Mavzu : Azotning o’simliklar hayotidagi roli. O’simliklarning azot bilan oziqlanishining o’ziga xosligi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə9/16
tarix10.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#128222
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Azotning o’simliklar uchun ahamiyati muhlisa

Denitrifikatsiya — nitrat shakldagi azotning azot (Il)-oksidi (NO) azot (I) oksidi (N20) va molekular azot (N2) kabi gazsimon moddalargacha qaytarilish jarayonidir. Denitrifikatsiyani o'simlik tanasida nitrat shakldagi azotning ammiakka qadar qaytarilishi bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Denitrifikatsiyada tuproq azotining kamayishi sodir bo'ladi. Bu jarayon denitrifikatsiyalovchilar deb yuritiladigan Bac. denitrificans, Bac. stutzeri. Bac. flurescens va Bac.p uocuaneum kabi bakteriyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Denitrifikatsiya tuproqda havo tanqis, pH ishqoriy va chirib ulgurmagan organik moddalar mo‘l bo'lgan sharoitlarda jadal ketadi. Agar 1 g tuproqda lmln dona Bac. stutzeri mavjud desak, ular 1 kecha-kunduzda 0,5 mg azotni tuproqdan chiqarib yuboradi. Nitratlarning denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar tomonidan qaytarilishi bir necha bosqichda sodir bo'ladi:
HNO, -≫ HNO2 -≫ (HNO)2 -> N20 -≫ N2
nitrat nitrit giponitrit azot ( I ) molecular oksid azot
Mikroorganizmlar denitrifikatsiya jarayonining boshidan oxirigacha ishtirok etmasdan, azotli organik moddalarni aminokislota ammiak va nitrat kislotaga parchalab berishi ham tadqiqotlar asosida isbotlangan. Bunda hosil bo’ladigan moddalar o'zaro tasirlashib, molecular azotgacha qaytariladi.
Bundan tashqari gidroksilamin va nitrit kislotaning o’zaro ta’siridan ham molekular azot hosil bo’ladi:
3NH2OH + HNO2 =5H2O + 2N2
Nitrit kislota ancha beqaror modda bo'lib, pH nordon (5 dan kichik bo’lganda) nitrat kislota, azot oksidi va suvga parchalanadi:
3HNO2+ 2NO +HNO3 + H2O
Organik moddalarning minerallashuvi, nitrifikatsiya va denitrifikatsiyalar bilan bir vaqtda tuproqda azotning o’simlik o’zlashtira olmaydigan organik birikmalar holatiga o’tishi ham sodir bo’ladi.
Dukkakli ekinlar tomonidan bog‘lanadigan azotning taxminan 1/3 qismi ildiz va ang‘iz qoldiqlari tarkibida bo’lib, ular asta-sekin minerallashadi va keyingi ekiladigan ekinlarning azot bilan ta’minlanishi yaxshilanadi.
Yuqorida ta’kidlab o'tilganidek, tabiiy manbalardan, shuningdek, dukkakli ekinlar tomonidan tuproqqa kelib tushadigan azot yuvilish,denitrifikatsiya va immobilizatsiya natijasida chiqib ketadigan azotga nisbatan ancha kamdir.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin