Mavzu : Azotning o’simliklar hayotidagi roli. O’simliklarning azot bilan oziqlanishining o’ziga xosligi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə13/16
tarix10.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#128222
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Azotning o’simliklar uchun ahamiyati muhlisa

H2SO4 + Ca(HCO3)2 = CaSO4+ 2H2CO3;
Mineral kislotalarning neytrallanishi tuproq eritmasi bikarbonatlarining parchalanishi va TSK dagi asoslarni vodorod yordamida siqib chiqarilishi asosida ketadi, natijada tuproqning buferlik qobiliyati pasayadi, u, o‘z navbatida, nordonlikning oshishiga sabab bo‘ladi. Ikkinchidan, tuproqqa tushgan ammoniy sulfat tezda erib, ionlarga ajraladi. O‘simliklar SO4 anioniga qaraganda NH4 kationini tez va ko‘p miqdorda o‘zlashtiradi, natijada anionlar to‘planib tuproqning
nordonlashishiga sabab bo‘ladi.


2.6. NITRATLI AZOTLI O'G‘ITLARNING O’SIMLIK OZIQLANISHIGA TA’SIRI.
Nitratli azotli o‘g‘itlar jumlasiga natriyli, kalsiyli va kaliyli selitra (NaNO 3, Ca(NO3)2 va KNO3) lar kiradi. Ko'p yillar davomida bu guruh o'g‘itlarning asosiy vakili Chili selitrasi bo'lib, u Chilidagi guanoning tabiiy qatlamlari asosida olinar
edi. Sintetik airuniak olish yoiga qo‘yilgach, selitralar sanoat negizida tayyorlanmoqda.
Azotli o ‘g‘itlar assortimentida niratli o'g'itlarning hissasi juda kam (1% atrofida). Shunday bo'lsada, tuproq xossalari va ekish turlari bilan bog'liq ravishda ular bilan tanishib chiqish katta ahamiyatga ega.
Natriyli selitra — NaN0 3. Nitrat kislota ishlab chiqarishda azot oksidlarini soda yoki ishqorga yuttirish asosida olinadi:
Na2CO3 + NO + NO2 = NaNO2 + CO2;
yoki
2NaOH + NO + NO2 = 2NaNO2 + H2O
2NaOH + 2NO2 = NaNO3 + NaNO2 + H2O
Eritma neytrallanadi, bug'latiladi va sentrifugalangach, oq yoki oqish tusli zarrabin tuz olinadi. Tarkibida 15—16% azot tutadi, suvda yaxshi eriydi, gigroskopikligi yuqori bo'lgani uchun mushtlashib qoladi.
Kalsiyli selitra — Ca(NO3)r Kalsiyli selitra 40—48% li nitrat kislotani ohak yoki bo‘r bilan neytrallab olinadi:
CaCO3 + 2HNO3 = Ca(NO3)2 + H2O + CO2
U o‘ta gigroskopik bo'lgani sababli odatdagi sharoitda gidrat holatiga o'tib qoladi Ca (N03)2 • 4H20 . Mazkur xususiyatni hisobga olib Ca (NO3)2 alohida tarkibli modda shimdirilgan nam tortmas qoplarda saqlanadi. Shuningdek, gigroskopikligini kamaytirish uchun gidrofob moddalar, masalan parafinlangan mazut qo'shiladi. Kalsiyli selitra birinchi sintetik azotli o ‘g‘it bo'lib, 1905-yiIda Norvegiyada olingan (shu bois Norvegiya selitrasi deb yuritiladi). Olish texnologiyasi birmuncha murakkabligi va tarkibidagi azot miqdorining kamligi kalsiyli selitrani uzoq masofalarga olib borib qo’llash iqtisodiy jihatdan o'zini oqlamaydi. Natriyli va kalsiyli selitralar — fiziologik ishqoriy o‘g‘itlar. O‘simliklar bu o‘g‘itlar tarkibidagi N 0 3 anionini o‘zlashtiradi va Ca hamda Na kationlari tuproqda qolib, uni ishqoriylashtiradi.
Kationlar tuproqqa yutiIadi,N03~ anionlari esa o‘z harakatchanligini saqlagan holda tuproq eritmasida qoladi. Shuning uchun nam iqlimli sharoitlarda yoki iydirib sug‘orilganda nitrat shaklidagi azot tuproqdan ko‘plab yuviladi. Natriyli selitrani turli tuproqlarda barcha ekinlarga qo’llash mumkin.
Ayrim ekinlar (masalan, ildizmevalilar) tarkibida natriy bo'lgan azotli o’g‘itlarga o’ta talabchan bo‘lib, hosildorlik bilan bir qatorda mahsulot sifatini ham yaxshilaydi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o'g'it tarkibidagi natriy qand moddalarni bargdan ildizga tomon ko‘proq oqib o‘tishiga imkon beradi. Kalsiyli selitra nordon tuproqlarga kiritilganda, nordonlik kamayishi bilan birga tuproqning fizikaviy xossalari ham yaxshilanadi, chunki kalsiy tuproq kolloidlarini koagulatsiyalaydi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin