mavzu / soat / juftlik Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash


Estetik tarbiyaning barcha uchun umumiyligi



Yüklə 104,79 Kb.
səhifə5/15
tarix28.11.2023
ölçüsü104,79 Kb.
#168973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-mavzu (Ma`ruza matni)

Estetik tarbiyaning barcha uchun umumiyligi shundaki, kattalar va bolalar ma‟naviy hayotda, kundalik mehnat, san‟at va tabiat bilan muloqotda, turmushda va shaxslararo munosabatda estetik hodisalar bilan doimiy ravishda o‟zaro munosabatda bo‟ladi. Ana shu jarayonda ularning go‟zalligi va xunukligi, fojiali va kulgili jihatlari namoyon bo‟lib boradi. Bundan ma‟lum bo‟ladiki, estetik savodlilik, ideallar, estetik rivojlanish va badiiy ta‟limsiz, ishda mahsulotni estetik takomilga yetkaza olmasdan, shaxsning har tomonlama barkamol bo‟lib rivojlanishi mumkin emas.
Estetik tarbiyani tashkil etish tizimi yana tarbiyaviy jarayonga yaxlit yondashuv tamoyiliga asoslanadi. Bolalarning estetik tarbiyasida san‟atning barcha turlari o‟z-o‟zidan birga harakatlanadi, bolaga yaxlit ta‟sir ko‟rsatadi. Bunday o‟zaro harakat badiiy asarlar, tasviriy san‟at, musiqiy savodxonlikni oshirishda mustahkam aloqadorlik natijasida amalga oshadi. Bundan tashqari estetik tarbiya fan, mehnat, jismoniy madaniyat, estetik munosabat va turmush go‟zalliklarini ochish hisobiga ham amalga oshadi.
Estetik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi ekani bolalarning butun badiiy-estetik faoliyatini hayot, jamiyatning amaliy taraqqiyoti, bolalarda dunyoqarash va axloqiylikni shakllantirish jarayoni bilan o‟zaro aloqadorligini anglatadi. Jamiyatning demokratlashuvi – go‟zallik va axloqiylik manbaidir.
Bola shaxsini estetik va umumiy shakllantirishning o’zaro aloqadorligi bolaning badiiy va umumiy psixik rivojlanishi birligi tamoyilini taqozo etadi. Bolalarning badiiy-estetik faoliyati ularda his etish, emotsiya, obrazli va mantiqiy xotira, nutq, fikrlashni jadal rivojlanishini ta‟minlaydi.
Estetik tarbiyaning amaliyligi ahamiyatga egaligi to‟g‟ridan-to‟g‟ri bolalarning badiiy-ijodiy va mustaqil faoliyati tamoyiliga amal qilinishiga bog‟liqdir. Milliy xalq o‟yinlari, xalq qo‟shiqlari, she‟rlar, hikoyalar, ocherklar tadqiqotchilik ko‟nikmalarini hosil qiladi, bolalarning badiiy rivojlanishi, alohida va jamoaviy ijodkorligi vositasida ma‟naviy hayot mazmuni shakllanadi.

Yüklə 104,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin