Mavzu : Azotning o’simliklar hayotidagi roli. O’simliklarning azot bilan oziqlanishining o’ziga xosligi


Laboratoriya ishlari natijalarini hisoblash bo’yicha ko’rsatmalar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/16
tarix10.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#128222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Azotning o’simliklar uchun ahamiyati muhlisa

Laboratoriya ishlari natijalarini hisoblash bo’yicha ko’rsatmalar: O’simlikdagi azot miqdori quyidagi formula asosida hisoblanadi:
X = A∙W1∙W2-∙100/1000-∙T-V; bu yerda:
X - azotning miqdori, %; A - kalibr egri chizig’idan olingan azot miqdori, mg; W1 -tahlil qilinayotgan eritmaning yalpi hajmi, ml; W2 - bo’yalgan eritma hajmi, ml; V -bo’yash uchun olingan so’rim hajmi, ml; T - o’simlik tortimi, g; 100 va 1000-% va g larga aylantirish koeffistienti.
Tuproq namunasida o'simlik o’zlashtiradigan azot, fosfor va kaliyning harakatchan shakllarini aniqlash Tuproq namunasida o'simlik o'zlashtiradigan azot shaklini aniqlash
Ishning maqsadi: Tuproq tarkibidagi osimlik ozlashtiradigan azotning harakatchan nitrat shakli miqdorini Grandvald-Lyaju kalorometr usulida aniqlash.
Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar: Texnik tarozi, 250 mk li konussimon kolba, filtr qog’oz, 10 ml li pepitka, chinni kosacha, suv hammomi, 100 ml o’lchov kolba, FEK, lakmus qog’oz.
Reaktivlar: Alyuminiyli achchiqtosh, disulfofenol kislota, KOH yoki NaOH, NaOH ning 10% li eritmasi, K2SO4 ning 0,05% li eritmasi
Ishning nazariy asoslari: Bir ga maydondagi yalpi azot zahirasi turli tuproqlarda 1,5 dan 15 t gacha o‘zgaradi. Lekin qishloq xo‘jalik ekinlarining azot bilan ta’minlanganlik darajasi uning yalpi miqdori bilan emas, balki o‘simliklar o‘zlashtirishiga molik mineral birikmalar miqdori bilan belgilanadi. O‘simliklar azotni asosan mineral holatda o‘zlashtiradi. Faqat azotning juda kam miqdori amid va aminokislotalar holida o‘zlashtirilishi mumkin. Tuproqdagi yalpi azot miqdorining atigi 1-2% i mineral holatda bo‘ladi. Tuproqda havo yetarli bo‘lib, namlik kapillyar nam sig‘imi (KNS) ning 60-70 ini, harorat 25-32 darajani va рH 6,2-8,2 ni tashkil qilganda , yil davomida bir ga maydonda 300 kg ga yaqin nitratlar to‘planadi. Nitratlar - azotning eng harakatchan shakli bo‘lib, tuproqdan ko‘p miqdorda chiqib ketadi.
Tuproq tarkibidagi o'simlik o'zlashtiradigan azotning harakatchan nitrat shaklini аniqlash nitratlar va disulfofenol kislotaning o’zaro ta’siri natijasida sariq tusli nitrobirikma hosil bo’lishiga asoslangan:
C6H3(HSO3)2OH+3HNO3 = C6H2(NO2)3OH+2H2SO4 + 2H2O
Nitratlar yangi olingan tuproq na’munalarida aniqlanadi. Saqlash jarayonida tuproqlar tarkibidagi nitratlar miqdori keskin o’zgaradi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin