Mavzu : Azotning o’simliklar hayotidagi roli. O’simliklarning azot bilan oziqlanishining o’ziga xosligi


O’SIMLIKLAR HAYOTIDA AZOTNING AHAMIYATI



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə6/16
tarix10.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#128222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Azotning o’simliklar uchun ahamiyati muhlisa

2.1. O’SIMLIKLAR HAYOTIDA AZOTNING AHAMIYATI.

Azot o'simliklar uchun zarur oziq elementlardan biri hisoblanadi.


U barcha oddiy va murakkab oqsillar, nuklein kislotalar (RNK vaDNK), xlorofill, fosfatidlar, alkaloidlar, ayrim dannondorilar va fermentlar tarkibiga kiradi.
O'simliklar oziqlanishida azot manbayi bo'lib ammoniy (NH4+) va nitrat (NO-) tuzlari xizmat qiladi. O'simliklar tomonidan azotning o'zlashtirilishi bir qator murakkab jarayonlar asosida ketadi va ammiakning tegishli organik kislotalar guruhi bilan hosil qiladigan aminokislotalar sintezlanishi bilan yakunlanadi. Mazkur jarayon aminlanish jarayoni deb ataladi.
O'simliklardagi aerob va anaerob nafas olishning birinchi bosqichida
uglevodlarning parchalanishidan hosil bo'ladigan pirouzum, shovulsirka,
ketoglutar va boshqa ketokarbon kislotalar bevosita aminlanishga ancha moyildir. Ketokislotalarning ammiak ta’sirida to'g'ridan to'g'ri aminlanishi o'simliklardagi aminokislotalar sintezining asosiy yo'nalishi hisoblanadi. Bu ikki bosqichli jarayon bo'lib, birinchi bosqichida ammiak va ketokislotadan iminokislota hamda suv, ikkinchi bosqichida esa iminkislotaning qaytarilishidan aminokislota hosil bo'ladi.
Nitratlardan ammiak hosil boiishida ishtirok etadigan fermentlar metallo-flavoproteidlar deb nomlanadi, chunki birinchi bosqichda molibden, ikkinchi va uchinchi bosqichlarda mis, temir, magniy, so'nggi bosqichda esa marganets va magniyning ishtirok etishi shartdir.
Qaytarilmasdan o'simlik tarkibiga o'tadigan nitrat shakldagi azot o‘simliklar uchun zararsiz bo'lib, to'qimalarda ko‘p miqdorda to‘planishi mumkin.
Lekin qishloq xo'jalik mahsulotlari (ayniqsa, yemxashak, sabzavot va poliz ekinlari) tarkibida nitratlarning ma’lum darajadan ortib ketishi ularni iste’mol qiladigan hayvon va insonlarga zararli ta’sir ko'rsatadi. Odatda, erkin ammiak o‘simliklar tanasida kam uchraydi. Ayni modda miqdorining ko‘payib ketishi o'simliklarning zaharlanishiga sabab bo‘ladi.
Aminlanish jarayoni o'simliklar organizmi metabolizmida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda asparagin va glutamin kislotalar fermentlar ishtirokida qayta aminlanish yoli bilan o'zlarining aminguruhlarini boshqa kislotalarga berish xususiyatlariga ega. Qayta aminlanish-tegishli ferment ta’sirida aminokislota (donor)dagi amin guruhini ketokislota (akseptor) ga ko'chirilishidir. 0‘simliklarda azotli moddalar almashinuvi butun vegetatsiya davrida sodir bo'ladi.
Masalan, urug'ning unish jarayonida endosperma va urug' palladagi zaxira oqsil aminokislotaga qadar parchalanadi. Ularning oksidlanishidan ammiak hosil bo'ladi va u aminokislotalar hamda amidlar, keyinchalik oqsil va boshqa organik birikmalarning sintezida ishtirok etadi.
O'simlikda fotosintezga qobil yashil barg paydo bo'lgach, oqsil sintezi tashqi muhit (tuproq) dan o’tiladigan azot hisobiga ketadi. Tuproqdan eng ko'p azot o'simliklar jadal rivojlanib, tana qo‘yadigan davrda o'zlashtiriladi. Ayni paytning o'zida oqsilning parchalanishi ham sodir bo'ladi: yosh, o'sayotgan a’zolarda oqsil sintezi ustunlik qilsa, qari, o'sishdan to'xtagan a ’zolarda oqsilning parchalanishi
kuchliroq namoyon bo'ladi.
Azot almashinuvi jadalligiga bog'liq ravishda o'simlik tanasining turli a’zolarida azotning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Masalan, jismonan charchagan a’zolarida, asosan qari barglarda oqsil gidrolizi sodir bo'ladi va gidroliz mahsulotlari yosh a’zolar tomon harakatlanadi.
Urug' shakllanadigan davrda bargdagi oqsil moddalar jadal parchalanib, hosil bo'ladigan aminokislotalar pishib yetilayotgan urug'larga oqib o'tadi va shu yerda oqsilga aylanadi. Turli o'simliklar yalpi azot miqdori bilan bir-biridan farq qilishi
tabiiy, lekin bitta o'simlikning turli a’zolari ham turlicha miqdorda azot tutadi. Barglar (ayniqsa, yosh barglar) azotga boy bo'lib, poya va ildizlarda lining miqdori birmuncha kamdir. Azot bilan oziqlantirish sharoitlari o'simliklarning o'sishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko'rsatadi. Azot tanqis bo'lgan sharoitda o'simlikning o'sishi keskin sekinlashadi. Barglari maydalashib, och yashil tus oladi, ancha erta sarg'ayadi. Poyasi ingichka tortib, yaxshi shoxlamaydi. Hosil organlarining shakllanishi, rivojlanishi va donning quyilishi yomonlashadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin