Mavzu : Azotning o’simliklar hayotidagi roli. O’simliklarning azot bilan oziqlanishining o’ziga xosligi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə11/16
tarix10.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#128222
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Azotning o’simliklar uchun ahamiyati muhlisa

Olinishi. Ammiakli selitra o ‘z tarkibida o'rtacha 34,6% nitrat va ammiak shakldagi azot tutadi. Uni 56—60% li nitrat kislotani gazsimon ammiak yordamida neytrallab olish mumkin: Aralashma bug’latilib, tarkibida 95—98% NH4NO3, bo'lgan modda olinadi. Uni qayta kristallash va quritish asosida olinadigan oq tusli,
zarrabin mahsulot 98—99% NH4NO3 tutadi (qolgan 1—2% ni o‘g‘itning fizikaviy xususiyatlarini yaxshilash uchun qo'shiladigan qo'shimchalar tashkil qiladi). Ammiakli selitra gigroskopik bo‘lgani bois tezda narn tortib, mushtlashib qoladi. Bu xususiyatni yo'qotish uchun unga fosforit yoki suyak talqoni, gips, kaolini kabi moddalar qo'shiladi. Bu qo‘shilmalar sarg‘ish tus beradi.
Ammiakli selitraning asosiy qismi granullangan (donadorlangan) holatda ishlab chiqarilmoqda. Donador ammiakli selitra yaxshi fizikaviy xossalarga ega bo‘lib, sochiluvchanligini uzoq muddat saqlab turadi. Ammiakli selitra tarkibidagi sof azotning miqdori 34,6% dan kam bo'lmasligi, namligi 0,4% dan, qo‘shilmalar miqdori 0,1% dan oshib ketmasligi, muhiti mo‘tadil yoki kuchsiz nordon bo’lishi lozim. Tayyor o‘g‘it nam tortmaydigan besh qavatli qog'oz yoki sellofan qoplarda
saqlanadi.
Oson eruvchan ammiakli selitra tuproq namligi ta’sirida to la eriydi. D.N. Pryanishnikov laboratoriyasida o‘simliklar tomonidan ammiakli selitra eritmasidan
nitrat (NO3) anioniga qaraganda ammoniy (NH4) kationini tezroq o‘zlashtirishi aniqlangan, shu sababli u fiziologik jihatdan nordono‘g‘it hisoblanadi. Lekin uning fiziologik nordonligi boshqa o‘g‘itlarga nisbatan ancha kuchsiz.
Ammiakli selitra tuproqning singdirish kompleksi (TSK) bilan o‘zaro ta’sirlashganda, NH4 kationi tuproq kalloidlariga yutiladi, NO3 anioni esa tuproq eritmasida qolib, o‘z harakatchanligini saqlaydi.
Serkarbonat (bo‘z va qora) tuproqlar eritmasida mo'tadil tuzlar (kalsiy va magniy nitratlar hosil bo'ladi va o‘g‘it yuqori me’yorda kiritilganda ham tuproq eritmasi nordonlashmaydi. Bunday tuproqlar uchun ammiakli selitra eng yaxshi azotli o‘g'itlardan biri hisoblanadi. Tarkibida H + ionlari mavjud nordon tuproqlar (masalan, chimli podzol tuproq) eritmasida esa HNO3 hosil bo‘ladi, natijada ularning nordonligi yanada ortadi.
Ammiakli selitra keng qo'llaniladigan azotli o'g'itlardan biri hisoblanadi.
U ayniqsa, mo'tadil muhitli serkarbonat tuproqlarda qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. D.N. Pryanishnikov o ‘g‘itlar samaradorligini oshirish uchun birinchidan, berilgan o‘g‘it tarkibidagi oziq elementlaridan foydalanish koeffitsenti yuqori bo'lishiga erishish, ikkinchidan, o‘g‘itlarni o'simlik
uchun eng zarur davrlarda qo‘llanilishi lozimligini ta’kidlagan edi. Odatda, mineral o'g‘itlarni tuproqqa kiritishning asosiy (shudgor ostiga) o'g'itlash, ekish oldidan va qo‘shimcha oziqlantirish usullari farqlanadi.
Ammiakli selitra tarkibidagi azotning bir qismi serharakat (NO,) va bir qismi kam harakat (NH4) shaklda bo'lgani bois uni keng miqyosda, tabaqalashtirilgan holda o'g'itlashning barcha muddatlarida qo’llash mumkin.
Nam iqlimli sharoitlarda, ayniqsa, yengil mexanikaviy tarkibli tuproqlarda uni kuzda, asosiy o'g'itlashda qoMlash yaxshi natija bermaydi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin