Tez aytishda har bir tovush oʻz oʻrnida toʻgʻri, ravon talaffuz etilishi shart. Tovushlar talaffuzida yanglishgan tomon (kishi) yengilgan hisoblanadi. Oʻtmishda katta yoshdagi odamlar ham oʻtirishlarda, toʻylarda Tez aytishda musobaqalashib, madaniy hordiq olganlar. Keyinchalik, asosan, bolalar repertuariga aylangan. Tez aytishlar bolalarning fikrlash qobiliyatini, soʻz boyligini oshirishga va nutqining ravon boʻlishiga xizmat qiladi
Bir burun ko‘rdim burunnan burun, eshikdan chiqdi burunnan burun
Bir juft cho‘p ko‘pmi, qo‘sh juft cho‘p ko‘pmi?
Boqi boqqa, Soqi toqqa bordi.
Boqi boqqa, Soqi toqqa bordi.
Boqi botir buzoq boqar.
Boqi quritgan qoqi qoq quruq qoqi.
Boshqotirma Boltavoyning boshini qotirdi.
Bu bo‘ri bo‘z bo‘rimas chiyabo‘ri.
Bulturgi burgutni bugun Urgutda ko‘rdim.
Chinoz jiydazori chindan Chilonzor chinorzoridan katta.
Chovli - simdan, chovgum - misdan.
Xulosa qilib aytamizki topishmoqlar, maqollar, tez aytishlar bolalarning fikr doirasini kengaytirishda, aql-idroklarini rivojlantirishda, kuzatuvchanlik hislarini, nafosat tuyg`ularini o`stirishda katta ahamiyatga ega.

Ular o`ziga xos mazmunni va maqsadni ifodalash shakli bilan bolalarni ziyraklikka, kuzatuvchanlikki o`rgatadi ularning qobiliyatlarini o`stiradi.
Ular o`ziga xos mazmunni va maqsadni ifodalash shakli bilan bolalarni ziyraklikka, kuzatuvchanlikki o`rgatadi ularning qobiliyatlarini o`stiradi.