Mavzu : Azotning o’simliklar hayotidagi roli. O’simliklarning azot bilan oziqlanishining o’ziga xosligi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/16
tarix10.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#128222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Azotning o’simliklar uchun ahamiyati muhlisa

I-Bob. Tekshirish metodikasi.



    1. Bitta o’simlik namunasida azot, fosfor, kaliyni aniqlash (Ginzburg, Sheglova va Vulfius usulida).



Ishning maqsadi: O’simlik tarkibidagi azot, fosfor, kaliyni bitta namunada Ginzburg, Sheglova va Vulfius usulida aniqlash.
Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar: O’simliknamunasi, 50-60 ml konussimon kolba, sovutgich, voronka, spirtli lampa, plitka, eksikator, distillangan suv, 100 ml sig’imli,osi 250 ml sig’imli o’lchov kolbasi, fotoelektrokolorimetr.
Reaktivlar. konstentrlangan sulfat kislota, xlor kislota, metil qizili, 10% li NaOH eritmasi, Segnet tuzining 50% li eritmasi, Nessler reaktivi, 0,7405 g ammoniy xlorid.
Ishning nazariy asoslari:Ginzburg, Sheglova va Vulfius usuliazot, fosfor va kaliy miqdori o’simlik tortimini kuchli sulfat kislotada (xlor kislota-HCl O4 ishtirokida) tezkor kuydirish asosida aniqlashga asoslangan. O‘simlik tarkibidagi quruq moddaning 42-45% i uglerod, 40-42% i kislorod, 6-7% i vodorod hissasiga to‘g‘ri kelib, ularning yig‘indisi 90-94% ga tengdir. Azot va boshqa elementlarning yig‘indisi atigi 6-10% ni tashkil qiladi.Uglerod, kislorod, vodorod, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt va temir kabi elementlar o‘simliklarning me’yorida o‘sibrivojlanishi uchun o‘ta zarur hisoblanadi. Ularning miqdori odatda o‘simlik tanasining 0,01% idan toki bir necha o‘n foyizini tashkil qiladi va makroelementlar deb yuritiladi.
Turli o‘simliklar tarkibidagi azot va kul elementlarning miqdori bir biridan sezilarli darajada farq qiladi. Bu bevosita o‘simliklarning biologik xususiyatlari, yoshi, o‘sish sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lib, tanasining turli qismlaridagi miqdori xam turlichadir.
Azot o‘simliklar uchun zarur oziq elementlardan biri hisoblanadi. U barcha oddiy va murakkab oqsillar, nuklein kislotalar (RNK va DNK), xlorofill, fosfatidlar, alkaloidlar, ayrim darmondorilar va fermentlar tarkibiga kiradi. O‘simliklar oziqlanishida azot manbai bo‘lib ammoniy (NH4+) va nitrat (NO3-) tuzlari xizmat qiladi.
Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari tarkibidagi azotning miqdori 1-3% atrofida (don-dukkakli ekinlarning doni va ko‘k massasida o‘rtacha 2,5–5,0% gacha) o‘zgarib turishi ko‘rinib turadi. Kul moddalarining miqdori ancha katta miqdorda o‘zgaradi, chunonchi, salat va ismaloq o‘simliklarida 14–18%, qand lavlagining ayrim navlari bargida 20% dan ko‘proq kul elementlari bo‘lishi mumkin. O‘simliklar tarkibidagi kulning yalpi miqdorini emas, balki uning tarkibini bilish agronomiya nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Masalan, donli va dukkakli don ekinlar urug‘i kulining 40–50% i fosfor (P2O5) kaliy (K2O) 30-40, magniy (MgO) 8-12 dan iborat. Demak, urug‘ tarkibining deyarli 90% i mazkur uch element oksidlarining xossasiga to‘g‘ri keladi. Fosforning oksidlangan birikmalari so‘zsiz hamma tirik organizmlar uchun zarur. Fosfat kislotasiz bironta tirik hujayra mavjud bo‘lolmaydi.Fosfor o‘simlik uchun eng zarur bo‘lgan juda ko‘p organik moddalarning tarkibiga kiradi, ularsiz organizmning hayotiy jarayonlari amalga oshmaydi. Fosfor tanqisligi sharoitida ekinlarning o‘sishi to‘xtab qoladi, hosilning pishib etilishi kechikadi. SHuni ham qayd etish joyizki, fosforning oshiqchaligi uning o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishini yomonlashtiradi. Somon tarkibida fosfor miqdori 3–5 marta kam bo‘lgani holda, kalsiy va kremniyning miqdori esa keskin oshadi. Dukkakli va dukkakli don ekinlarining urug‘i va somonida oltingugurt nisbatan ko‘proq uchraydi. Kartoshka tuganaklari va ildizmevalilarning kuli o‘z tarkibidagi kaliy miqdorining ko‘pligi bilan ajralib turadi (40–60%). Ildizdagi fosfor miqdori o‘simliklarning poya, somon va palaklaridagiga qaraganda ko‘proq, natriy esa, aksincha, yer usti qismlarida ko‘proq bo‘ladi.
Kaliy o‘simliklarda ion shaklida bo‘ladi va hujayraning organik birikmalari tarkibiga kirmaydi. U asosan sitoplazma va vakuolada bo‘ladi, yadroda esa bo‘lmaydi, 20% ga yaqin kaliy o‘simliklar hujayrasining sitoplazmasini kolloidlarida almashinuvli yutilgan holatda bo‘ladi. O‘simliklarning bargi kaliyga boy bo‘lib uning miqdori yosh barglarda qari (eski) barglardagiga nisbatan ko‘proqdir.Kaliy eng avvalo sitoplazma kolloidlarini gidrotatsiyasini kuchayishiga ta’sir etadi, bunda ularning dispersligini kuchaytiradi. Bu esa o‘simlik tomonidan namlikni ushlab turilishini va vaqtincha qurg‘oqchilikka chidamliligini oshiradi. Kaliy ta’sirida kartoshka tuganagida kraxmalning va qand lavlagisida saxarozaning va qator mevali va sabzavot ekinlarda monosaxaridlarning to‘planishini kuchaytiradi. Kaliy o‘simliklarning sovuqqa va qishga (xujayra shirasini osmotik bosimini kuchaytirish tufayli), o‘simliklarni zamburug‘ va bakterial kasalliklarga chidamliligini oshiradi. Agronomlar o‘z ish faoliyatida o‘simliklarda oziqa moddalarning miqdori ekin navi, tuproq–iqlim sharoitlari, qo‘llaniladigan mineral va maxalliy o‘g‘itlar miqdori va o‘simliklarning biologik xususiyatlariga bog’liq ravishda o‘zgarib turishini unutmasliklari kerak, qaysiki qishloq xo‘jalik ekinlariga belgilanadigan o‘g‘it me’yorlarini aniqlashda bu juda ham muhimdir.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin