mavzu / soat / juftlik Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash


III. Estetik tarbiyaning asosiy vazifalari, mazmuni va metodlari



Yüklə 104,79 Kb.
səhifə7/15
tarix28.11.2023
ölçüsü104,79 Kb.
#168973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
2-mavzu (Ma`ruza matni)

III. Estetik tarbiyaning asosiy vazifalari, mazmuni va metodlari. Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Estetik tarbiya vazifalarini hal etish bolalarda tashabbuskorlik, ma‟lum natijalarni oldindan bilish, ularga intilish, orzu qila bilish kabi sifatlarni shakllantirish bilan uzviy bog‟langandir.
Yuqorida ko‟rsatilgan vazifalar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir yosh guruhlarida estetik tarbiya berishning mazmuni va metodlari ishlab chiqiladi.
Estetik tarbiyaning mazmuni bolaning estetik faoliyati orqali amalga oshiriladigan bilim, malaka va ko‟mkmalarni estetik hissiyot, qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o‟z ichiga oladi. Bular quyidagi yo‟llar bilan amalga oshiriladi:

  • o‟yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat voqealari bilan tanishtirish orqali tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash;

  • san‟at asarlari (badiiy tarbiya] vositasida estetik tarbiya berish.

Pedagogika fanida bolalarni chizishga, loy va plastilindan narsalar yasashga, ashula aytishga va shunga o‟xshashlarga o‟rgatish metodikasi mukammal ishlab chiqilgan.
Bola ijodining mazmuniga ta‟sir etadigan asosiy vosita, bolani hayajonlantiradigan, uning xayol va hislariga ta‟sir etuvchi narsa tevarak-atrofdagi yorqin, jonli taassurotlardir.
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida tashkil etiladigan estetik tarbiyaning vazifalari uning maqsadi asosida belgilanadi. Manbalarda ushbu ta‟lim tashkilotlarida tashkil etiladigan estetik tarbiyaning asosiy vazifalari ko‟rsatilgan. Sh.A.Sodiqovaning yondashuviga ko‟ra: tarbiyalanuvchilarga ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari,
turmush go‟zalliklari, ularni anglash to‟g‟risidagi bilimlarni berish; tarbiyalanuvchilarda ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari,
turmush go‟zalligini anglash, his qilish qobiliyatini tarbiyalash; tarbiyalanuvchilarda mavjud go‟zalliklarni qadrlash hissi, estetik didni
shakllantirish, go‟zallikka muhabbat uyg‟otish; tarbiyalanuvchilarda go‟zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, estetik
qobiliyatni shakllantirish.
F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpulatova, N.M.Kayumova, M.N.A‟zamovaнинг ёндашувларига кўра:
Bolalarni hayotdagi, voqelikdagi go‟zallikni tushunishga, sevishga, tabiatda va turmushda, yaratuvchilik, mehnatda, ijtimoiy hayotda, kishilar xattiharakatida
bolalarga tushunarli bo‟lgan go‟zalliklarni ko‟ra bilishga o‟rgatish; ularda estetik his, estetik did, estetik munosabatni tarbiyalash, kuchlari
yetganicha hayotda go‟zallik yaratishda faol ishtirok etish istagini tarbiyalash; bolalami badiiy ijodning turli janrlarida (badiiy asar, musiqa, qo‟shiq, rasm va boshqalar) yaratilgan san‟at asarlarini ko‟rish, tushunish va sevishga o‟rgatish orqali ularda estetik ongni shakllantirish; chiroylini xunukdan, g‟amginlikni xursandchilikdan farqlay olish; ranglar, shakl, tovushlami bir-biridan ajrata olish kabi sensor etalonlar bilan
tanishtirish; bolani san‟atning turli sohalari: ashula, o‟yin, she‟г o‟qish, qayta hikoya qilish, ijodiy faoliyat (ijodiy o‟yin, hikoya qilish, rasm chizish, biror narsa yasash yoki qurish) kabilarda yanada faolroq harakat qilish va o‟zini ko‟rsata bilishga o‟rgatish; bolalarda badiiy ijodiy qobiliyatni, xayolni о‟stilish, fazoviy, rang munosabatlarini, mo‟ljalga olish, ko‟rish xotirasi, qo‟llarni chaqqon harakat qildira olish malakasi, jo‟shqin kayfiyatni ko‟rsatuvchi hissiy sezgirlikni rivojiantirish va hokazo.
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‟yiladigan Davlat talablari” ni inobatga olgan, shuningdek, yuqorida nomlari keltirilgan mualliflarning yuqoridagi fikrlariga tayangan, va ularni umumlashtirgan holda maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida tashkil etiladigan estetik tarbiyaning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ajratib ko‟rsatish mumkin (3-rasm):

Pedagogika fanida bolalarni chizishga, loy va plastilindan narsalar yasashga, ashula aytishga va shunga o‟xshashlarga o‟rgatish metodikasi mukammal ishlab chiqilgan.
Badiiy faoliyatning hamma turlarida ham ijodiy qobiliyatlarni rivojiantirish estetik idrok va hislarni rivojiantirish bilan bog‟liq holda olib boriladi. Agar bola qishki tabiatning go‟zalligini his eta olsa, u, albatta, shu go‟zallikni rasmda, hikoyasida aks ettiradi. Agar bola badiiy adabiyotlardagi obrazlarni idrok eta olsa, undagi qahramonlar bola tushuncha-siga yaqin bo‟lsa, bunday kitoblar bolalar o‟yini uchun rasm chlzish va loydan narsalar yasash uchun bitmas-tuganmas manba bo‟lib xizmat qiladi. Agar bolalar tilning go‟zalligini, she‟rning ritmini, ohangdorligini his eta olsalar, o‟zlari ham kichkina she‟rlar to‟qib, qofiyalar tanlashga urinadilar.
Bolalardagi fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun badiiy qobiliyatning hamma turlarida ham xayolning ma‟lum maqsadga yo‟naltirilgan bo‟lishi ta‟minlanadi. Bolalarni ijodiy maqsad qo‟yishga o‟rgatiladi.
Bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatlari bayramlarda, ko‟ngil ochish kechalarida, ekskursiya va sayrlarda, har xil o‟yinlarda amalga oshiriladi. Bolalar o‟zlarining badiiy ijodiy mahoratlarini, qobiliyatlarini bemalol, erkin namoyish qilishlari uchun tarbiyachi kerakli shart-sharoitni yaratib berishi zarur. Bolalarning bu xildagi mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilishda tarbiyachi yakka tartibda yondoshishi lozim. Shu orqali u bolalarning o‟ziga xos qobiliyat va imkoniyatlarini o‟rganadi.
Bu hali bolaning kelajakda qanday mutaxassis bo‟lishini aniqlash huquqini bermaydi. Lekin tarbiyachilar va ota-onalar bolalarning qiziqishlariga diqqate‟tibor bilan qarashlari lozim. Ular bolani diqqat bilan kuzatayotib, unda musiqa, rasm, qurish-yasash va boshqa sohalardagi iste‟dodning ilk kurtaklarini ko‟rishlari mumkin. Boladagi qobiliyatlarning shakllanishi kattalarning mana shu kurtaklarni avaylab o‟stirishlariga, ularga to‟g‟ri rahbarlik qilishlariga bog‟liq
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida estetik tarbiya muayyan metodlar yordamida tashkil etiladi. Estetik tarbiya mavzusida yaratilgan ko‟plab ilmiy ishlarda ushbu tarbiyani maktabgacha ta‟lim muassasalarida tashkil etishda qo‟llaniladigan metodlar ikki guruhga ajratilgan. Ya‟ni (4-rasm):
Samarali metodlar
Bolalarni estetik didni o„stiradigan vositalar Bolalarda badiiy faoliyat ko„nikmalarini bilan tanishtiruvchi metodlar shakllantiruvchi metodlar

Namoyish qilish, pedagogik kuzatish, Namoyish, mashq, tushuntirish, muammoli vaziyat metodi tushuntirish, tahlil, kattalarning namunasi
4-rasm. Estetik tarbiyaning samarali metodlari

Yüklə 104,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin