Mavzu : Azotning o’simliklar hayotidagi roli. O’simliklarning azot bilan oziqlanishining o’ziga xosligi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə15/16
tarix10.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#128222
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Azotning o’simliklar uchun ahamiyati muhlisa

Tarkibida azot nitrat shaklda bo’lgan nitrat o’g’itlar, selitralar.

  • Tarkibdagn azot ammoniy yoki ammiak shaklda bo’lgan ammoniyli va ammiakli o’g’itlar.

  • Tarkibida azot ammoniy za nitrat shaklda bo’lgan ammiakli -nitrat o’g’itlar.

  • Tarkibida azot amid shaklda bo’lgan o’g’itlar.

    Natriyli selitra-NaNO3, tarkibida 15-16% azot bo’ladi. Natriyli selitra ammiakdan' nitrat kislota olishdagi qo’pshmcha mahsulot hisoblanadi. U oq yoki1 sarg’ish-qo’ngir rangli mayda kristall tuz, suvda yaxshi eriydi, birmuncha gigroskopik, noqulay sharoitlarda mushtlashib, qotib qolish mumkin. To’g’ri saqlanganda mushtlashmaydi va yaxshi sochiluvchanligini saqlab qoladi.
    Kalsiyli selitra - Ca(NO3)2 tarkibida -13-15% azot bo’ladi. U nitrat kislotani bo’r yoki ohak bilan neytrallash orqaln olinadi.
    2HNO3 + CaCO3 -» Ca (NO3) 2 +CO2 + H2O.
    Bu o’g’it rangli kristall tuz, suvda yaxshi eriydi, nihoyatda gigroskotik, xatto normal sharoitda saqlanganda ham juda tez pamiqadi, suyuqlanadi va mushtlashib qoladi.
    NaNO3 va Ca(NO3) fiziologik jihatdan ishqoriy o’gitlardir. O’simliklar Na+ yoki Ca2+ kationlariga qaraganda NO3" anionlarinya ko’proq o’zlashtiradi va bu kationlar tuproqda qolib uning muhitini ishqoriylashtiradi.
    Kislotali, tuproqda asoslar kam oulsa kshxs yaxshi natija beradi. Bu o’g’it solinganda kislotalik kamayibgina qolmay, balki tuproqning fizik xossalari ham yaxshilanadi, chunki Sa2Q tuproq kolloidlarini kaogulyasiyaga uchratadi.
    Na+ va Ca2 kationlar tuproqqa yutiladi, NO3 anionlar tuproq eritmasida qoladi. Bu selitralarni kuzda solish tavsiya etilmaydi. Kuzgi va chopiq talab etadigan ekinlarni selitra bilan oziqlantirish juda yaxshi natija beradi. Natriyli selitra sho’rlangan tuproqlarda va sho’roq tuproqlarda uncha yaroqli emas.
    Kislotali tuproqlarda Ca(NO3)2 ishlatish birinchi o’rinlarda turadi, chunki tuproqning fizik xossalarini yaxshilaydi, NaNO3 qand lavlagi uchuy eng yaxshi o’gat hisoblanadi, chunki qand lavlagi MaQ ga talabchan bo’ladi.
    Ammoniy sulfat -(NH4)25O4 tarkibida- 20,5 - 21% azot; bo’ladi. Konsentralangan sulfat kislotani g’azsimon ammiak bilan' to’yintirish orqali olinadi: H2SO4+2NH3= (NH4)2SO4
    Kristall tuz, suvda yaxshi eriydi, gigroskopligi yuqori emas, shu sababli normal sharoitlarda saqlanganda kam mushtlashadi va yaxshi sochiluvchanligini saqlaydi.
    O’g’it tarkibida 24% atrofida oltingugurt bo’ladi va o’simliklarning shu element bilan oziqlanipsh uchuy yaxshi manba hisoblanadi. Ammoniy sulfat bilan bir qatorda ozgina mikdorda ammoniy natriysulfat (NH4)2S04 x Na2 SO4 ishlatiladi, bu birikma kaprolaktam ishlab chiqarishning chiqindisi bo’lib tarkibida (16%); azot bo’ladi.
    Ammoniy xlorid -NH4C1 -24 25 % azot bo’ladi. Soda ishlab, chiqarishda qo’shimcha mahsulot sifatida ozroq miqdorda olinadi. Oq| rangli kristall tuz, suvda yaxshi eriydi, tarkibida 67% S1. bo’ladi.! Shuning uchun xlorga sezgir ekinlarga (tamaki, tok, kavop, grechixa va boshqalar) ga uncha to’g’ri kelmaydi.
    NH4+ kationlar tuproqqa yutiladi va singdirish kompleksidagi birikmalarning ekvivalent miqdoriga almashinadi. Yutilgan ammoniyni o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. Shu bilan birga uning tuproqdagi harakatchanligi va ko’p namlanish sharoitida yuvilib ketish havfi kamayadi. Ammoniyli o’g’itlarni kuzgi shudgorlash paytida solish mumkin. Ular asosan, ekishgacha asosiy o’g’it sifatida solinadi.
    Qatorlarga yoki uyalarga ammoniyli o’g’itlar solishning unchalik yaxshi emasligiga sabab shuki, yosh navdalarga ammoniyli azotning ko’plab kelishi ortiqcha ammiakning zaxarli ta’siri tufayli salbiy natija beripsh mumkin, bundan tashqari ildiz sistemasi yaxshi rivojlanmaganligi uchun ammoniyli . azotdan foydalanish qiyinroq bo’ladi, chunki u tuproqda sekin siljiydi.
    Katorlarga va uyalarga solingan nitratli o’gitlar yaxshi samara beradi. Vaqt o’tishi bilan nitratli va ammoniyli o’gatlarning harakatchanligi orasidagi farq yo’qolib boradi, chunki ammoniy azoti asta- sekin nitrifikasiyaga uchraydi va nitrat shaklga o’tadi.
    Sug’orish paytida, ayniqsa bostirib sug’oriladigan sharoitda o’stiriladigan sholiga ammoniy sulfat solnsh juda samaralidir, chunki bunda kislorod kam bo’ladi, nitrifikasiya jarayoni sekinlashadi.
    Ammiakli selitra- NH4NO3 tarkibida-34,6% azot bo’ladi Nitrat kislotani ammiak bilan neytrallash orqali olinadiu
    NH3 + HNP3 = NH4NO3
    Selitra oq yoki sarg’ish kristallar holida va katgaligi 1-3 mm keladigan turli shakldagi donachalar holida ishlab chiqiladi. Donador selitrada gigroskopiklik kamroq, u kam mushtlashab qoladi, yaxshi sochiluvchanligini saqlaydi, suvda yaxshi eriydi. Bu o’g’itni barcha ekinlarga va har qanday tuproqda ishlatish mumkin. Namligi kamroq hududlarda azotning yuvilib ketipsh, havfidan qo’rqmay uni kuzda solish mumkin.
    Tuproqda NH4 NO3 tuproqning singdirish kompleksi bilan o’zaro ta’sirlashadi. Kation NH4+ tuproq kolloidlariga yutiladi, NO3 anion tuproq eritmasida qolib, yuqori harakatchanligini saqlaydi.
    Asoslarga to’yingan tuproqlarda (bo’ztuproq, qoratuproqda) eritmada neytral tuzlar - kalsiy (yoki magniy) nitrat hosil bo’ladi va katta dozalarda o’g’it sistemali ravishda solib turilganda ham tuproq eritmasi kislotali bo’lmaydi.
    Ammiak va karbonat angidridni yuqori bosim va tempera-turada sintezlash yo’li bilan olinadi: 2NH3+CO2(NH2)2+H2O
    Suvda yaxshi eriydi, donadorlashtirilgan mochevina yaxshi fizik xossalarga ega, deyarli mushtlashib qolmaydi va yaxshi sochiluvchanligini saqlaydi. Mochevina tuproqqa solingandan keyin dastlabki kuplarda . ammonifakasiyalapadi, bunda ammoniy karbonat (NH4)CO3 hosil bo’lishi tufayli tuproq vaqtincha ishqoriylashadi va ammoniy karbonat nitrifikasiyalangan sari tuproqning ishqoriylashuvi kamayib, tuproq ma’lu m darajada kislotali bo’lib qoladn. Mochevinani sabzavot va mevali ekinlarga ildizdan tashqari : s oziqlantdrish uchun, shuningdek bug’doyga dondagn oqsil miqdorini oshirish maqsadida uning etilipsh vaqtida kechki oziqlantirish uchun ishlatish mumkin.


