Mavzu : Azotning o’simliklar hayotidagi roli. O’simliklarning azot bilan oziqlanishining o’ziga xosligi


Laboratoriya ishini bajarish tartibi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/16
tarix10.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#128222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Azotning o’simliklar uchun ahamiyati muhlisa

Laboratoriya ishini bajarish tartibi:0,2 g maydalangan o’simlik tortimi 50-60 ml sig’imli konussimon kolbaga joylanadi (paxta hom ashyosidan 1,5 g olinadi). Ustiga 5 ml (paxta hom ashyosiga 15 ml) konstentrlangan sulfat kislota quyiladi, chayqatiladi, og’zi zo’ldirsimon sovutgich yoki voronkacha bilan yopiladi va 12-14 soat qoldiriladi. Bir paytning o’zida reaktivning tozaligini tekshirishuchuch toza kolbaga 5-15 ml atrofida konstentrlangan sulfat kislota olib, yuqoridagi tartibda ish ko’riladi (nazorat tahlil).
So’ngra aralashmalar kuchsiz olovda sulfat kislotaning oqbug’lari paydo bulguncha qizdiriladn. Kolbalar olovdan olib sovutiladi, voronkani ko’tarib, 5-6 tomchi xlor kislota tomiziladi, kuchli olovda 5-7 daqiqa qaynatiladi. Eritma rangsizlanmasa, yana 1-2 tomchi xlor kislota tomiziladi va qaynatish davom ettiriladi. Aralashmaning to’la rangsizlanishi uchun 7-8 tomchi xlor kislota kifoya.Rangsizlangai aralashma yaia 15 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. Kolbalar sovutiladi va ust iga kam miqdorda distillangai suv quyiladi va 100 ml sig’imli (paxta xom ashyosi 250 ml sig’imli) o’lchov kolbasiga o’tkaziladi. Eritmadan 10 ml olib, xajmi 10 ml ga etkaziladi va u A eritma deb yuritiladi. «A» eritmadan 25 ml olib, 100 ml sig’imli o’lchov kolbasiga o’tkaziladi, o’lchov chizig’igacha distillangan suv quyiladi («B» eritma) va undan fosfor hamda kaliyni aniqlashda foydalaniladi.
2.2. Azot miqdorini FEK da aniqlash

«A» eritmadan 50 ml sig’imli o’lchov kolbasiga 0,5-2,0 ml olinadi, ustiga 20-30 ml suv qo’shiladi va 1 tomchi metil qizili ishtirokida eritmaning och pushti rangi yuqolguncha 10% li NaOH eritmasi bilan neytrallanadi. Ustiga 2 ml Segnet tuzining 50% li eritmasi hamda 2 ml Nessler reaktivi ko’shiladi, yaxshilab aralashiriladi va 10 daqiqadan keyin fotoelektrokolorimetrning ko’k yoki binafsha yorug’lik filtrida ko’riladi. Nazorat tahlil bilan ham shutaxlit ish olib boriladi va uning natijasi tajriba natijsidan ayirib tashlanadi.Azotning miqdori kalibr egri chizig’i asosida topiladi.Buning uchun 0,7405 g ammoniy xlorid olinadi va 1000 ml suvda eritiladi. Undan 10 ml olib, hajmi 500 ml ga etkaziladi (eritma 0,00388 mg/ml N-NO3tutadi). Kalibr egri chizng’ini tayyorlashuchun pipetka yordamida 5; 10, 15; 20; va 25 ml olib, ustiga yuqorida aytilgan reagentlardan qo’shib, eritmalar bo’yaladi va FEK da ko’riladi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin