolar BMTning mojarolarni oldini olish va ularga barham berish bilan bog‘liq. Pirovard natijada, oldi olinmagan mojaro uyushgan jinoyatchilikning uyasiga aylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, "Mintaqa mojarolari tobora tez-tez terrorizm va zo‘ravonlik, narkobiznes va g‘ayriqonuniy qurol, savdosi inson huquqlarini ommaviy ravishda buzish kabi xatarli xavflar va harakatlarning doimiy manbaiga aylanmoqda".1
Fikrimizcha, xalqaro jinoyatlarga barham berish borasidagi davlatlar hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirishda, ushbu mexanizmlarining nafaqat muayyan bir qirrasiga, uning butun bir yaxlitligi takomillashtirilish lozim. Shu bilan bir qatorda, xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash borasida e'tiborga sazovorli jihatlaridan biri - xalqaro-huquqiy asoslar bilan birga tegishli institutsional tuzilmalar faoliyatini yanada takomillashtirishdir. Birinchi navbatdagi takomillashtirish Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Yalpi xavfsizlikning mintaqaviy tizimi doirasida xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, quyidagilarga rioya etgan holda amalga oshirilishi lozim: mintaqaviy miqyosdagi sa'i-harakatlar BMTning Maqsad va Printsiplariga mos kelishi kerak, ushbu mintaqa doirasida amalga oshirilib, uning chegarasidan chiqib ketmasligi lozim, majburlov choralari faqat Xavfsizlik Kengashining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin, mintaqadagi davlatlar o‘rtasidagi nifoqlar faqat tinch yo‘llari bilan hal qilinishi kerak, Xavfsizlik Kengashi mintaqada amalga oshirilayotgan barcha sa'i-harakatlar to‘g‘risida doimo xabardor bo‘lishi shart, mintaqa miqyosidagi sa'i-harakatlar yalpi xavfsizlikning universal tizimiga mos bo‘lishi lozim.
Terrorizmga qarshi kurashda yalpi xavfsizlikni ta'minlashning universal tizimi doirasida qurolli kuchdan foydalanish Amerika Qo‘shma Shtatlarida sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlaridan so‘ng, Xavfsizlik Kengashi ruxsati bilan amalga oshirilgan. Aksilterror koalitsiyasi tomonidan Afg‘onistondagi terrorchilik faoliyatiga barham berish maqsadida harbiy harakatlar uyushtirilib, ushbu davlatdagi "Al-Qoida" xalqaro terroristik tashkilotining ochiqdan-ochiq faoliyatiga barham berildi hamda terrorchilarni tayyorlashga qaratilgan maskanlar yo‘q qilindi.
Sobiq sovet respublikalari ittifoqi hududida terrorchilikka moslashgan ekstremistik tusdagi guruhlar faoliyati avjiga chiqib, ushbu guruhlar, asosan, tog‘li hududlarda makon topib tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. Shu munosabat bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida ishtirok etuvchi davlatlar faqat o‘zaro huquqiy masalalarda yordam ko‘rsatish bilan cheklanmasdan, harbiy kuchlarni jalb etgan holda terrorchi-guruhlarni yo‘q qilishga qaratilgan kompleks operatsiyalarni amalga oshirishni taqozo etib turibdi.
Davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilini ta'minlash borasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti samaradorligini yanada yuksaltirish borasida navbatdagi chora Xavfsizlik Kengashi tashabbusi bilan amalga oshiriladigan tinchlikparvar operatsiyalarni o‘tqazish tartibini tegishli huquqiy hujjatda batafsillashtirish lozim. Ma'lumki, Xavfsizlik Kengashi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tinchlikparvar operatsiyalarni huquqiy jihatdan batafsil tartibga soladigan hujjat mavjud emas. Ammo bu borada davlatlarning xalqaro huquqiy tashabbuskorligi to‘xtovsiz yuz bermoqda. Loyihalarning biri Rossiya Federatsiyasi tomonidan taklif etilgan bo‘lib, unda tinchlikni saqlash va insonparvarlik yordamini ko‘rsatish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining mandatini aniq belgilash, tinchlikparvar kuchlarning o‘z o‘zini mudofaa qilish huquqi, tinchlikparvar operatsiyalarning tegishli me'yorlar jumladan betaraflik, xolisonalik, mojaro taraflari bo‘lgan davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillari belgilandi.1 Nazarimizda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan tinchlikparvar operatsiyalarning amalga oshirilishini mustahkamlaydigan xalqaro huquqiy hujjatning ishlab chiqilishi davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilining ta'minlanishini yanada yuksak darajaga ko‘taradi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilini ta'minlash borasida eng muhim qadamlaridan biri Xavfsizlik Kengashini isloh qilishdir. Davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilining ijro amaliyotga tatbiq etish mexanizmini takomillashtirish ehtiyoji, fikrimizcha, Xavfsizlik Kengashi tarkibi zamonaviy geosiyosiy, geoijtimoiy xaritaning real sharoitiga mos kelmaganligidan kelib chiqadi. Darhaqiqat yurtboshimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek "Bizning nazarimizda, vujudga kelgan sharoitda insoniyat taraqqiyotini chigallashtirib yuborishi mumkin bo‘lgan yangi mojarolarning oldini olishda ayni BMT asosiy vosita bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan BMTning eng muhim organi-Xavfsizlik Kengashi hozirgi dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy, etnik-madaniy, diniy, ma'naviy jihatdan g‘oyat hilma-hilligini bab-baravar tarzda aks ettirishi, o‘zining tarkib topgan konservativ tuzilmasini qayta ko‘rib chiqishi uchun ham samarali choralar ko‘rish zarurati etildi".1
Ma'lumki, Xavfsizlik Kengashi o‘n besh a'zo-davlatlardan tashkil topgan. Xitoy Xalq Respublikasi, Frantsiya, Rossiya, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo‘shma Qirolligi va Amerika Qo‘shma Shtatlari Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi bo‘lib, boshqa o‘nta a'zosi Bosh Assambleya tomonidan BMT a'zolaridan sayladi va saylovda BMTning maqsadlariga erishishda nechog‘lik qatnashganligiga hamda adolatli jug‘rofiy taqsimotga e'tibor beriladi. Bugungi kundagi taqsimotga ko‘ra, Osiyo va Afrika davlatlardan - 5, Sharqiy Evropa - 1, Lotin Amerika va Karib Dengizidan-2, G‘arbiy Evropadan, Kanada, Yangi Zelandiya va Avstraliyadan-2 a'zo saylanishi lozim.2
Bizningcha, Xavfsizlik Kengashining zikr etilgan tarkibi quyidagicha isloh qilinishi darkor : a) doimiy a'zolarning sonini 10 gacha kengaytirib, ularga islom davlatlari, Hindiston hamda Lotin Amerika va Karib dengizidagi davlatlarni qo‘shish maqsadga muvofiq; b) muvaqqat a'zolarining jug‘rofiy taqsimotini saqlab qolgan holda, ularning sonini kamida ikki baravarga oshirish; v) Xavfsizlik Kengashi a'zoligiga nufuzli xalqaro hukumatlararo tashkilotlarni ham kiritish lozimdir.
Xulosa tariqasida e'tirof etish kerakki, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilining zamonaviy dinamikasi jahon hamjamiyati oldida yangi muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Ushbu muammolar xalqaro terrorizm illati kuchayib borishiga monand chora ko‘rish zarurligi, tinchlikparvar operatsiyalarni tartibga solishga ehtiyoj, dunyoda ikki mafkuralarning tizimi qarama-qarshiligi bilan ta'minlanadigan xalqaro huquq ijrosidagi muhim omilga barham berilganligi bilan izohlanadi. Shu sababli nazarimizda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashda universal organ maqomini saqlab qolgan holda, uning tarkibini isloh qilish maqsadga muvofiqdir. Zero, ana shu islohotlar hozirgi kunda dunyo xaritasida shakllangan davlatlarning siyosiy, iqtisodiy va boshqa tusdagi qudratini aniq ifoda etishi lozim.



Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin