Mavzu : Azotning o’simliklar hayotidagi roli. O’simliklarning azot bilan oziqlanishining o’ziga xosligi


Oqsillar, gumin moddalar —> aminokislotalar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə8/16
tarix10.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#128222
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Azotning o’simliklar uchun ahamiyati muhlisa

Oqsillar, gumin moddalar —> aminokislotalar,
amidlar —> ammiak —> nitritlar —> nitratlar



2-rasm Azotning aylanishi.
Tuproqdagi azotli organik moddalarning ammiakka qadar parchalanishi ammonifikatsiya deb yuritiladi. Ammon ifikatsiya bakteriya, aktinomiset va mog‘or zamburuglarning katta guruhini tashkil etadigan aerob va anaerob mikroorganizmlar ishtirokida amalga oshadi. Ularning asosiy vakillari jumlasiga bakteriyalardan Bac.vulgare, Bac.putrificus, Bac.subtilus, Bac.mesetericus va Bac.micoides larni, mog‘or zamburugiardan esa Aspergillus, Ptnicillum va Trichoderma larni kiritish mumkin. Mikroorganizmlar ajratadigan proteolitik fermentlar ta’sirida oqsil moddalar aminikislotalarga qadar parchalanadi. Hosil bo’lgan aminokislotalar, o'z navbatida, mikroorganizmlar tomonidan yutilib, dezaminaza va dezamidaza fermentlari ta’sirida dezaminlanish va dezamidlanish jarayonlariga uchraydi. Aminli va amidli birikmalardan ammiak tortib olinsa, turli-tuman organik kislotalar hosil bo'ladi.
2.3. DEHQONCHILIKDA AZOTNING AYLANISHI
Ammonifikatsiya va nitrifikatsiya jarayonlari natijasida hosil bo'lgan azot tuproqda to'planib qolmaydi. Uning asosiy qismi o'simliklar va mikroorganizmlar tomonidan o'zlashtiriladi, bir qistni esa qaytadan organik holatga o'tadi.
Nitratlar — azotning eng harakatchan shakli bo'lib, tuproqdan ko‘p miqdorda chiqib ketadi. Tuproqdagi azotning umuman yoki vaqtincha o ‘simliklar o'zlashtira olmaydigan shaklga o'tishini uchta holga bo'lish mumkin:
a) nitratlarning yuvilishi;
b) denitrifikatsiya;
d) azotning immobilizatsiyalanishi.
Nitratlarning yuvilishi. Nitratlar oson eriydigan tuzlar hosil qilishi, singdirish kompleksidagi kolloidlar tomonidan yutilmasligi va asosan tuproq eritmasi tarkibida bo'lishi tufayli tuproqdan juda oson yuviladi. Azotning ayni yo'l bilan isrof bo‘lishi iqlim sharoitlari, tuproqni ishlash tizimi, paykalning ekin bilan band yoki bandmasligiga bog'liq. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, shudgorlab tashlab qo'yilgan maydonlarda nitratlar ekinzorlardagiga nisbatan ko'proq yuviladi.
Nitratlarning yuvilishi, ayniqsa, sug'oriladigan dehqonchilik sharoitida jadal ketadi (yiliga 30 kg ga). Lekin sug'orishni tashkil etish, sug'orma suvlarni sizot suvlari sathi bilan tutashishiga yo'l qo'ymaslik nitratlar yuvilishining oldini olish tadbirlaridan hisoblanadi.
Sug'orma suvlar bilan tuproqning quyi qatlamlariga yuvilgan nitratlar bug'lanish jarayonida tuproq bo'ylab yuqoriga ko'tariladi va o'simliklar tomonidan o'zlashtiriladi. Nitratlarning yuvilishi, shuningdek, tuproqning mexanikaviy tarkibi bilan harn bog'liqdir. Qumli tuproqlardan nitratlar ko'proq yuviladi. Gumusga boy tuproqlar o'zida suvni yaxshi tutib turadi, demak, bu tuproqlarda erigan holatdagi nitratlar ham nisbatan mahkamroq tutib turiladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin