Mavzu : Azotning o’simliklar hayotidagi roli. O’simliklarning azot bilan oziqlanishining o’ziga xosligi


Laboratoriya ishini bajarish tartibi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə5/16
tarix10.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#128222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Azotning o’simliklar uchun ahamiyati muhlisa

Laboratoriya ishini bajarish tartibi: Yangi olingan tuproq namunasi aralashtiriladi, maydalanadi va uning namligi qo’lda ezish yo’li bilan aniqlanadi va tegishli miqdorda tuproq namunasi olinadi(1- jadval).
Olingan namuna 250 ml sig’imli konussimon kolbaga joylanadi va ustiga namlikni hisobga olgan holda 100 ml atrofida, K2SO4 ning 0,05% li eritmasi quyiladi. Aralashma 5 daqiqa chayqatiladi va zich buklama filtrdan o’tkaziladi. Filtratning boshlang’ich 5-10 millilitri tanlab yuboriladi.
1- jadval.
Namligi asosida tuproq tortimi va eritma miqdorini aniqlash jadvali. Kutiladigan nitrat miqdoriga bog’liq ravishda 5-50 ml so’rim chinni kosachada, suv hammomida bug’latiladi. Sovitilgan kosachaga 1 ml disulfofenol kislota quyiladi va shisha tayoqchaning to’mtoq uchi bilan kosachaga chaplab chiqiladi (shishi tayoqcha ishning oxirigacha kosachada qoldiriladi). 10 daqiqadan keyin kosachaga 15 ml suv quyiladi, shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtirgandan keyin, KOH yoki NaOH ning 20% li eritmasi barqaror sariq rang xosil bo’lguncha qo’shiladi (ishqorning ortiqchasi ishga halaqit bermaydi).Bo’yalgan eritma voronka va shisha tayoqcha yordamida 50 yoki 100 ml sig’imli o’lchov kolbasiga o’tkaziladi. Kosacha va shisha tayoqcha 2-3 marta chayiladi va chayindi ham o’lchov kolbasiga quyiladi va chizig’agacha distillangan suv quyiladi.
Aralashma tezda ko’k yorug’lik filtri yordamida fotokolorimetrlanadi.

Aralashmaning rangi o’ta to’q bo’lsa, suv bilan suyultiriladi Laboratoriya ishlari natijalarini hisoblashb bo’yicha ko’rsatmalar:N-NO3 miqdori etalon eritmalar asosida tuziladigan kalibr egri chizig’i orqali topiladi. Kalibr egri chizig’i uchun eritma tayyorlash analitik tarozida 0,7216 g kimyoviy toza KNO3 tortib olinadi va 1 litr sig’imli o’lchov kolbasida eritiladi. Eritma o’z tarkibida 0,1 mg ml azot tutadi. Bu eritma 50 marta suyultiriladi, qaysiki, ishchi eritma deb yuritiladi va tarkibida 0,002 mg/ml azot tutadi. Kalibr chizig’ini chizish uchun ishchi eritmadan chinni kosachalarga 5,0; 10,0; 15,0; 20, 0 va 25,0 ml olinadi va keyingi operastiyalar taxliliy eritmadagi kabi amalga oshiriladi.Nitratlarni aniqlashdan oldin so’rim tarkibida ammoniy va xlor ionlari bor-yo’qligi aniqlanadi. Ammoniy tuzlari nitratlar miqdorini kamaytiradi, shu sababdan so’rimni bug’latish oldidan 2-3 tomchi K2SO4 ning 10% li eritmasi qo’shiladi. Xlor ioni ham tahlilga halaqit beradi Agar xlor miqdori 30 mg/l dan kup bulsa, u kumush sulfat yordamida cho’ktiriladi).


Natija quyidagicha hisoblanadi
X=A∙W∙1000/V∙T; bu yerda:
X - NO3 miqdori mg/kg; A - NO3 ning egri chiziqdagi ko’rsatgichi; W - so’rimning umumiy miqdori, ml; V - namuna uchun olingan so’rimning miqdori, ml; T-tuproq tortimi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin