Estetik ehtiyoj – shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi subektiv omil (ichki intilish).
Estetik dunyoqarash – tabiiy va ijtimoiy borliqqa estetik qadriyatlar – go’zallik, xunuklik, kulguli, fojiaviy va b. asosida asosida yondashishga asoslangan dunyoqarash. Estetik faoliyat ko’nikmalari – estetik ehtiyojlarni qondirish yo’lida muayyan xatti-harakatni amalga oshirishga imkon beradigan ko’nikmalar. Estetik his-tuyg’u – shaxsning voqelikka, kishilarga, o’z faoliyatiga munosabati. Estetik ideal – subekt bilan obekt, inson bilan ijtimoiy borliq butunligining tarixan eng to’liq uzviy birligi bo’lib, bu birlik tub maqsadlar sifatida shaxs ijodiy kuchlarining erkin va har tomonlama rivojlanishida o’z ifodasini topadi. Estetik idrok – ijtimoiy voqelik, buyum, hodisalarning go’zalligini ongda yaxlit aks etishi. U go’zallik his etilganda yuzaga keladi va aniq maqsadga yo’naltiriladi. Estetik madaniyat – go’zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud go’zalliklarni asrash va boyitish yo’lida o’zlashtirilgan bilim, amalga oshiriladigan estetik faoliyat sifat darajasini belgilovchi ko’rsatkich. Bolalarning estetik madaniyatga egaliklarini quyidagi mezonlarga ko’ra aniqlash mumkin: estetik bilimlarning tarkib topganligi; estetik madaniyatning tarbiyalanganligi; estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo’lish; estetik tuyg’uning rivojlanganligi; ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go’zalliklarini his etish; go’zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi; estetik idealning shakllanganligi; fikrlash, faoliyat, xatti-harakat va tashqi ko’rinishda go’zal bo’lishga intilish. Estetik qarash – estetik ongning g’oyaviy negizi, tabiat, hayot, sanat mohiyati haqidagi estetik fikr-mulohazalar va g’oyalar tizimi. Estetik ong – shaxsga nazariy tushunchalar asosida predmet, buyum, voqelik va hodisalar mohiyatini estetik baho baholay olish imkonini beruvchi histuyg’ular, sezgilar, tasavvur va qarashlar shakli.