    XULOSA

    Azot o’simliklar uchun eng kerakli elementdir. U hayotiy muhim birikmalar oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar va boshqa bir qator birikmalar tarkibiga kiradi.


    Azot o’simliklar quruq og’irligining 1-3% ini tashkil etadi. Tabiatda asosiy azot manbai atmosfera tarkibida bo’lib uning umumiy miqdori 75.6% ini tashkil etadi. Bir kvadrat metr yer ustida 8 tonnagacha azot bor . Lekin yashil o’simliklar atmosfera tarkibidagi molekulyar azotni bevosita o’zlashtira olmaydi. Chunki molekulyar azot o’ta turg’un bo’lib, uni faol holda o’tkazish uchun juda katta energiya sarflash kerak.
    O’simliklardan yuqori va sifatli hosil olish uchun ularni butun vegetatsiya davomida me’yorida suv bilan ta’minlash zarur. Suv taqchiligiga ayniqsa, uning uzoq muddat bo’lishiga yo’l qo’ymaslik hosildorlik garavodir.
    Mineral o’g’itlarning o’simliklar hosildorligiga oshirishning va sifatini belgilashning muhim nomillaridan biridir. Hisob kitoblarga qaraganda umumiy hosilning 50 % ini mineral o’g’itlar hisobiga oliush mumkin ekan. Lekin ulardan me’yorda ortiq qo’llash, me’yorlarini notog’ri qo’llash, notog’ri sharoitda qo’llash esa tuproqqa, o’simliklar o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

    Yüklə 0,52 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin