Mavzu : Byudjet mnosabatlarining qonuniy huquqiy asoslari. Reja. Kirish …



Yüklə 250,59 Kb.
səhifə2/7
tarix16.06.2023
ölçüsü250,59 Kb.
#131086
1   2   3   4   5   6   7
Choriyev Jahongirmirzo Shavkat o’g’li

Kurs ishining obyekti : Budjet mablag’larini sarflanishini to’g’ri rejalashtirish, undan samarali foydalanish mamlakatimiz ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy ahvoliga bevosita ta’sir ko’rsatib bu budjet tizimi hamda jarayonini qayta ko’rib chiqish ahamiyatini oshiradi. Avvalambor, budjet jarayoniga ta’rif beradigan bo’lsak, “Budjet jarayoni- davlat budjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayon. 2 3 4 Budjet jarayonining mazmuni mamlakatning davlat va budjet tuzilishi, tegishli organlar va yuridik shaxslarning budjet huquqlari bilan belgilanadi hamda budjet jarayonining mazmunini belgilashda budjetni tuzish tartibi, uning normativ-huquqiy va tashkiliy asosi, mamlakat budjetini tuzishning nazariy va metodologik masalalari muhim rol o’ynaydi.
Kurs ishining predmeti : Budjet jarayoni budjetni rejalashtirishdan boshlanadi. Budjetni rejalashtirish davlat moliyaviy siyosati talablariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy rejalashtirishning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Bunday rejalashtirishning iqtisodiy vazifasi turli darajadagi budjetlar va budjetdan tashqari jamg’armalarni tuzish va ijro etish jarayonida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umummilliy dasturlari asosida yalpi ichki mahsulot va milliy daromad qiymatini moliya tizmi bo’g’inlari o’rtasida markazlashtirilgan tarzda qayta taqsimlash proporsiyalarini to’g’ri belgilashdan iboratdir.
Budjet loyihasini tuzish budjet jarayonining eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Davlat budjetining loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish) bo’yicha ishlar yangi budjet yilining boshlanishidan ancha oldin, masalan, O’zbekistonda 7 oy oldin boshlanadi. Uning loyihasini tuzish ijroiya hokimyati organlari, odatda, Moliya vazirligi, G’aznachilik tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasini tuzish:

  • Budjet so’rovini tuzish tartibini yuborilishini;

  • Budjet so’rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishini;

  • Budjet so’rovlarini ko’rib chiqish va jamlashni;

  • Budjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Amaldagi qonunchilikka ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi har yili 15 aprelga qadar kelgusi davr uchun budjet so’rovini tuzish tartibini O’zbekiston Respublikasining respublika budjeti loyihasini tayyorlash uchun - budjet mablag’larini taqsimlovchilarga, Qoraqalpog’iston Respublikasi VazirligiKengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga yuboradi .
Budjetni muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish) bosqichida mamlakatning oliy ijroiya organi - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullanganidan so’ng Davlat budjetining loyihasi muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish) uchun qonunchilik organi bo’lgan Oliy Majlisga taqdim etiladi. Odatda, budjetning loyihasi Oliy Majlisning har bir palatasida (oldin quyi palata bo’lgan Qonunchilik palatasida va yuqori palata sanalgan Senatda) alohida-alohida muhokama qilinadi.

Yüklə 250,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin